amaliy mashg’ulot. Tut bargining tuzilishi soat
- Amaliy mashg’ulot.Qurtxona va ularni jixozlash, xarorat va namlikni o’lchash. 2 soat
Download 76.93 Kb.
|
Tutchilik va ipakchilik amaliy.majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishdan maqsad.
- Ishni bajarish tartibi.
12- Amaliy mashg’ulot.Qurtxona va ularni jixozlash, xarorat va namlikni o’lchash. 2 soat
Kerakli jihozlar. turli tipdagi qurtxona rasmlari, qurtxonalarni ta’mirlash va jixozlash uchun kerakli asbob- uskunalar, purkagichlar, turli xil etajerkalar, sukchak va surilar, turli xil dastalar (pillalari bilan), navdor, nuqsonli va qorapachoq pillalardan namunalar, qurtxonada pechka va asbob-uskunalarning joylashish sxemasi, qurt boqish uchun kerakli anjomlar, xar xil dastalar xakidagi tablitsalar. "Avgust" psixometrlari, sutkali uzi yozuvchi termograf va gigrograflar (lentasi bilan), ish mavzuga oid tablitsa va jadvallar. 1 - ish. Ipak qurtiga xarorat, namlik qurt boqish maydoni va oziqning ta’siri. Ishdan maqsad. Bino xarorati va namligini ulchaydigan termometr, "Avgust" psixometri, sutkali yoki xaftali termograf va gigrograflar (lentasi bilan) ishini tekshirish, xarorat, namlik yorug’lik qurt boqish maydoni va oziqning ipak qurtiga ta’sirini ifodalovchi tablitsalarni o’rganish. Ishni bajarish tartibi. Ipak qurtining tuxumi (urug’i), qurti, g’umbagi va kapalagining rivojlanishi uchun xarorat va namlikning ta’sirini kursatuvchi adabiyotlar va tablitsada keltirilgan ma’lumotlar bilan tanishing va yozib oling. Binoning xarorati va namligini o’lchovchi asboblarning tuzilishi va ishlatish tartibi bilan tanishing, o’qish xonasining xarorati va namligini ulchang (1-rasm). Ipak qurtga qurt boqish maydoni ta’sirini tablitsalar orqali o’rganib yozib oling va qurtni yoshlari bo’yicha kancha oziqlanishi va kushimcha maydon zarurligini aniqlang. Tablitsa va jadvallar orqali ipak qurtiga oziqaning ta’siri, tut bargining sifati, xazm bo’lish koeffitsienti xamda tuyimliligini aniqlash usullari bilan tanishing xamda yozib oling. Termometr va "Avgust" psixometrining rasmini chizing. Asosiy tushunchalar: Xamma organizmlar yashab turgan muxitning ajralmas bir qismidir. Organizm bilan atrof muxit o’rtasida bo’ladigan uzaro munosabatlarni urgatadigan fan EKOLOGIYa (grekcha - oikos yoki okos yashash joyi yoki muxit va logos - fan) deb ataladi. Organizmning yashashi uchun muxit omillari muxim rol uynaydi. Organizmt dastavval uch muxit - xavo, suv va tuproq ta’sirida xayot kechiradi. Tashqi muxit organizm bilan ajralmas bog’liq bo’lib, yashash uchun qulay sharoit xosil qiladi va ular aloxida ekologik omillarni vujudga keltiradi. Ipak qurtiga xaroratning ta’siri. Organizmda modda yaxshi almashinishi uchun ma’lum darajada issiqlik kerak. Ayniqsa xasharotlar, jumladan ipak qurtlari uchun xarorat katta rol uynaydi. Chunki xasharotlar sovukkonli - paykiloterm, ya’ni doimiy tana xaroratiga ega bo’lmagan organizmdir. Xasharotlar tana xaroratini qanotlarini jadal xarakatlantirish xisobiga keskin kutarish kobiliyatiga ega. Bundan tashkari, ular quyosh nurlarining issiqlik energiyasini terisi orqali yaxshi qabul kila oladi, suvni bug’latish orqali xasharot organizmi soviydi, Natijada tanasini kizib ketishidan saqlaydi. Ipak qurtini tashqi xaroratining uzgarishiga chidamliligi ularning zotiga xamda kaysi rivojlanish davrida ekanligiga bog’liq. Qurt urug’ini yozda saqlash uchun eng yaxshi xarorat 25-26S, qishda esa 4-5S dir. Kishlovchi urug’ qisqa muddat ichida 40S sovukka chiday oladi. Urug saqlashga qo’yilgandan keyin 5 kun davomida 40S issiqlikka 6-12 soat, 35S issiqlikka esa 1-2 sutka chidaydi. Gumbakni pilla ichida eng qulay saqlash xarorati 25-26S - 10S temperaturada 2 sutka yashaydi. Ipak qurtiga namlikni ta’siri. Muxit namligi turlicha bo’lib, xasharotlar ekologiyasida xavoning nisbiy namligi, ya’ni suv bug’i bilan tuyinish darajasi muxim axamiyatga ega. Namlikning ta’siri tanasidagi suv midqoriga bog’liq bo’lib, u xasharotning xayotchanligi va serpushtligiga ta’sir etadi. 3 xil xavoning namligi farq qilinadi: Absolyut namlik - bu 1metr kvadrat xavo tarkibidagi suv bug’ining midqori (gramm xisobida). Maksimal namlik - ma’lum xaroratda xavoga kushiladigan suv bug’ining midqori. Nisbiy namlik - absolyut namlikning maksimal namlikka bulgan foizlardagi nisbati. Xarorat bilan xavoning nisbiy namligi bir me’yorda bo’lishi ipak qurti xayotida muxim rol uynaydi. Namlikning midqoriga qarab, qurt tanasidan suvni bug’lanish uzgarib turadi. Organizmdagi suvning bug’lanishi qurt tanasidagi xaroratni bir qadar boshqarib turish va oziq moddalarning almanishiga ta’sir etadi. Ipak qurti ozukasi - yangi kesilgan barg tarkibida 75% suv bo’ladi. Bu suyuklikning bir qismi ichaklarda shimiladi, qolgan ovqat kodiklari bilan tashkariga chikib ketadi. Ichaklarda shimilgan suvning 40% qurtning terisidan bug’lanib ketib, 60% organizmda qoladi. Suvning bug’lanishi 1 kg tirik vaznga nisbatan suvni ko’proq bug’lantiradi. Beshinchi yoshdagi bir kuti kart 1 kunda 60 kg suv bug’lantirishi mumkin. Qurt boqiladigan xonada eng qulay nisbiy namlik 25 - 27S da kichik yoshdagi qurtlar uchun 70-75%, katta yoshdagi qurtlar uchun 24-25S da 65-75%, pilla urash davrida 25-26S da 6070% ni tashkil etishi zarur. Agar qurt boqiladigan xonada namlik me’yoridan ortib ketsa, qurtxonani tez-tez shamollatib turish kerak, zarur bulsa pechkani yokish namlik kamayganda esa qurtxonaga suv sepish, sukchaklarga xullangan choyshab osish lozim. Namlik oshganda sundirilgan oxak yoki kizdirilgan osh tuzidan foydalanish mumkin. Ipak qurtiga yorug’likning ta’siri. Xasharotlarning xayoti yorug’lik ekologik omil sifatida muxim rol uynaydi. Yorug’lik omili xasharot turining yillik hayot sikliga ta’sir etadi. Qurt boqiladigan xonalarning yoritilganligi derazalarning soniga, necha qavatligiga, oynaning qalinligi va katta-kichikligiga bog’liq. Qurtxona derazalarning kattaligi pol yuzasining 10% tashkil qilishi kerak. Oddiy oynalar quyosh ultrabinafsha nurini ko’p qismini saqlab qoladi, bu nurlar gigienik ahamiyatga ega, ular kassalik tug’diruvchi mikroorganizmlarni o’ldiradi, ipak qurtining rivojlanishiga yaxshi ta’sir etadi. Iapk qurtining yaxshi o’sishi uchun odatda kunduzgi yorug’lik yetarli, lekin derazalardan tushayotgan yorug’lik kamlik qilsa, qushimcha yoritish vositalaridan foydalanish mumkin. Sutka davomida bino ichi 15-16 soat yorug’ va 8-9 soat qorong’i bo’lishi eng mo’tadil hisoblanadi. Download 76.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling