Amaliy ish Hayot faoliyati xavfsizligi fani haqida tushincha va huquqiy asoslari tushunchasini órganish. Ergonomik asoslari. Reja
İnson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi mexanik, kimyiviy, issiqlik va elektr tásiri natijasida shikastlanganini
Download 137.5 Kb.
|
1- тема
- Bu sahifa navigatsiya:
- Òlim bilan tugagan jaroh̀atlanishga baxtsiz h̀odisa deyiladi
- İsh bilan boǵliq bólmagan jaroh́atlanish
İnson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi mexanik, kimyiviy, issiqlik va elektr tásiri natijasida shikastlanganini jaroh̀atlanish deb ataladi. Jaroh̀atlanish natijasida lat eyish, kesilish, suyak sinishi va chiqishi, kimyoviy yoki issiqlikdan kuyish, issiq urishi, sovuq urishi, òtkir zah́arlanish va elektr toki tásirida organizmning bazi qismlarida h̀ayot faoliyatining buzilishi kiradi. Òlim bilan tugagan jaroh̀atlanishga baxtsiz h̀odisa deyiladi (2.1-rasm).
İsh joyidagi jaroh̀atlanish - xodimning mamuriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish choǵida olgan jaroh̀atlanishi tushuniladi. İsh bilan boǵliq, lekin ishlab chiqarish bilan boǵliq bólmagan jaroh́atlanishlar - ishga borib-kelish vaqtida transport vositalarida, xizmat safari vaqtida yoki korxona mamuriyatining topshiriǵiga muvofiq ishlab chiqarish h́ududidan tashqaridagi bazi bir ishlarni bajarganda olingan jaroh́atlanishlar tushuniladi. 2.1.- rasm. Jaroh́atlanish turlari İsh bilan boǵliq bólmagan jaroh́atlanish - bunga mastlik oqibatida olingan jaroh́atlar, davlat mulkini óǵirlash va boshqa shunga uxshash h́olatlarda olingan jaroh́atlanishlar kiradi. Birinchi va ikki turdagi jaroh́atlanish ishlab chiqarish bilan boǵlangan taqdirda mamuriyat javobgar h́isoblanadi va uning jaroh́atlanish natijasida yuqotilgan kunlari uchun tuliq h́aq tulaydi. Agar baxtsiz h́odisa u mamuriyat tomonidan xavfsiz ish sharoitini yaratish soh́asida yól qóyilgan xato tufayli bólmay, balki xodimning meh́natni muh́ofaza qilish qoida va meyorlariga amal qilmasligi natijasida kelib chiqqan bólsa, unda xodim h́am mamuriyat xodimi bilan birga javobgar h́isoblanadi. Bunda moddiy tólov miqdori mamuriyat xodimi va xodimning aybdorlik darajasiga qarab belgilanadi. Meh́nat qonunlariga asosan ishlab chiqarish bilan boǵliq bólgan jaroh́atlanishdan yóqotilgan ish kunlariga korxona tomonidan h́aq tólanishi belgilab qóyilgan. İshlab chiqarish korxonalarida yuz bergan h́ar qanday baxtsiz h́odisa órnatilgan qatiy tartib asosida h́ar tomonlama tekshiriladi va h́isobga olinadi. Ólim bilan tugagan oǵir jaroh́atlanish va barcha guruh xodimlarning baxtsiz hodisaga uchrashi hollaridan tashqari, hamma baxtsiz hodisalar bólim boshliǵi, xavfsizlik texnikasi muhandisi va jamoat nazoratchisi tarkibida tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi. Baxtsiz hodisa ish boshlanishidan oldin, ish davomida, ish vaqtidan keyin ish joyida, korxona xududida va mamuriyatning topshiriǵiga asosan, korxona xududidan chetda yuz bergan bólishidan qatiy nazar tekshiriladi. İssiq urishi va tana bazi qismlarining muzlashi ham baxtsiz hodisa sifatida tekshiriladi. Kamida bir ish kuni yóqotilgan baxtsiz hodisalar 24 soat davomida tekshiriladi va maxsus shakl bóyicha (N-1) 4 nusxadan iborat akt tuziladi. Mazkur aktda baxtsiz hodisaga uchragan kishi haqidagi axborotdan tashqari, aniqlangan baxtsiz hodisaning sabablari keltirilishi va bunday baxtsiz hodisalar qaytarilmasligi uchun qanday chora-tadbirlar kórilganligi haqida axborot beriladi. Aktni korxonaning bosh muhandisi tasdiqlaydi. Aktning bir nusxasi bólim boshliǵiga yuboriladi va u bosh muhandis belgilagan muddat davomida aktda kórsatilgan masalalarni amalga oshirishi kerak. İkkinchi nusxasi kasaba uyushmasi qómitasiga, uchinchisi tegishli kasaba uyushmasining texnik nazoratchisiga va tórtinchisi mehnatni muhofaza qilish bólimiga nazorat órnatish uchun yuboriladi. Mamuriyat baxtsiz hodisaga uchragan kishiga aktning tasdiqlangan nusxasini berishi shart. Aktda bunday hodisalarning qaytarilmasligini taminlovchi chora-tadbirlar majmuasi tavsiya etiladi va uning bitta nusxasi respublika Sog’liqni saqlash vazirligining yuqori tashkilotlariga yuboriladi. Baxtsiz hodisaning asoratlari keyinchalik ham kelib chiqishini hisobga olib, aktlar 45 yilgacha saqlanishi kerak. Baxtsiz hodisa tekshirilgandan keyin korxona mamuriyati yól qóyilgan xatolarning qaytarilmasligini taminlashga qaratilgan buyruq elon qiladi. Bu buyruqda korxonada yuz bergan baxtsiz hodisaning sodir bólishida aybdor bólgan kishilarning javobgarligi aniqlanib, takidlanadi. Baxtsiz hodisaga uchragan kishi hisobga olinib, unga malum davolanish kursi belgilanadi. Agar zarur bólsa, kasb kasalligiga uchragan kishi meh́nat ekspert tibbiyot xodimlari komissiyasi (TMEK)ga yuboriladi va unda xodimning kasb kasalligining oqibati natijasida olgan nogironlik guruh́i aniqlanib va shunga yarasha malum moddiy taminlanish miqdori belgilanadi. Download 137.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling