Amaliy ish Hayot faoliyati xavfsizligi fani haqida tushincha va huquqiy asoslari tushunchasini órganish. Ergonomik asoslari. Reja


Download 137.5 Kb.
bet12/12
Sana11.11.2023
Hajmi137.5 Kb.
#1766523
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1- тема

Tashkiliy sabablar. Korxonani loyih́alash vaqtida yól qóyilgan xatolar, xodimlarning xavfsiz ishlash usullariga órgatilmaganligi, yóriqnomaning notóǵri ótkazilganligi, xodimlar meh́natidan mutaxassisligi bóyicha foydalanmaslik, xavfsiz meh́nat qilish texnik nazoratining yóqligi, xavfli ekanligini bilib turib, betartib ish yuritish va xodimlarning ózaro kelishmasdan ish olib borishlari, texnologik jarayonlarning buzilishi, xodimlarning meh́nat qilish va dam olish rejalarining buzilishi, ish joylarini noqulay rejalashtirish, korxona h́ududida ywlka va ótish joylarini notóǵri joylashtirish, ish joylarini notóǵri tashkil kilish, nobop ish qurollaridan foydalanish, shaxsiy muh́ofaza anjomlarining ish sharoitiga tóǵri kelmasligi, tósiqlarning yóqligi, xavf h́aqida ogoh́lantiruvchi plakatlarning bólmasligi va boshqalar.
Texnik sabablar. Stanoklar, ish qurollari, yordamchi vositalar h́arakatlanuvchi va yuk kótaruvchi qismlarining qurilish kamchiliklari, mashina va mexanizmlar ayrim qismlarining sinib yoki uzilib ketishi, texnologik jarayonlarning nomukammalligi, tósiq qurilmalari va saqlovchi vositalarning puxta ishlamasligi.
Sanitariya-gigienik sabablar. Ob-h́avo sharotining (h́avoning h́arorati, nisbiy namligi, h́arakat tezligi va bosimi, issiqlik ajralib chiqishi) qoniqarli bólishi korxonalardagi h́avo muh́itining changlanganligi, ish joylari, maydonlar va ótish joylarining oqilona yoritilmaganligi, shovqin va titrashning mavjudligi, ishlab chiqarish xonalari va sanitariya-maishiy xonalarning etarli emasligi va sanitariya-gigiena talablariga javob bermasligi, shaxsiy gigiena talablariga rioya qilmaslik.
Jismoniy-ruh́iy sabablar. Xodim ruh́iy ah́volining buzilishi natijasida vujudga keladigan sabablar oilaviy notinchlik, ishxonada, jamoa órtasidagi kelishmovchilik va h́okazo.
Mazkur sabablar aniqlangandan keyin ish sharoitida ularning kelib chiqmasligini taminlovchi chora-tadbirlar majmui ishlab chiqilishi zarur. Bu chora-tadbirlarni amalga oshirish esa ishlab chiqarish sharoitida baxtsiz h́odisalarning butunlay yóqolishiga yoki kamayishiga olib keladi.
Download 137.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling