amaliy mashg’ulot. Tut bargining tuzilishi soat
Download 76.93 Kb.
|
Tutchilik va ipakchilik amaliy.majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishdan maqsad.
- Ishni bajarish tartibi.
Kerakli jihozlar. I, II navli, navsiz va nuqsonli pillalarning aralashma namunalari (0,5 kg), santimetr, millimetr ulchagichlar (lineykalar), milligrammli tarozi (toshlari bilan), tirik pillalarni tashish va saqlash uchun foydalanadigan savatcha va yashiklar, tirik pillalarni kuzdan kechirish va tortishda ishlatiladigan standart idishlar (E.B.Rubin va Tumayan idishi), pilla quritiladigan yashiksimon quritgich (plakati), pilla quritiladigan KSK-4,5 va Sk-150, K-1, tipidagi quritgichlarining umumiy ko’rinishi, quruq pillalarni tashish va saqlashda ishlatiladigan idishlar, pillalar quritiladigan va saqlanadigan joylarning ko’rinishi (foto va plakatlar), tut ipak qurtining tirik va quruq pillalari texnikaviy shartlari - UzRST 630 - 95.
1 - ish. Pillalarni tayyorlash va dastlabki ishlov berish bilan tanishish. Ishdan maqsad. Navli, navsiz va nuqsonli tirik pillalarning aralashmasi, atlaslari, tirik pillalarni tashish va saqlashda xamda kuzdan kechirish va tortishda ishlatiladigan idishlar bilan tanishish; pilla quritiladigan yashiksimon KSK-4,5 va Sk-150, K-1, "Yamato" tipidagi quritgichlarning umumiy ko’rinishi va ishlashini o’rganish, pillalar. Quritiladigan va saqlanadigan joylarning foto plakatlari bilan tanishish. Ishni bajarish tartibi. Tirik tut ipak qurtining pillalarini tashish va saqlash uchun foydalaniladigan idishlar (savatchalar va yashiklar) bilan tanishing va tayyorlang, qabul qilish qoidalarini o’rganing. Tirik pillalarni tayyorlash va ularga dastlabki ishlov berish punkti va bazalarida bajariladigan ishlarni navbati bilan suzlab bering. Pilla tayyorlov punktida foydalaniladigan va ishlatiladigan asbob- uskunalardan foydalanish tartibini suzlab bering. 0,5 kg tirik va quruq pilla aralashmasi namunalarini navlarga ajrating. O’zbekistan Respublikasi standarti. Tut ipak qurti pillalarining texnikaviy shartlari. UzRST 630 - 95, 631 - 95 bo’yicha I, II navli, nostandart va qorapachoq pillalarga tavsif bering. Namunadagi pilla navlarini aloxdda tarozida tortib, foiz midqorini aniqlang. Pillalarning G’umbagini o’ldirish va quritishda foydalaniladigan KSK- 4,5, SK-150; K-1, "Yamato" quritgichlarining tuzilishi va ishlash prinsipini suzlab bering. Pillalarni quritish, quruq pillalarni saqlash va tashish tartibi va qoidalarinisuzlab bering. Asosiy tushunchalar: Pillaga dastlabki ishlov berish bazalarida yoki ularni qabul qilish punktlarida tayyorlanadigan tut ipak qurtining oq pillali zot va duragaylardan iborat tirik pillalariga quyidagi standart joriy etilagn («O’zbekistan Respublikasi standarti. Tut ipak qurtinng tirik pillalari texnikaviy shartlari. Uz RST 631 - 95»). Ushbu standartga muvofik tut ipak qurtining tirik pillalari qobig’ining sifatiga qarab 1-2 navga nostandart navsiz va qorapachoq pillalariga ajratiladi. 1- navga shikastlanmagan toza pillalar kiradi. Shuningdek qobiq sirtidagi dog’ yoki dog’larning umumiy diametri 5 mm dan katta bo’lmagan dasta izining uzunligi 10mm dan katta bo’lmagan silliq yaltiroq joyning uzunligi 10mm dan katta bo’lmagan pillalar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. 2- navga qobiq sirtidagi dog’ yoki dog’larning umumiy yuzasi qobiq yuzasining to’rtdan bir qismidan oshmagan dasta izining uzunligi 15mm dan katta bo’lmagan silliq yaltiroq joyining uzunligi 15mm dan katta bo’lmagan bir qutbi o’tkir uchli ezilgan yupqa qobiqli buzuq shaklli va ichi ko’rinmaydigan yupqa qutbli pillalar kiradi. Qobiq sirtining tavsifi bo’yicha navli pillalar talabiga to’g’ri kelgan har (pilla ichida G’umbagi ulib pilla qobig’iga yopishib kolgan silkitganda ovoz bermaydigan) pillalar nostandart ushbu talablarga to’g’ri kelmagani esa navsiz pillalarga ajratiladi. Navsiz pillalarga qobiq sirtidagi dog’ yoki dog’larining umumiy yuzasi qobiq yuzasining to’rtdan bir qismdan ortiq bo’lmagan, dasta izining uzunligi 15mm dan katta silliq yaltiroq joyning uzunligi 15mm dan katta bulgan, uzunligi bo’yicha qobig’i uta ezilgan va pachoklanib yopishgan, ichki dog’lari qobig’ining sirtiga chiqqan, kigizsimon, paxtasimon, kushalok G’umbakli, teshik, mog’orlagan, qotib kolgan, chala o’ralgan, xom, yupqa qutbli, juda buzuk shaklli va ikkala qutbi o’tkir uchli pillalar kiradi. Pilla ichidagi tirik G’umbakni turli yullar bilan o’ldirish mumkin. Jumladan to’g’ridan-to’g’ri tushayotgan quyosh nuri, issiq xavo (kamida 60S) issiq suv bug’i bilan turli zaxarlovchi moddalarning bug’lari bilan, radioaktiv nurlar, xar xil kuchlanishdagi va xar xil ko’rinishdagi elektr toki ta’sirida va boshqa kimyoviy xamda fizik ta’sir kursatish yullari bilan amalga oshirish mumkin. Ishlab chiqarishda pillalarning G’umbagi dastlabki ishlov berish punktlarida faqat ikki usulda: pillani issiq bug’da bug’lab keyin xavoda quritish va pillaga issiq xavo ta’sir ettirish yuli bilan o’ldiriladi. Pilla g’umbagini bug’lash yo’li bilan o’ldirish va uni soyada quritish. Bu usul ayrim bosh pillaxonalarning dastlabki ishlov berish bazalarida qo’llanilmokda. Maxsus kamerada 60S dan yuqori xaroratda pillaga tuyingan issiq xavo ta’sir ettirib, G’umbak o’ldiriladi. Kameraga pillalar kiritilgandan keyin, kameradagi xarorat dastlab 52-60S va jarayon oxirida 68-70S ga kutariladi. Olinadigan surilma yashikchalarga pillalar 5-10sm qalinlikda 6-8 kg dan solinadi. Pillalar bir tekis kurishi, mog’orlamasligi xamda chirishining oldini olish maqsadida birinchi 10 kun davomida xar kuni bir marta, keyin 2-3 kunda bir marta pillalar aFdarib turiladi. Gumbaklarni issiq xavo bilan o’ldirish va pillalarni quritish. Xozirgi vaqtda pilla ichidagi G’umbakka issiq xavo bilan ta’sir etish keng qo’llanilmokda. Respublikamizda amalda qo’llanilayotgan “Kimpleks” KSK- 4,5; SK-150; K-1 kamerali agregat va boshqa apparatlar, shuningdek yapon pilla quritish apparatlarida xam G’umbaklarni o’ldirishda issiq xavo qo’llaniladi. «Simpleks» apparati xavo bilan pillalar qarama-qarshi yunalishda xarakat qilishi asosida ishlaydi. Pillalarga dastlab past xaroratli, lekin yuqori namlikka ega bulgan xavo ta’sir etadi. Pillalar apparatda yuqoridan pastga tomon, ya’ni past xaroratli joydan asta-sekin xarorati yuqorirok bulgan, biroq past namlikka ega bulgan issiq havoga duch keladi, ya’ni pilla issiq havoga duch kelgan sari quriy boshlaydi. «Simpleks» pilla quritgichi uch xil vazifani bajarishi mumkin: G’umbakni o’ldirish; G’umbaklarni o’ldirish va chala quritish; tirik pillalarning G’umbagini o’ldirish va tula quritish. Quruq pillalarni saqlash. Quruq pillalar 30 kg li qoplarda quruq, oftob tushmaydigan, yoFin- sochindan kimoya qilingan joyda saqlanadi. Pastki qator qoplar yer dan ancha kutarilgan taxtalar ustiga qo’yiladi. Pastki qatordagi qoplar ustiga yana 5-6 qator kop taxlanadi (koplar kupi bilan 7 qator qilib taxlanadi). Saqlash davrida pillalarning mog’orlashiga va zararkunkndalar shikastlashiga yo’l qo’ymaslik kerak. Quruq pillalrni topshirish. Sanoat korxonalari uchun pilla tayyorlovchi tashkilotlar kelishilgan kolda zotdor qurtlar pillalrning kamma navini kamda nuqsonli pillalarni pillakashlik fabrikalariga, kora pachok pillalarni esa ipak yigirish fabrikalariga topshiradilar. Quruq pillalar «O’zbekiston respublikasi standarti. Tut ipak qurtining quruq pillalari texnikaviy shartlari Uz RST 630 - 95» GOSTi asosida qabul qilinadi. Ushbu standartga muvofik navli quruq pilla aralashmasi qobig’ining sifatiga va xom ipak chikish midqoriga qarab birinchi va ikkinchi navlarga bo’linadi. Navga qobig’i shikastlanmagan toza pillalar, qobig’i sirtidagi dog’ yoki dog’larning umumiy diametri 5 mm dan katta bo’lmagan, xar bir dasta izining va xar bir silliq yaltiroq joyining uzunligi katta bo’lmagan pillalar qabul qilinadi. Navga qobiq sirtidagi dog’ yoki dog’larning umumiy yuzasi qobiq yuzasining to’rtdan bir qismidan oshmagan, xar bir dasta izining uzunligi va xar bir silliq yaltiroq joyning uzunligi 15mm dan katta bo’lmagan bir qutbi o’tkir uchli, ezilgan, yupqa qobiqli, buzuk shaklli va ichi ko’rinmaydigan yupqa qutbli pillalar kiradi. Navsiz pillalarga qobiq sirtidagi dog’ yoki dog’larning umumiy yuzasi qobiq yuzasining to’rtdan bir qismidan ortiq bo’lgan, dasta izining va silliq yaltiroq joyining uzunliklari 15mm dan katta bulgan, uzunligi bo’yicha Qobig’i o’rtacha ezilgan va pachoklanib yopishgan, ichki dog’lari qobiqning sirtiga chiqqan, kigizsimon, paxtasimon, qushaloq G’umbakli, teshik, mog’orlagan, qotib kolgan, chala o’ralgan, yupqa qutbli juda buzuk shaklli va ikkala qutbt o’tkir uchli pillalar kiradi. Pillaning barcha navlari uchun me’yorlangan namlik 10,0% saralanmagan navli pilla aralashmasidan begona aralashmagan terixurning tirik nusxaoariga, qorapachoqka, shuningdek 10,0% dan ortiq navsiz pillalar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Download 76.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling