Amaliy mashg‘ulot. (2 soat) mavzu: menejmentning nazariy asoslari maqsad
Menejment fanining predmeti, obyekti va uslublari
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING NAZARIY ASOSLARI (1)
1.2. Menejment fanining predmeti, obyekti va uslublari
Har bir fan o‘z predmeti, nazariyasi va uslubiga ega. Predmet o‘rganilayotgan fan nima bilan mashg‘ul bo’lishi va ularning qo’llanish jabhalariga aniqlik kiritadi. Menejmentning nazariy tushunchalari, jamiyatda yuz beradigan iqtisodiy jarayonlar va ularga xos bo’lgan munosabatlar, qonun-qoidalami insonlar faoliyatida namoyon bo’lishini o‘rgatuvchi iqtisodiyot nazariyasi va moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimot va iste’mol qilish bosqichlarida kishilar faoliyatini tadqiq qilishga bagMshlangan iqtisod fanlariga asoslanadi. Menejment fanining predmeti tashkilotdagi xo‘jalik yuritishning barcha pog'onalaridagi boshqarishning qonunlari, tamoyillari va munosabatlarini o‘rganadi. Shu bilan birga, tashkilotdagi holatlar va uning qismlari orasidagi bog’liqliklar, muhitlar, yechim qabul qilishlarni o‘rganish menejmentning predmetidir. Menejment obyekti haqida so‘z yuritganda, eng avvalo, obyekt so‘zining lug‘aviy ma’nosiga e’tibor berish lozim. Obyekt — bu bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot, kishi faoliyati va diqqat-e’tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs va h.k. Demak, obyekt tushunchasi mikrovoqelikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib to makrovoqelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha bo’lgan ma’noni o‘z ichiga oladi. Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari menejmentning subyekti, ya’ni boshqaruv organlari yoki menejerlar — boshqaruvchilar bo’lib hisoblanadi. Makrodarajada boshqaruv obyekti mamlakat (respublika), viloyat, shahar, tuman bo’lsa, megodarajada konsem, sector (tarmoq), mikrodarajada esa, korxona, tashkilot, firma, ko’lpaniya, xodimlar, ishlab chiqarish, samaradorlik, o‘z-o‘zini boshqarish hisoblanadi. Makrodarajadagi boshqaruv subyekti qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati, viloyat deputatlari, viloyat hokimiyatlari, viloyat sudlari, tuman halq deputatlari, tuman (shahar) hokimliklari, tuman (shahar) sudlari, megodarajada qo‘mitalar, vazirliklar, mikrodarajada jamoa kengashi va raislar, firma prezidenti, korxona rahbarlari, bo‘gMn boshliqlari, fuqarolar yig’ini sanaladi. Shunday qilib, har 5 qanday hodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan obyekt va boshqaruvchi subyekt tizimlaridan tashkil topadi. Menejment fani voqelikni bilishga bag’ishlangan umumfalsafiy usullarni qo’llaydi. Eng avvalo, boshqaruvchi obyektni aks ettiruvchi, uni talqin etishga yordam beruvchi ma’lumotlar jamlab baholanadi. Bu ma’lumotlar mikro, mego va makro darajadagi voqelikka oid bo’lishi mumkin. Bu boshqaruvni idrok etishdagi empirik bosqich hisoblanadi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling