amaliy mashg’ulot. Tut bargining tuzilishi soat


Download 76.93 Kb.
bet10/21
Sana22.04.2023
Hajmi76.93 Kb.
#1379448
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
Tutchilik va ipakchilik amaliy.majmua

Zarur plakatlar. Turli xil zot va duragaylarga mansub tut ipak qurtlari tuxumlarining namunalari, tut ipak qurti tuxumining tashqi ko’rinishi va tuzilishi tasvirlangan plakatlar.
Ishni bajarish tartibi.

  1. Turli xil zot va duragaylarga oid (monovoltin va bivoltin zotlari) tuxumlarining tashqi tuzilishi, rangi, shakli, katta-kichikligi, o’rtacha Og’irligi bilan tanishib chizing.

  2. Lupa orqali tuxum qobig’ining tuzilishi, mikropil teshigining ko’rinishi, tuxum puchog’i kundalang kesimidan xavo yullari, tuxum puchog’ining qirrali tomoni va keng tomoni sirtidagi izlarning shaklini kuzating.

  3. Monovoltin va bivoltin xamda otalangan va otalanmagan tuxumlarning tuzilishidagi (rangi) farqni aniqlang.

  4. Kuzatganlaringizni rasmini chizing.

Asosiy tushunchalar: Tut ipak qurtining rivojlanish davri. Umuman xayvonlar past embrional, ya’ni tuxum qo’yib ko’payuvchi xayvonlarda tuxumdan chiqqandan keyin, tirik bola tug’uvchi xayvonlar, tug’ilgandan keyingi rivojlanish davrida shaklini uzgartirmasdan - metamorfozasiz va shaklini uzgartirish - metamorfoza yuli bilan rivojlanadi. xasharotlar metamorfoza yo’li bilan rivojlanuvchi xayvonlar guruxiga kiradi. Bular xam uz navbatida ikki guruxga bo’linadi. Shaklini chala uzgartiruvchilar - chala metamorfozalilar va shaklini tuliq uzgartiruvchilar-to’liq metamorfozalilar Chala metamorfoza yuli bilan rivojlanuvchi hasharotlar past embrional rivojlanish davrida uchta: tuxum, lichinka va imago (voyaga yetgan davri); to’liq metamofozali xasharotlar esa to’rtta: tuxum, lichinka, g’umbak va imagodavrlarini utkazadi. Chala metamorfozali xasharotlarga chigirtka, suvarak, beshiktervatar, qandala va b.; to’liq metamorfozali xasharotlarga kuteizlar, asalarilar, pashshalar, kapalaklar va b. Kiradi.
Tut ipak qurti to’liq metamorfozali xasharotlar guruxiga kirib, to’rtta rivojlanish davrini boshidan utkazadi.

  1. tuxumlik davri, embrionning rivojlanish va kupchiligida qishlash vazifasini utish davridir.

  2. lichinkalik-qurtlik davri. Bu davrda oziqlanadi, usadi, rivojlanadi va zapas ozix modda tuplaydi.

  3. G’umbaklik davri-tanasini kayta tiklash, imago davriga xos belgilarni xosil qilish, shaklini uzgaritirish- metamorfoza davri.

  4. imago kapalaklik, ya’ni jinsiy balog’atga yetish, tuxum qo’yish-nasl berish davri.


Download 76.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling