Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari
Download 1.67 Mb.
|
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.20-rasm. Nerv to’qimalarining tuzilishi. 1.21-rasm. Orqa miyaning tuzilishi Nerv sistemasini tuzilishi.
1.7. NERV SISTEMASI.
Umumiy tushuncha. Turli organlar, organlar sistemasi va butun organizm faoliyatini muvozanatlab turuvchi nerv sistemasidir. Mushaklarni qisqarishi, yurakni ishlashi, modda almashinuvi va boshqa turli jarayonlar, nerv sistemasini ta'sirida vujudga keladi. Nerv to’qimalari neyron{nerv hujayra)lardan va neyrogliyalardan iborat bo’ladi. Neyrogliya tayanch, himoya va oziqlantiruvchi vazifalarni bajaradi. Nerv hujayralari (1.20-rasm) tana 1 va undan chiquvchi: bir nechta dendritlm 2 va bitta neyrit 3 dan iborat bo’ladi. Dendritlar orqali markazga intiluvchi, neyritlar orqali esa - markazdan qochuvchi nerv impulslari o’tadi. Nerv hujayralarining o’simtalari, butun tanaga nerv impulslarini tarqalishini ta'minlab, ba'zi hollarda juda katta (1,5-2m. gacha) uzunlikga ega. 1.20-rasm. Nerv to’qimalarining tuzilishi. 1.21-rasm. Orqa miyaning tuzilishi Nerv sistemasini tuzilishi. Orqa (umurtqa) va bosh miya, hamda nerv tolalari nerv sistemasi hisoblanadi. Bosh va orqa miya nerv sisetmaning markaziy bo’lagini tashkil qiladi vauni m a r k a z i y n e r v s i s t e m a s i deb atashadi. Bosh miyadan 12 juft bosh, orqa miyadan esa - 31 juft orqa miya nervlari chiqadi. Ular vositasida turli a'zo va to’qimalar nerv bilan ta'minlanadi. Hamma nervlar va ulaming tarmoqlari, p e r i f e r i k n e r v (ch e t) s i s t e m a sini tashkil qiladi. Nerv sistemasini markaziy va periferik qismlarga bo’linishi shartli, chunki vazifasi jihatidan bu ikki bo’limlar yagona nerv sistemasini ifodalaydi. Bosh va orqa miya ko’p vig’ilgan nerv hujayralar, ularning butoqlari va neyrogliyalardan tashkil topgan. Bosh va orqa miyalarda kulrang va oq moddalar farqlanadi. Kulrang modda nerv hujayralaridan, oqlari esa - nerv hujayralari o’simtalari bo’lgan nerv tolalaridan iborat. Markaziy nerv sistemasida kulrang va oq moddalarning joylashishi va ularning miqdori bir me'yorda emas. Orqa miyada kulrang modda ichkarida, oqlari esa - tashqi qavatda joylashgan. Bosh miyaning ba'zi bo’laklarida kulrang modda tashqarida. boshqa qismida esa - ichkarida yotadi. Bosh miyaning katta yarim shar yuzasidagi kulrang moddani yaxlit qavati bosh miya qobig’i deb ataladi. Bosh miyaning turli bo’laklarida nerv hujayralari (kulrang modda) yig’ilgan bo’lib, ular oq moddaning ichida joylashadi. Bunday joylashishi yadrolar deyiladi. Nerv hujayralarini to’planishi bosh va orqa miyadan tashqarida ham bo’lishi mumkin (masalan, umurtqalararo teshikchalar va boshqalarda). Bunday to’planish boylamlar deb ataladi. Bosh va orqa miyaning oq moddadan iborat nerv tolalari markaziv nerv sistemasini turli bo’limlarini birlashtiruvchilar hisoblanadi. Bosh va orqa miya qon tomirlar bilan mo’l ta'minlangan. Chunki nerv to’qimalarining oziqa moddalar va kislorod bilan doimiy ta'minlanish ehtiyoji yuqori. Bosh va orqa miya moddalarini shikastlanishi (travma, shish yoki o’sma va boshqalar), hamda qon bilan ta'minlanishni buzilishi organizmni turli vazifalarini izdan chiqishiga olib keladi. Bu vazifalarni izdan chiqishi miyaning qaysi qismi shikastlanishiga bog’liq. Bir holatda mushaklarni falaj bo’lib qolishi, boshqa holda - sezuvchanlikni yo’qolishL uchinchisida - nutqni buzilishi, yoki bir yo’la bir nechtasi birgalikda buzilishi sodir bo’lishi mumkin. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling