Amaliy mashg‘ulot. (2 soat) mavzu: menejmentning nazariy asoslari maqsad
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING NAZARIY ASOSLARI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Menejment mohiyati
quyidagilarni o‘rganadi: boshqarish nazariyasi va amaliyoti; boshqarish obyekti va
subyekti; boshqarish tamoyillari va usullari; boshqarish qoidalari va uslublari; boshqarish madaniyati; menejer va uning fazilatlari; menejer reytingi; boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish; boshqarish funksiyalari; o‘z-o‘zini boshqarish; xodimlarni boshqarish; korxonani boshqarish; ishlab chiqarishni boshqarish; samaradorlikni boshqarish; hududiy boshqarish va hokazo. Zamonaviy menejment uchun quyidagilar xarakterli: • Ishlab chiqarishning va umuman biznesning samaradorligini oshirishga muntazam intilish; • Firmaning bozordagi faoliyati pirovard natijalariga javob beradigan shaxsga erkin qaror qabul qilishni ta’minlaydigan keng xo‘jalik mustaqilligi; • Bozor holati va tashqi muhit o‘zgarishlariga bog‘liq ravishda maqsadlar va dasturlarga doimiy tuzatishlar kiritish; • Faoliyatni rejalashtirilgan pirovard natijaga erishish uchun qaratish; • Ko‘p variantli hisoblar uchun zamonaviy informatsion bazani qo‘llash; • Joriy rejalashtirishdan strategik rejalashtirishga o‘tishda rejalashtirish funksiyalarini o‘zgartirish; • EHMdan maksimal ravishda foydalanish; • Boshqarishda ko’lpaniyaning hamma xodimlarini jalb etish; • O‘zgarishlami ko‘zda tutish, o‘zgaruvchan qarorlar asosida boshqarishni amalga oshirish; • Innovatsiyalarga e’tibo’li kuchaytirish; • Har bir boshqarish qarorlarini chuqur tahlil qilish; • Oqilona tavakkal qilish va tavakkalchilikni boshqarish qobiliyati; • Marketing rolini tayanch darajasigacha ko‘tarish. Menejmentning vazifasi avvaliga xohishni imkoniyat darajasiga keltirib, so‘ng esa uni haqiqatga aylantirishdan iboratdir. ≪Menejment≫ termini turlicha talqin qilinadi. Uning quyidagicha umumiy ta’rifini keltirish mumkin: menejment — bu xo’jalik yuritish samaradorligini oshirish, bozor ehtiyojlari hamda umuman, jamiyat ehtiyojlarini qondirish, foydani oshirish maqsadida dasturlimaqsadli, ilmiy-texnik ishlanmalarni prognozlash hamda joriy va istiqbolli rejalashtirish, ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulot va xizmatlarni sotish tizimi hisoblanadi. Menejmentda ikki muhim soha mavjud — marketing va innovatsiya. Innovatsiya — bu yangi tovarlarni, xizmatlarni, texnologiyalarni va jarayonlarini yuqoriroq sifatda ishlab chiqishdir. Menejment pirovard natijalarga erishish uchun 4 hamkorlikdagi faoliyatni muvofiqlashtirish maqsadida alohida odamlarga yoki jamoaga tizimli ta’sir ko‘rsatishni ta’minlaydi. Menejmentning asosiy instrumentlari — bashoratlash (prognozlash), rejalashtirish, tashkil etish, nazorat, muvofiqlashtirish, faollashtirish va motivatsiya. Menejmentning mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Ishlab chiqarish rivojlanishi va iqtisodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham murakkablashadi va mustaqil fan sifatida ajralib chiqadi. Menejment mohiyati xo‘jalik yuritishning barcha darajalaridagi boshqarishning qonun va qonuniyatlari, tamoyillari va munosabatlarini o‘rganishdan iborat. Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning ajralmas qismi bo‘lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat, ruhiy va boshqa ko‘rinishlarda bo’ladi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling