Amaliy mashg‘ulot. (2 soat) mavzu: menejmentning nazariy asoslari maqsad


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana09.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1759940
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MENEJMENTNING NAZARIY ASOSLARI (1)

Xarajat — mahsulotni ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) va uni sotish hamda 
ish haqi to’lashga sarflanadigan mablag‘lar yig‘ indisidir. Xarajat tarkibiga: mahsulot
(xizmat) tannarxi; ma’muriy xarajatlar; ijara va foiz to‘lovlari; ish haqi; soliqlar kiradi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tanlash qoidasi yanada jiddiyroq tus oladi. Chunki, ishlab 
chiqarish uchun resurslar to‘g‘ri tanlansa va ulardan samarali foydalanilsagina 
xarajatlar yuqori foyda keltirishi mumkin.
Naf — bu mahsulot (xizmat)ning iste’molchilarga qanchalik ijobiy natija 
keltirishidir. Xaridor xarid qobiliyati doirasida eng nafli tovami tanlashga intiladi. 
Shundagina u qoniqish hosil qiladi. Ammo tovarning nafliligi qancha yuqori bo’lsa, 
uning narxi ham shuncha qimmat bo’ladi. Bu esa, xaridorning sotib olish qobiliyatini 
pasaytiradi.
Baho — bu tovar va xizmatlaming pulda ifodalangan qiymatidir. Baho ikkita 
asosiy vazifani bajaradi: (1) resurslar iste’molini cheklash imkonini beradi; (2) ishlab 
chiqarish uchun turtki bo’lib xizmat qiladi. Foydaga ta’sir etuvchi bu uch unsurning 
mohiyatini anglagan boshqaruvchigina tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishi va oqilona 
qaror qabul qilishi mumkin. Boshqaruv san’ati va mahorati, ya’ni
menejment, shundagina namoyon bo’lishi va natijada yuqori foyda olishga erishilishi 
mumkin. Shunday qilib, oddiyroq qilib aytganda:
Boshqaruv — bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish 
jarayonidir.


3
 
Menejment fani — bu boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishni va 
oqilona qaror qabul qilishni o ‘rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor 
munosabatlari sharoitida barcha bo‘g’inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali 
boshqaruvchilarni tayyorlashdan iboratdir. Shundan kelib chiqib, menejment 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling