Amaliy mashg‘ulot. (2 soat) mavzu: menejmentning nazariy asoslari maqsad


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana09.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1759940
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MENEJMENTNING NAZARIY ASOSLARI (1)

1.3. Menejmentning maqsadlari  
Maqsad bu muddao, murod, biror niyatga erishish uchun ko‘zda tutilgan 
mushtarak orzu. Aynan shu maqsad kishi faoliyatini, o‘z orzularini ushalishiga 
yo‘naltiradi.
Boshqaruv maqsadiga qo‘yiladigan asosiy talablar:
1. 
Maqsad bir ma’noli va aniq bo’lishi lozim;
2. 
Maqsad real va bajarilishi mumkin bo’lishi kerak;
3. 
Maqsad miqdoran o’lchovga ega bo’lishi zarur;  
4. 
Maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo’lishi kerak;
5. 
Maqsad bo’limlar va mas’ullar bo‘yicha detallashtirilgan bo’lishi kerak; 6. 
Maqsad ko‘p qirrali bo’lishi lozim.
Boshqaruv maqsadlari juda ham xilma-xildir. Bu esa ularni muayyan tarzda 
turkumlashni taqozo etadi   
Maqsad turlari Maqsadni turkumlash belgilari Maqsadlar  
1. Umumjamiyat miqyosidagi munosabatlami aks ettirishiga qarab
• siyosiy maqsadlar
• iqtisodiy maqsadlar
• ijtimoiy maqsadlar
• ma’rifiy-ma’naviy maqsadlar
• xalqaro munosabatlar sohasidagi maqsadlar va boshqalar.
2.
Boshqaruv darajalariga qarab
• Hududiy maqsadlar:
- mamlakat maqsadlari
- viloyat maqsadlari
- tuman maqsadlari
- qishloq maqsadlari
- ishlab chiqarish maqsadlari
- xalq xo‘jaligi maqsadlari
- tarmoq (sektor) maqsadlari
- korxona (firma) maqsadlari
- yakka shaxs maqsadi
3. Amalga oshirish muddatiga qarab • joriy 
maqsadlar
4. Boshqaruvning amalga oshirilishiga qarab


6
 
• istiqboldagi maqsadlar
- uzluksiz (kundalik) maqsadlar
- fursatli maqsadlar
- bir martalik maqsadlar
5 Kutiladigan natijalarga qarab
• pirovard maqsadlar
6 Murakkablik darajasiga qarab
• oraliq maqsadlar
- oddiy, an’anaviy maqsadlar
- muammoli maqsadlar
- innovatsion maqsadlar
Mazkur turkumlanishdan ko‘rinib turibdiki, maqsadlar o ‘zaro bog’liq bo‘lib, 
muayyan iyerarxiyaga, ya’ni yuqori va quyi maqsadlarga bo’linishi, bir maqsad boshqa 
bir maqsadga bo‘ysunishi mumkin.
Maqsadlar joriy, istiqbol, uzluksiz, fursatli bo’lishi mumkin. Boshqarish 
jarayonida bir martalik maqsadlarga ham zaruriyat tug’ilishi mumkin. Bunday 
maqsadlar, odatda, korxona uchun kutilmagan, favqulodda vujudga kelgan muammoni 
yechish uchun o ‘rtaga qo‘yiladi.
Boshqarishga maqsadli yondashuv namoyandalari barcha maqsadlarni quyidagi 
to‘rtta guruhga bo’lishadi:
• oddiy, an’anaviy maqsadlar;
• muammoli maqsadlar;
• innovatsion maqsadlar;
• xodimlar malakasini, mahoratini oshirish bo‘yicha maqsadlar.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling