amaliy mashg’ulot. Tut bargining tuzilishi soat
Download 76.93 Kb.
|
Tutchilik va ipakchilik amaliy.majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi.
- -jonlantirmos
Ishdan maqsad. Inkubatoriyaning rejasini 100 - 150 kuti urug’ jonlantiriladigan inkubatoriyaga zarur bo’ladigan asbob-uskunalar, kerakli materiallar va inventarlarning ruyxatini tuzish, urug’ inkubatsiya qilinadigan xonaning umumiy ko’rinishi va undagi sukchak xamda kerakli narsalarning joylashish tartibini o’rganish, urug’ jonlantiriladigan. jonlangan qurtlarni solishda ishlatiladigan qog’oz kutichalarni zarur ulchamda tayyorlash, uruglarni jonlantirish usullarini ifodalovchi tablitsalar, inkubatsion vedomost, tarqatiladigan qurtlardan partiyalar xosil qiluvchi xisobotlar namunalarining tablitsalari va jonlangan qurtlarni olish.
Ishni bajarish tartibi. Urug inkubatsiya qilinadigan xonaning umumiy ko’rinishi va undagi so’kchak xamda kerakli narsalarning joylashish tartibi va sxemasi bilan tanishib chiing. Jadvaldan 100 - 150 quti urug’i jonlantiriladigan inkubatoriyaga zarur bulgan asbob-uskunalar, kerakli materiallar va inventarlar ruyxati bilan tanishing va ularni kuchirib yozing. Urug’larni tukish uchun va jonlangan qurtlarni vaqtincha boqish uchun QOG’OZdan normativ asosida kutichalar yasang. 36 - 40% li formalindan 1 l 4% ish eritmasi tayyorlashni o’rganing. Urug’larni jonlantirish muddati va jonlantirish usullari bilan tanishing. Jonlangan qurtlarni tortish, tarkatish, inkubatsion vedo-mostlarni tuldirish va uisobotlar yozish bilan tanishing. Asosiy tushunchalar: Inkubasiya suzi lotin tilidan olingan bo’lib, inkubs-jonlantirmos yoki ochirmos degan ma’noni anglatadi. Shuning uchun ipak qurti urug’ini inkubatsich qilish deganda sun’iy sharoitda ma’lum harorat, namlik, havo, urug’lik ta’sirida urug’dan (tuxumdan) qurt ochirish tushiniladi. Tut ipak qurti maxsus jiuozlangan binolarda sun’iy sharoitda ochiladi. Bunday binolar inkubatoriyalar deyiladi. Tajriba yoki ilmiy ishlar uchun ishlatiladigan oz midqorda urug’ni termostat yoki shkafda jonlantirish mumkin, ular inkubatorlar deb ataladi. Ipak qurti urugini rivojlanishi va undan qurt ochib chikishida tashqi muhit sharoitining (issiqlik, namlik, havo, yorug’lik) ta’siri katta ahamiyatga ega. Shulardan eng muhimi issiqlikdir. Issiqlik manbai tabiiy va sun’iy bo’lishi mumkin. Tabiiy issiqlik quyosh nuri ta’sirida, suniy issiqlik esa maxsus isitgichlar (pechka, termostat, batareya, elektor energiyasi va uakazolar) yordamida uosil qilinadi. Urug’ni tabiiy va sun’iy ta’sirida jonlantirish mumkin. Urug’ tabiiy sharoitda jonlantirilsa-tabiiy inkubatsiya, sun’iy sharoitda jonlantirilsa esa sun’iy inkubatsiya deb ataladi. Urug’ ochirish maxsus binolar (inkubatoriyalar), odamlar yashaydigan uylar va xo’jalikning umumiy binolaridan foydalaniladi. Inkubatoriya barcha agrotexnika va zoogigiena qoidalariga javob beradigan va xujalik o’rtaisda, ya’ni qurt boquvchi zvenolarning qurt olishiga qulay va yaqin joyda bo’lishi kerak. Inkubatoriya xizmat qiladigan joy doirasining radiusi 4-5 km dan oshmasligi, ya’ni inkubatoriya bilan qurtxona orasidagi masofa uchun 1 soatdan ortiq vaqt sarflamasligi kerak. Inkubatoriya uchun pechkasi bulgan quruq, yorug’, g’isht yoki paxsadan qilingan, issiqlikni yaxshi saqlaydigan binolar ajratiladi. Bunday kapital binolarda harorat va havoning nisbiy namligi bir me’yorda, ya’ni urug’ni jonlantirish uchun kerakli darajada saqlab turish mumkin bo’ladi. Urug jonlantirilayotgan xonaga begona odamlar kirishi man qilinadi, chunki ularning poyafzallari va kiyim-boshida chang bilan ipak qurti kasalliklarini qo’zg’atuvchi va yuqtiruvchi turli zaxarli mikroblar bo’lishi ham mumkin. Bundan tashkari, inkubatroiya ichkarisiga kiradigan eshik tashkarisiga 4-5% li formalin eritmasi bilan qo’llangan latta tashlab qo’yilishi lozim. Download 76.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling