O‘zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to‘g‘risida (1998 yil 7 oktyabr 427 – sonli). Qaror mamlakat aholisi va hududini tabiiy va texnologen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini takomilashtirish maqsadida qabul qilingan. Qarorga ilova tarzida keltirilgan «Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida tayyorlash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom O‘zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida, shuningdek favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarlikdan o‘tayotgan aholi guruhlarini tayyorlashning asosiy vazifalarini, shakllari va usullarini belgilaydi.
Tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida (1998 yil 27 oktyabr, 455 – sonli). Qaror bilan tasdiqlangan tasnifga muvofiq favqulodda vaziyatlar vujudga kelish sabablariga ko‘ra texnogen, tabiiy va ekologik xususiyatli, ushbu vaziyatlarda zarar ko‘rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko‘lamlariga qarab lokal, mahalliy, respublika va transschegarali turlarga bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasida odamlar va hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi kurashni kuchaytirish chora – tadbirlari to‘g‘risida (1996 yil 18 yanvar, 32 – sonli). Odamlar va hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi kurash chora – tadbirlarning samaradorligini oshirish, shuningdek aholi yashash joylarida it, mushuk va boshqa uy hayvonlarini saqlashni tartibga solish maqsadida qabul qilingan.
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida (2003 yil 13 yanvar, 15 – sonli). O‘zbekiston Respublikasi hududida ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi paytida jamoat xavfsizligini ta’minlash va tartibni muhofaza qilish maqsadida qabul qilingan.
Favqulodda vaziyatlarni bashoratlash va oldini olish Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida (2007 yil 3 aprel, 71 – sonli). Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |