Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari
Oyoq panjasining mushaklari
Download 1.67 Mb.
|
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI
Oyoq panjasining mushaklari ham qo’l panjasining mushaklari kabi. ustki yozuvchi va ostki bukuvchi guruhlarga bo’linadi. Oyoq panjasida ham bukuvchi mushaklar kuchli, yozuvchi mushakari esa - ancha nozik bo’ladi. Oyoq panjasining orqa (ust) tomonidan asosan barmoqlarni yozuvchi kalta mushaklar yotadi. Barmoqlarni yozuvchi kalta mushak tovon suyagining oldingi va lateral (yuzasidan oshiq suyagi bilan chegaradosh yeriga yaqin joyidan boshlanib, barmoqlarning ust (orqa) yuzasiga yopishadi. Oyoq panjasining ustki (orqa) do’ng tomonidan panjani yozuvchi uzun mushak payining ostida joylashgan bo’lib, uchga bo’lingan (mushak paylari) pay, panjani yozuvchi uzun mushak paylari bilan birgalashib barmoqlarni yozadi. Bosh barmoqni yozuvchi kalta mushak, bosh barmoqni yozadi. Bu mushak tovon suyagining oldingi lateral yuzasidan boshlanib bosh barmoq falangasining tubiga yopishadi. Oyoq panjasining kaft (ostki) tomonidagi mushaklar qo’l kaft mushaklari singari medial (bosh barmoq), lateral (jimjiloq) tomonlardagi va o’rta guruhlarga bo’linadi. Medial guruhga bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi, bukuvchi, yaqinlashtiruvchi mushaklar kiradi. Bosh
barmoqni uzoqlashtiruvchi mushak tovon suyagining medial o’simtasidan boshlanib, bosh barmoq birinchi falangasining asosiga, medial sesamasimon suyakka, yopishadi. Uzun patsimon mushak, oyoq panjasining medial chekkasida joylashgan. Bosh barmoqni boshqa barmoqlardan uzoqlashtiradi. medial tomonga tortadi. Bosh barmoqni bukuvchi kalta mushak bosh barmoq asosiy falangasini bukadi. Avvalgi mushakga qaraganda kaltaroq bo’lib, qisman o’sha mushak bilan yopishib turadi. Bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi mushak, bosh barmoqni boshqa barmoqlarga yaqinlashtiradi. Lateral guruhga - jimjiloqni uzoqlashtiruvchi, bukuvchi, kalta va ro’baro’ qiluvchi mushaklar kiradi.. Bu guruhga kiruvchi mushaklar asosan oyoq panjasi ostidagi gumbazning lateral tomonini mustaxkamlab turadi. O'rta guruhga quyidagi mushaklar kiradi: II-IV barmoqlarni bukuvchi kalta mushak; oyoq kaftining mushagi; oyoq panjasining chuvalchangsimon mushaklari; suyaklararo mushaklarning to’rttasi oyoq panjasining ustki (dorsal) tomonida va uchtasi kaft (plantar) tomonida joylashgan. Barmoqlarni bukuvchi kalta mushak oyoq gumbazini mustaxkamlaydi va II-IV barmoqlarni bukadi. Kvadrat mushak esa barmoqlarni bukishga yordam beradi. Chuvalchangsimon mushaklar II IV barmoqlarni bukadi va medial tomonga tortadi. Suyaklararo mushaklar ikki guruhga bo’linadi. To’rttasi oyoq panjasining ustki (dorsal) tomonida, uchtasi kaft (plantar) tomonida joylashgan va III.IV va V barmoqlarni medial, II-III va IV barmoqlarni lateral tomonga tortadi. Oyoq mushaklari umumiy fastsiya bilan qoplangan. Oyoq panjasining ust
aponevrozning qalinligi turli qismda turlicha; tovon ostida 3-4mm. bo’lsa, kaft suyaklari ostida esa \mm. ga teng. A. I. Kobzin izlanishlariga qaraganda jismoniy mehnat bilan shug’ullanadigan odamlarda, kaft aponevrozi juda rivojlangan va uning tovon suyagi ostidagi qalinligi 5,2mm gacha etishi mumkin. Hamma bo’g’imlar juda mustaxkam bovlamalar bilan mustaxkamlangan. Odamning harakatlanish jarayonida asosiy ishni boldir va oyoq panjasining mushaklarini navbatma-navbat qisqarishi natijasida amalga oshiradi. Hamma mushaklarni fiziologik muvozanati, kam energiya sarf qilib ish bajarilishiga olib kelishi mumkin. Oyoq panjasini tovon qismini ma'lum balandlikka ko’tarish yo’li bilan fiziologik muvozanatga erishish mumkin. Bu esa o’z navbatida poyabzalning poshna balandligiga bog’liq. Ish bajarish jarayonida mushaklarda, elektr hodisalari ro?y beradigan, yuqori energiya almashinuvi vujudga keladi. V.P.Konoval old-katta boldir va orqa-boldir mushaklarini poshnasiz va poshna balandligi 10 dan 70m/w.gacha bo’lgan povabzalda turish va yurish jarayonlaridagi elektr aktivlik qobiliyatini aniqlagan. Yuqorida nomlangan mushaklar yurish jarayonida, oyoq panjasini bukib (orqa-boldir) va yozib (old-katta boldir), asosiy yuklanishni kuzatgan. Bundan tashqari mushaklar asosan yuza joylashganligi tufayli, yuza elektrodlar vordamida tadqiqot o’takazish mumkinligini isbotlagan. Natijada tadqiqot qilinuvchi mushaklar. poshna balandligi 20-40mm. bo’lgan poyabzalda yurganda yuklanish muvozanati optimal holatga ega bo’lishi aniqlangan. Bunday poshnali poyabzalda odam yurganda mushaklarda eng kam energiya sarf bo’ladi va poyabzal ratsional (qulay) hisoblanadi. Bundan tashqari o’ta baland poshnali poyabzal odamning qomatini o’zgantiradi va ichki organlar. ayniqsa chanoq suyagini va bachadonni holatini o’zgartirib yuborishi mumkin. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling