amaliy mashg’ulot. Tut bargining tuzilishi soat
- Amaliy mashg’ulot.Ipak qurti kasalliklari. 2 soat
Download 76.93 Kb.
|
Tutchilik va ipakchilik amaliy.majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishdan maqsad.
15- Amaliy mashg’ulot.Ipak qurti kasalliklari. 2 soat
Kerakli jihozlar. Ipak qurtining beshinchi yoshida fiksatsiyalangan sog’lom qurtlar, ulat-flyasheriya, qon chirish yoki septitsemiya, likkon, sariq, muskardina, tosh va pebrina kasalliklari bilan kasallangan qurt, g’umbak kapalaklarning fiksatsiyalangan namunalari; mikropreparatlar, tablitsalar, fotoslaydlar, biologik mikroskoplar, kasallangan nuqsonli pillalar, ipak qurti zararkunandalari namunalari, tablitsa va plakatlar. Ipak qurtining bakterial kasalliklari bilan tanishish. Ishdan maqsad. Tut ipak qurti o’lat, qon chirish va likkon kasalliklari bilan kasallangan ipak qurtlarini o’rganish, pillalari kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlarning mikropreparatlari, tablitsalar va slaydlarni kuzatish. Ishni bajarish tartibi. O’lat-flyasheriya kasali bilan zararlangan va kasallanmagan sog’lom, beshinchi yoshda fiksatsiyalangan ipak qurtini vannachaga solib, sog’lom qurt bilan solishtirib kasallikning tashqi belgilari bilan tanishing. Kasallikning uchinchi davrida qurt tanasida qoramtir dog’lar paydo bulganini, keyin esa tana butunlay korayib xaltaga aylanganligini, badbuy hid chiqarishini kuzating. Beshinchi yoshining o’rtalarida kasallangan qurtlar sifatsiz pilla urab ichida ulib qorapachoq pilla hosil qilishini kuzating. Qon chirish - septitsemiya kasalligi bilan kasallangan beshinchi yoshda fiksatsiyalangan qurtni vannachaga solib, sog’lom qurt bilan solishtirib kasallikning tashqi belgilari bilan tanishing. Tanasining ba’zi qismlarida ko’krak va kornining birinchi, ikkinchi va uchinchi bugimlarida koramtir dog’larni, kornining ikkinchi va uchinchi bo’g’imlarining shishganligini, to’rtinchi va beshinchi bugimlarining uzayganini kurish mumkin. Uligining tashqi belgilari ulat kasalligiga uxshash bo’ladi. Shularni kuzatib daftaringizga yozing. Likkon kasalligi bilan zararlangan beshinchi yoshda fiksatsiyalangan qurtni sog’lom qurt bilan solishtirib kasallik alomatlarini ta’riflab bering. Qurtning terisi ajin bosgani, burishib kolgani va orqa teshigidan koramtir suyuklik chikib turgani, uragan pillalari tashqi tomonidan dog’ hosil kilmay, ichida ulib yopishib kolganini kuzating. Bunday pillalar "kar pillalar" deb aytiladi. Tayyor, kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlarni mikropreparatlari bilan mikroskop ostida kuzating. Darslikda berilgan bakterial kasalliklarga qarshi kurash choralari bilan tanishib, qisqacha yozib oling. Bakterial kasalliklar bilan ulgan qurtlarni tablitsalardan rasmlarini chizib oling. Ipak qurtining virus va zamburug’ kasalliklari bilan tanishish. Download 76.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling