amaliy mashg’ulot. Tut bargining tuzilishi soat
- Amaliy mashg’ulot.Ipak qurti boqish. 2 soat
Download 76.93 Kb.
|
Tutchilik va ipakchilik amaliy.majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi.
- Ishdan maqsad.
- 14- Amaliy mashg’ulot.Pillalarni tayyorlash va dastlabki ishlov berish. 2 soat
13- Amaliy mashg’ulot.Ipak qurti boqish. 2 soat
1 - ish. Tut ipak qurtini boqishga tayyorgarlik kurish ishlari bilan tanishish. Ishdan maqsad. Qurt boqiladigan binolarning va maxsus qurtxonalarning sxema va rasmlari, isitgich aboblar, etajerka, sukchak va surilar, dezinfeksiya qilishda ishlatiladigan asbob-anjomlar bilan tanishish, formalin va xloramin eritmasini tayyorlashni o’rganish. Ishni bajarish tartibi. Doim qurt boqiladigan qurtxonalar va vaqtincha binolarga nisbatan qo’yiladigan talablar bilan tanishing. Binoning umumiy uajmini (uzunligi x eni), oziqlanish maydoni va 1,2,3 qavatli qilib qurt bokilganda nechta etajerka (1 kuti qurt uchun) kerakligini hisoblab chiqing. Qurtxonalarga o’rnatiladigan isitish asboblari, eshik derazalarning, etajerka, sukchak hamda surilarning joylashish sxemasi bilan tanishing. Bino xajmiga qarab dezinfeksiya uchun sarflanadigan ish eritmasi va uning tarkibidagi formalin yoki monoxloraminning midqorini aniqlang. Dezinfeksiya uchun ishlatiladigan purkagichlarning tuzilishi va ishlatilishi bilan tanishing. Qurt boqishda foydalanadigan asbob-uskunalarning ruyxati va midqori bilan tanishib, ularni daftaringizga kuchirib oling (2-ilova). 2 - ish. Ipak qurtini boqish. Ishdan maqsad. Kichik katta yoshdagi qurtlar va pilla urash davridagi agrotexnika qoidalari bilan tanishish, oziq; tayyorlash va oziqni saqlash talablari, pilla urashda foydalanadigan dasta turlari va ularni joylashtirish sxemasini o’rganish, navli, navsiz, nuqsonli va qorapachoq pilla namunalarini farqlash. Ishni bajarish tartibi. 1. Kichik yoshdagi (1,2,3) qurtlarni boqish uchun agrotexnika qoidalari: qurt boqish maydoni, qurtlarni oziqlantirish, sarflanadigan barg midqori, qurtlik davrining yoshlari bo’yicha davom etishi, qurtxona xarorati va namlik darajasi bilan tanishing va daftaringizga yozib oling. Katta yoshdagi (4,5) qurtlarni boqish agrotexnikasi bilan tanishing. Qurtlarning pust tashlash davrini aniqlang va shu davrda bajariladigan ishlarni ta’riflang. Qurtlarni pilla urash davrida uziga xos parvarish qilish xususiyatlarini suzlab bering. Pilla urashda foydalanadigan dasta turlarini (tabiiy xamda sun’iy) tayyorlang va dasta qo’yish usullari xamda kancha dasta zarurligini aniqlang. Pillalarning yetilgan-yetilmaganligini aniqlang va aniqlash usullarini suzlab bering. Pillalarni terish muddati, pillalarni terish va ularni guruxlarga ajratish tartibi xakida suzlab bering. Asosiy tushunchalar: Ipak qurtlari uzining 23-25 kundan iborat qurtlik davrida pilla uragunga kadar 4 marotaba pust tashlab 5 yoshdan iborat davrni utadi. Shundan 1-2-3 yoshini ipak qurtining kichik yoshlari, 4-5 yoshini esa katta yoshlari deb ataladi. Ipak qurtlari kichik yoshda juda nozik bo’lib, avaylab parvarish qilishni talab etadi. Birinchi yoshda qurtlarning tishlari kichik va nozik bulganligi uchun ularga sersuv va mayin tut barglari 5-6 mm kenglikda kirkib tug’rab beriladi. Birinchi yoshda qurtlar g’analanmaydi■ Ipak qurtlar juda tez usadi va tanasi yiriklashib boradi. Shuning uchun ularning xar bir barg berilganda siyraklashtirib oziqlanish maydoni kengaytirib boriladi. Birinchi yoshining birinchi kunida bir quti qurt 0,5 m2 joyda turgan bulsa, yosh oxiriga kelib u 2m 2 joyni egallashi kerak. Ikkinchi yoshdagi qurtlarga barg tayyorlash birinchi yoshdagiga uxshash bo’lib, tut daraxtidan terib olingan barglar salkin xonada saqlanadi. Ikkinchi yoshning birinchi kunida barg yirikroq qilib tug’rab beriladi. Ikkinchi va uchinchi kunlari esa butun barg yaprokchasi bilan soalinadi. Qurtlarning bu yoshi xam uch kun davom etadi va jami 17-20 kg barg sarflanadi. Ularga bir kunda 8-9 marotaba (shundan ikki marotabasi kechkurun) barg beriladi. Uchinchi yoshga utgan qurtlar xarakatchan bo’lib, tanasi to’liq oqaradi va uzining xaqiqiy rangini egallaydi. Bu yoshda qurtlar bir marotaba g’analanadi. Ipak qurtining uchinchi yoshi 3-4 kun davom etib 60-70 kg barg sarflanadi. Ularga bir kunda 7-8 marotaba (shundan kechasi ikki marta) barg beriladi. Uchchinchi yoshda qurtxonadagi xarorat 26S xavoning nisbiy namligi 65-70% bo’ladi. Uchinchi yoshdagi qurtlar bir sutka davomida uxlab turgach. to’rtinchi yoshga utadi. Uchinchi uyqudan turgan qurtlar katta yosh xisoblanadi. Bu yoshdagi qurtlar tez xarakatlanadigan, tut barglarining yumshok joylarini to’liq yeydigan va tanasi bir muncha yiriklashgan bo’ladi. Qurtlarning yoshi kattalashgan sari ularning xaroratga va nisbiy namlikka bulgan talabi (kichik yoshlardagiga nisbatan) birmuncha pasayib boradi. Agarda qurtning kichik yoshlarida qurtxonadagi xarorat 26-27S, xavoning nisbiy namligi 70% bulgan bulsa, to’rtinchi yoshida xarorat 26-25S va nisbiy namlik 60-70%, beshinchi yoshida esa xdrorat 24-25S va nisbiy namlik 60-65% bo’lishi lozim. Yoshning oxiriga kelib bir kuti qurt 25-30m2 joyni egallaydi. Qurtlarning to’rtinchi yoshi 4-5 kun davom etib, jami 170 kg barg beriladi. Bir kunda 6-7 marotaba (shundan 1-2 kechasi) barg beriladi. Qurtning yoshi kattalashi tanasi yiriklashgan sari u nafas olish uchun shunchalik ko’p kislorod talab qiladi va karbonad angilrid chiqaradi. Shuning uchun bu yoshda qurtxonani xar 2-3,5 soatda 20-25 minut deraza yoki eshikni ochib shamollatiladi. Qurtlarning to’rtinchi uyqusi 1,5-2 kun davom etadi. Uyqudan uyg’ongan qurtlar 5 yosh xisoblanadi. Qurtlarning beshinchi yoshi 7-8 kun davom etib, bir kuti qurt uchun jami 750-800 kg barg sarflanadi. Bir kunda 5-6 marotaba barg beriladi. Shundan 1-2 martasi kechasi beriladi. Beshinchi yoshdagi qurtlar tanasi juda yirik xajmi kattalashgan va serxarakat bo’ladi. Bir kuti qurt bir kunda uzidan 60 litr suvni bug’laydi. Natijada qurtxonadagi namlik ortib boradi. Shuning uchun qurtxonani xar 2-2,5 soatda 30-40 minut davomida eshik yoki derazani ochib shamollatiladi. Beshinchi yoshida qurtxona xaroratini me’yordan ortiq bo’lishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Bu yoshda xonadagi xarorat 2425S, xavo namligi esa 60-65% bo’lishi kerak. Qurt boqish davrida belgilangan bargning yeyilmagan qismi, novdasi, Qurt axlati tuplanib qoladi. Bu chikindilar G’ana deb, ularni olib tashlash G’analash deb ataladi. Birinchi yoshida qurtlar G’analanmaydi. Ikkinchi yoshning ikkinchi kunida qurtlar birinchi marta G’analanadi. Uchinchi yoshda bir marta, to’rtinchi yoshda 1-2 marta G’analanadi. Beshinchi yoshda barg berish keskin kupayishi natijasida G’ana tuz tuplanadi. Shuning uchun bu yoshda 2-3 marta va pilla urashdan oldin G’analanadi. 14- Amaliy mashg’ulot.Pillalarni tayyorlash va dastlabki ishlov berish. 2 soat Download 76.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling