amaliy mashg’ulot. Tut bargining tuzilishi soat


- Amaliy mashg’ulot.Ipak qurtining morfologiyasi. 2 soat


Download 76.93 Kb.
bet11/21
Sana22.04.2023
Hajmi76.93 Kb.
#1379448
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Tutchilik va ipakchilik amaliy.majmua

9- Amaliy mashg’ulot.Ipak qurtining morfologiyasi. 2 soat
Kerakli jihozlar. beshinchi yoshdagi fiksatsiyalangan bir nechta tut ipak qurti, tayyor preparatlar, tablitsa (plakat) lar, ipak qurtining maketi, turli yoshdagi fiksatsiyalangan qurtlar – qo’l preparatlar va turli rangdagi qurtlar.
Ishni bajarish tartibi.

  1. Tirik yoki fiksatsiyalangan 5-yoshdagi ipak qurtini vannachaga solib, uning umumiy gavda tuzilishi bilan tanishing. Tana uch: bosh, ko’krak va qorin qismdan tuzilganligiga, ulardagi o’simtalarga, ko’krak va qorin qismidagi xarakat organlari va rangiga etibor bering.

  2. Bosh tuzilishini kuzating. 5-yoshdagi fiksatsiyalangan qurtning bosh bulagi tanasiga qanday tutashganligi, katta-kichikligi, rangiga e’tibor bering. O’tkir qaychi bilan boshini tanasidan ajratib oling. Lupa orqali kuzatib boshini bo’laklarga ajrating.

  3. Fiksatsiyalangan ipak qurti ko’krak qismining tuzilishi bilan tanishib chiking. Kukragining bosh qismiga tutashishi, ko’krak bug’im sonlari va ko’krak oyoqlarining joylashishi, soni va tuzilishiga e’tibor bering.

  4. Ipak qurti qorin qismining tuzilishi bilan tanishib, uning ko’krak qismi bilan chegarasi, qorin bug’im sonlari, ularda joylashgan yolg’on oyoqlar soni, tuzilishi, qorin o’simtalari va 9-qorin bugimining tuzilishi xamda shakliga e’tibor bering.

  5. Turli xil yoshdagi fiksatsiyalangan qurtlarni (1, 2, 3, 4, 5 - yoshlar) bir- biriga takkoslang; tashqi tuzilishi, rangi, katta-kichikligidagi farqlarni aniqlang.

  6. Kuzatganlaringizning rasmini chizing.

Asosiy tushunchalar: Morfologiya - tananing tashqi xamda ichki tuzilishini o’rganadi. Tut ipak qurtida xam tangacha qanotli kapalaklar turkimining vakillariga uxshash, lichinkalik davri mavjud. Bu davrda u usadi, rivojlanadi va keyingi rivojlanish darlari uchun zapas oziq yotadi. Chunki tut ipak qurtlari faqat lichinkalik davrida oziqlanadi.
Bu davrda jinsiy organlari shakllanadi va ularda jinsiy xujayralar g’umbaklik davriga kelib to’liq rivojlanib shakllanadi.
Tut ipak qurtining morfologik belgilari beshinchi yoshda to’liq shakllanadi. Tanasi chuzinchoq, silindrik shaklda, qorin tomoni biroz yassiroq, yelka tomoni esa yarim oy shaklida- yumaloq, bo’rtib chiqqan bo’ladi. qurt tanasi uch-bosh, kukrak va qorin qismlaridan iborat.
Boshi katta emas, yarim yumalok- no’xatning yarim pallasiga uxshash, qo’ng’ir jigar rangda (5 yoshda). Bosh qismida bir muncha qattiq-xitin modda xosil bulgan bo’lib, ikki bo’lma bir-biriga xarakatsiz birikkan. Qurtning bosh qismi mayda tukchalar bilan qoplangan. Boshining ustki qismida ko’z, mo’ylov, Og’iz apparati va ipak ajratish naychasi joylashgan. Boshning ikki yon tomonida 1 tadan 12 ta oddiy ko’zchalari bo’ladi.
Ipak qurtining ko’krak va qorin qismlari bo’g’imlaridan tuzilgan.
Kukrak qismi nisbatan kalta, 3ta bo’g’imdan iborat: Bo’g’im chegarasi faqat qorin tomondan ko’rinib, birinchi ko’krak bo’g’imi boshi bilan yumshok keng biriktiruvchi parda orqali birikkan. xar bir kukimining ostki tomonidan bir juftdan oyoqlari joylashgan bo’lib, ularning xar biri uz navbatida uch bukimdan iborat. Bu oyoqchalar tuklar bilan qoplangan, oxirgi bo’g’im qattiq tirnoq bilan tugaydi. Bu oyoqlar «xaqiqiy oyoqlar» deb aytiladi. Chunki ular kapalaklik davrida xam saqlanib qoladi. Ko’krak oyoqlari asosan qurtlar oziqlanayotganda bargni tutib turish uchun xtzmat qiladi.
Ko’krak bo’g’imlarining orqa va yon tomonidan teri yirik burmalar xosil qiladi, bular ostida kapalak qanotning boshlang’ich murtaklari joylashgan. Ko’krak bo’g’imining xar bir yon tomonida oval shaklida ko’ra dog’ ko’rinishidagi bittadan nafas teshigi bor.
Qorin -ipak qurti tanasining bir muncha uzun qismi bo’lib, tananing oltidan besh qismini tashkil etib, 9 ta bo’g’imdan iborat. Qorinning birinchi bo’g’imi ko’krakning keyingi uchi bilan xarakatsiz birikan ikkinchi va uchinchi bo’g’imlar eng katta bo’g’imlardir. Keyingi bo’g’imlar asta-sekin kichiklashib va yassilashib boradi. Umuman qurtning tana qismi (unda ovqat xazm qilish sistemasi joylashgan) gavda bushlig’ining katta qisminm tashkil qiladi. Shuning uchun gavdasining tashqi ko’rinishi va ba’zi qismining katta kichikligiga ovqat xazm qilish sistemasining kundalang tuzilishiga bog’liq.
Xasharotlarning teri qoplami ularning mexaniq va kimyoviy ta’sirlardan ximoya qiladi va tashqi skelet vazifasini bajaradi. Terining ichki tomonida muskullar joylashgan bo’lib, ular xasharotni maxkam tutib turadi. Umurtqali xayvonlarning organizmi skeleti bilan birga usib rivojlanadi, xasharotlarda esa teri qoplamini deyarli uzgarmaydi, chunki kutikula cho’zilmaydi. Shuning uchun organizm usib rivojlangan sari vaqti vaqti bilan xasharot eski terisini tashlaydi va yangi teri usib chiqadi.
10- Amaliy mashg’ulot.Ipak qurtining anatomiyasi va fiziologiyasi. 2 soat
1- ish. Ipak qurtining anatomiyasi.

Download 76.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling