Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


Download 1.67 Mb.
bet31/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

Qon tarkibi. Qon, muayyan yoki hujayra elementlaridan va plazmadan iborat.
Qonning umumiy hajmidan 40-45% ni hujayra. 55-60% ni plazmalar tashkil qiladi.
Q o n n i n g m u a y y a n e l e m e n t l a r i eritrotsit, leykotsit va qon plastinkalaridir.


Eritrotsitlar, yoki qizil qon tanachalar sog’lom odamning organizmida 1 mm* qonda 4,5 - 5 mln. miqdorda bo’ladi. Ular ikki tomoni botiq shaqilli diskni eslatuvchi yadrosiz hujayralar hisoblanadi. Eritrotsitning diametri 7-8 mkm, qalinligi esa 1,5-2 mkm. Eritrotsitning tsitoplazmasida qonga qizil rang beruvchi oqsil bo’yoq moddasi bo’ladi va u gentoglobin deb ataladi. Gemoglobinni tarkibiga temir moddasi kiradi. Eritrotsitlarning muhum vazifasi shundaki, ular kislorod tashuvchi hisoblanadi. Qon o’pkadan o’tganda, eritrotsit gemolobini kislorodga boyitiladi, keyin kislorodga to’yingan arterial qon butun a'zolarga tarqaladi. A'zolarda kislorod gemoglobindan ajialadi va to’qimalarga beriladi. Bundan tashqari gemoglobin to’qimalardan karbonat angidridni o’pkaga olib borishda ishtirok etadi, u yerdan qondan havoga chiqib ketadi. Karbonat angidridning asosiy qismini qon plazmasi olib yuradi. Qonda gemoglobinning absolyut miqdori qon massasidan o’rtacha 12.5-14% dan 17% gacha (ya'ni 100 gr. qonda 17 gr. gemoglobin) bo’ladi.


Leykoisitlar, yoki qonning oq tanachalari, sog’lom odam organizmida qonning 1



  1. tarkibida 6-8 ming miqdorda bo’ladi. Leykotsitlar harakatchan bo’lib. o’z shaklini o’zgartirish qobiliyatiga ega. Ko’p kasalliklarda leykotsit miqdori o’zgaradi, ya'ni kasalliklarning ko’pchiligi qondagi oq tanachalar miqdorini oshishidan kelib chiqadi.

Leykotsitlar organizmda himoya vazifasini bajaradi. Ular zararli bakteriyalar va boshqa organik zarralami o’rab olib, halokatga uchratadi. Leykotsitlar tomir devorlaridan o’tib to’qimalami yallig’langan joylariga boradi. Leykotsitlar qon plazmalaridan fermentlarni va boshqa moddalami ajratib, tanada mavjud kasallik


qo’zg’atuvchilarni oldini oladi, degan ma'lumotlar bor. Ulug’ rus olimi I.l.Mechnikov

(1845-19i6 y.) leykotsitlami himoya rolini kashf etgan va fagotsitoz to’g’risidagi


ta’limotga asos solgan.


Qon plastinalari, yoki trombotsitlar juda may da, noan'anaviy shakildagi tuzilmalardir. Ular, qon ivishida ishtirok etuvchi tromboplastina moddalaridan iborat. Trombotsitlar miqdori qonda doimiy bo’lmaydi va 1 mm3 qonda 100000 dan 300000 gacha bo’ladi. Trombotsitlar sonini keskin kamayishi trombopeniya deyiladi va u qon ivishini pasaytiradi.


Qon plazmasi sezilarsiz sariq rangli yopishqoq oqsil suyuqlikdir. Plazmaning tarkibi: 90 - 92% suv; 8 - 10% organik va noorganik moddalar hisoblanadi. Organik moddalarning ko’pchilik qismi qon oqsilidan; albumin, globulin va fibrinogenlardan tashkil topgan. Bundan tashqari plazmada glyukoza, yog’ va yog’simon modda, aminokislota, modda almashinuv (siydik, siydik kislotasi va boshqa) mahsulotlari, hamda ferment va garmonlar mavjud. Noorganik moddalar (natriy, kaliy va kaltsiy tuzlari va boshqalar) qon plazmasini 0,9 1% ni tashkil qiladi. Plazmada tuzlar kontsentratsiyasi nisbatan doimiy. Qondagi osmatik bosimni doimiyligini saqlab turishda mineral moddalar, ayniqsa natriy xlorid (natriy va xlor ionlari), asosiy rolni o’ynaydi. Plazmadan, hayot faoliyat uchun zarur bo’lgan, hamma moddalar to’qimalarga o’tadi; almashinuv maxsullari esa - organizmdan chiqariladi. Qon plazmasida, himoya vazifasini bajaruvchi anti jismlar mavjud. Ulardan biri toksin (mikrob ajratib chiqaruvchi zaharlar) moddalarini neytrallash hususiyatiga, boshqalari esa - organizmda paydo bo’lgan mikroblarni o’zini yemiradi. Kasllikni boshidan kechirgan odamlarda anti jismlar qonda uzoq vaqt saqlanib, ular qayta kasallanish havfini kamaytiradi.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling