Amaliy ish Hayot faoliyati xavfsizligi fani haqida tushincha va huquqiy asoslari tushunchasini órganish. Ergonomik asoslari. Reja


Download 137.5 Kb.
bet8/12
Sana11.11.2023
Hajmi137.5 Kb.
#1766523
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1- тема

Ergonomika haqida tushuncha.
Ergonomika-(grekcha so'z bo'lib. "ergon"-ish va "nomos"- qonun degan ma’noni anglaladi.) ilmiy fan bo'lib. ishda insonning mehnat faoliyati imkoniyatini o'rganadi hamda inson mehnati uchun qulay shart-sharoit va kerakli o'ng'ayliklarning qonuniyati va uni ro'yobga chiqarishni ma'lum qiladi.
Ergonomika insonning maqsadga muvofiq aniq ko'rinishdagi faoliyatini yangi texnikaga bog'lagan holda loyihalashtiradi.
Ergonomika fan sifatida bir necha o'n yilliklar oldin paydo bóldió lekin uning manbai ibtidoiy jamoa tuzumi davriga borib taqaladi, o‘sha davrdagi mehnat qurollarini insonning tabiiy o'lchamli a’zolariga moslab. sifatini o'zgartirish asosiy maqsad qilib olingan edi.Qurollarning inson ehtiyojiga mosligi hayot-mamot masalasi bo'lib, agar u qurol yaratib, uni o'z o'rnida ishlata olmasaó tez orada hayotda bitta yomon konstruktor kam bo'lib. qolardi.
Maxsus tanlangan toshlar. suyak qoshiqlar. sodda qurollar va idish-tovoqlarni inson va muhit o‘zaro aloqasi orqali maxsus bilib qilgan harakat natijasi deb hisoblash mumkin.
Bu sohada«Inson-mashina-muhit» sistemasining kafolatini faoliyatini ta`minlovchi besh xil muvofiqlik mavjud; ma`lumot (axborot), biofizik, energetik, fazoviy-antropometrik va texnik-estetik.
Ergonomika-insonning mehnatdagi funksional imkoniyatlark mehnat qulayligini yaratish qonuniyatini o'rganadi. Inson faoliyatida antropologik, biomexanik, psixofiziologik, inson va texnikani loyihalash; ish o'rni bahavoligi, o‘lchamlari. o‘rindiq pultlarini, qo'l ish qurollarining qulayligi o'lchamlarini belgilash; ish joyi strukturasini tashkil etish va uni informatsion-axborot ko'rgazma sistemalari (ko'rish axboroti, eshitish, hid bilish. yorug'lik. rang, alifbo tanlash. yangi belgilarning joylashishi. piktogramma va boshqalar) biian ta'minlash; boshqaruv organlarining (maxovik, tumblyor. dasta. oyoq pedali, klavishlar) qulayligi. ko'rinarli ravishda joylashishi; rangning ish jarayoniga ta’siri. ish joyida rang tusi (fon)ni to’g‘ri taniash, xonada kishi me'dasiga tegmaydigan ranglar ishlatish, nogironlarga alohida ish ornini loyihalash; sanoat estetikasini ta'minlash kabi masalalalarni loyihalashga o'rgatadi.
Ergonomika ilmiy fani-texnika, ruhshunoslik. fiziologiya, gigiyena. anatomiya, biomexanika. antropologiya, biofizika va boshqa fanlar tutashgan joyda paydo bo'lgan.
Ergonomika keng qamrovli fan bo'lib, ish quroli. ish joyi va ishlab chiqarish xonalariga antropometrik. fiziologik-gigiyenik va estetik talablar qo'yish bilan bog‘liqdir.
Ergonomika-mehnat qurolini va uning sharoitini insonga moslashtirish fanidir. U insonning funksional imkoniyatlari va mehnat jarayoni uchun. ayniqsa optimal sharoit yaratishni. pirovardida mehnatning yuqori unumli va ishonchli bo‘lishini o'rganadi.
Ergonomikaning asosiy qismi muhandislik psixologiyasi hisoblanib, uning maqsadi inson va mashina imkoniyatlarini moslashtirib. "inson-mashina" tizimiga keltirib. imkoni boricha mehnat sharoitining inson asab tizimiga salbiy ta'sirini kamaytirish hamda mehnatga bo'lgan layoqatini oshirishdir Axborot muvofiqligi. Murakkab sistemalarda operator odatda bevosita fizik jarayonlarni boshqarmaydi. CHunki, ko`pincha, xavflilik nuktai nazaridan operator, ushbu jarayonning bajarilish zonasidan ma`lum mosafada uzoqda bo`ladi. Boshqarish ob`ektlari esa ko`rinmaydigan, eshitilmaydigan, sezilmaydigan holatda bo`lishi mumkin. Operator faqatgina o`lchash asboblari va jihozlarining ko`rsatgichlarini ko`rishi, signallarni eshitishni va bu orqali jaryonni boshqarib, nazorat qilib borishi mumkin. Bu qurilmalar axborotni aks ettiruvchi vositalar deb yuritiladi. Ayrim hollar operator boshqarish dastaklaridan knopkalaridan, yoqib-o`chirgichlardan va shu kabi boshqa boshqarish mexanizmlaridan foydalanish mumkin. Bunday boshqarish organlarining birgalikdagi holati sensomotor maydonni vujudga keltiradi. Axborotni aks etiruvchi vositalar va sensomotor qurilmalar mashinaning axborot modeli deb ataladi. Operator ushbu model’ orqali eng murakkab sistemalarni ham boshqarish mumkin bo`ladi.
Faoliyat davrida mashinaning barcha xarakteristikalarini ta`minlaydigan va shu bilan bir vaqtda operatorning xotirasi va fikrini charchatmasdan barcha axboratni qabul qilish, hamda qayta ishlash imkonini beradigan axborot modelini yaratish ergonomikaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Albatta, bu masala echimi xafsizlikni ta`minlash, ishdagi aniqlik, sifat, ish unumdorligi kabi ko`rsatkichlarga bog’liq bo`ladi. SHu sababli axborot modeli insonning psixofiziologik imkoniyatlariga mos kelishi zarur.
Biofizik muvofiqlik. Biofizik muvofiqlik deganda operatorning maqbul ish qobiliyatini va normal fiziologik holatini ta`minlaydigan atrof-muhit sharoitini ta`minlashga tushuniladi. Buning ko`pgina faktorlarini ruxsat etilgan miqdorlari (REM) standart asosida o`rnatilgan. Lekin ular ko`pincha operatorning funktsional vazifalari bilan bog’lanmagan bo`ladi. SHu sababli, mashinalarni ishlab chiqishda (loyihalashda) shovqin, titrash, yoritilganlik, havo muhiti va shu kabi faktorlarni maxsus tadqiqot qilish va ularni REZM bo`yicha o`rnatish talab etiladi.
Ma`lumki, insonning kuch va quvvat parametrlari ma`lum chegaraga egadir. Sensomotor qurilmalarni harakatga keltirish ko`p yoki juda kam kuch talab etishi mumkin.Birinchi holda, inson tez charchashi va bu boshqariluvchi sistemada ko`ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ikkinchi holatda esa, operator ish dastagi qarshiligini his qilmaganligi sabab, ish bajarish aniqligi pasayishi mumkin.
Energetik muvofiqlik deganda, sarflanadigan kuch, quvvat, tezlik va harakat aniqligi nisbatida mashinaning boshqarish organlari bilan insonning optimal imkoniyatlarini mos kelishi tushuniladi.
Fazoviy-antropometrik muvofiqlik–Faoliyat davrida ya`ni ishni bajarish vaqtida, insonning gavda o`lchamlarini, tashqi fazoviy imkoniyatlarini, ishchining ish holatidagi gavda joylashuvini hisobga olish demakdir. Ushbu masalaning murakkab tomoni insonning antropometrik ko`rsatkichlarini turlichaligidir.
Masalan. O`rtacha uzunlikdagi kishini qanoatlantiradigan o`tirgich past yoki uzun bo`yli kishilar uchun noqulaylik tug’diradi. Bu holda qanday ish tutmoq lozim?
Albatta, bu savolga ergonomika javob beradi.
Texnik-estetik muvofiqlik-mashina va ish texnologiyasini texnik-estetik jihatdan ishchining talabini qanoatlantirishidir. Inson mashinada ish bajarganda yoki asbob va qurilmalardan foydalanilganda o`zida ijobiy hissiyotlar hosil qilishi ya`ni, har qanday mashinaning tashqi ko`rinishi, shakli, qulayligi, rangi va boshqa ko`rsatkichlari ham ish jarayoniga, ham ishchining hissiyotiga mos kelishi lozim. Bu masalani ishda ergonomika konstruktorlar, dizaynerlar, rassomlardan foydalanadi
Korxonalarda xavfsizlik texnikasi va yonǵin xavfsizligi qoidalariga, meyor va tavsiyanomalariga rioya qilmaslik xodimning jaroh’atlanishiga va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin.

Download 137.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling