amaliy mashg’ulot. Tut bargining tuzilishi soat


Download 76.93 Kb.
bet3/21
Sana22.04.2023
Hajmi76.93 Kb.
#1379448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Tutchilik va ipakchilik amaliy.majmua

Ishning maqsadi - Talabalarga urug’ olinadigan ona tutzorlarni tashkil qilish va ona tutzorlarga qo’yiladigan talabalar urgatiladi.
Kerakli materiallar va jixozlar: tutzor loyixalari tasvirlangan jadvallar, tut ko’chatlarini ekish usullari va texnikasi bo’yicha kurgazmali jadvallar.
Topshiriqlar:

  1. Ona tutzorlarga qo’yiladigan talablarni o’rganish.

  2. Ona tutzorlarda onalik va otalik nav daraxtlarini joylashtirish.

Asosiy tushunchalar: Urug’lik tutzorlar uchun unumdor, relefi tekis, sho’rlanmagan yoki kam sho’rlangan, sizot suvlari chuqur joylashgan, maydoni kamida 1-2 gektarli yerlar ajratilib, u kuzda 35-40 sm chuqurlikda xaydaladi.
Yerni erta kuklam boronalab, ekish oldidan molalanadi.
Urug’lik tutzorlar yuqorida tavsiya etilgan navdor urg’ochi va erkak tutlarning qalamchasidan yoki payvand ko’chatlardan barpo qilinadi. Shu bilan birga uruglik tutzorlar maydoniga avval jaydari ko’chatlar ekilib, so’ngra ularni tanlangan erkak-urg’ochi gulli navlar bilan payvandlash xam mumkin. Mavjud 10 yoshgacha bulgan duragay tutzorni muljallangan erkak-urg’ochi navlar bilan payvand qilish orqali ikkinchi yoki uchinchi o’sish yillari bu tutlardan urug tayyorlash mumkin.
Urug’lik tutzorni qanday usulda ustirilgan navdor ko’chatlardan tashkil qilinishidan kat’iy nazar, ularni joylashtirishda avvalo urg’ochi gulli daraxtlarni yetarli darajada changlanishini ta’min etish kerak. Buning uchun 75% ini urg’ochi gulli va 25% ini erkak gulli daraxtlar tashkil etishi lozim. Markaziy Osiyoning janubiy va o’rta mu’tadil iqlimli mintakalarida erkak-urg’ochi tutlarning qator va tup oralari 8x8 m, shimoliy mintakalarda esa 6x6 m sxemasida ekiladi.
Jaydari Xasaki tutlarning changi urug’lik tutzorlarga utmasligi uchun ular eski tutzorlardan 1-2 km uzokda barpo etilib, tabiiy tusiqlardan foydalanish lozim.
Urug’lik tutning meva va urug’ xosili urug’larning to’q, xamda yirik bo’lishi daraxtning naviga, yoshiga, qator oralarining kengligiga, parvarish qilish darajasiga bog’liqdir.
SANIISh ma’lumotlariga ko’ra, Kokuso-70 navining1 tupidan tutning yoshiga qarab : 5 yoshlgidan - 251, 6 yoshligidan - 293, 7 yoshligidan 315 va 8 yoshligidan 336 g urug’ olinadi. Lekin, qo’llaniladigan agrotexnika tadbirlariga qarab 1 tupdan 415 g urug’ olish mumkin.
Urug’lik tutzorlarni maydoni qator oralari erta baxorda, mayning oxiri yoki iyunning boshida 10-15 sm chukurlikda kultivatsiya qilinadi va mineral o’g’itlar bilan oziqlantiriladi. Ilgaridan foydalaniladigan yerlarga gektariga ta’sir etuvchi modda xisobida 90-120 kg azot, 60-90 kg fosfor, bedapoyadan bushagan yerlarga esa faqat fosfor 60 kg xisobida beriladi.
Xar kaysi mintakaning tuproq va iqlim sharoitiga qarab 1-2 o’sish yillari 6-8 marta sug’oriladi va qator oralari 22-25 sm chukurlikda 2 tomonlama xaydaladi. Xaydash oldidan gektariga 10-15 t go’ng solinadi. Tuproq unumdorligi past dalalarga gektariga xar yili 180 kg dan azot va fosfor, 40 kg kaliy mevaga kirgan tutzorlarga berish tavsiya etiladi. Unumdor yerlarda esa 120 kg dan azot va fosfor va 40 kg kaliy beriladi. Bu o’g’itlarning 70% ini erta baxorda tutlar barg yozguncha, qolgan 25 % esa meva terib olingach (may oxiri iyun boshida) beriladi. Bundan tashkari, urug’lik tutzorga xar 3-4 yilda kuzgi shudgor oldidan 20-40 t gung solib turish kerak.
Tutzorlar iqlim sharoitiga qarab 3-5 marta sug’oriladi. 1-2 marta meva pishguncha qolgani esa urug’lar yotilgandan keyin sug’oriladi. Oxirgi suv avgust oxiri, sentabr boshida beriladi.
Xar yili baxorda tutlar gullaguncha daraxtning sovuq o’rgan, kurigan va tanadan chiqqan bachki novdalari xamda ortiqcha shoxlar kesib turiladi. Kesilgan joyiga bog’ mumi yoki kraska surtiladi.
Xozirgi kunda O’zbekistonning xar bir viloyati va Qorakalpog’istonda urug’lik tutzorlar mavjud. O’zbekistonda ixtisoslashgan 14 ta pillachilik xujaliklari va 4 ta Davlat tutchilik ko’chatzorlarida 90-100 s atrofida duragay tut urug’i tayyorlanadi.
Tut daraxti mevasining yetilishi uning yoshiga, naviga, ekilish qalinligiga va ayniqsa iqlim sharoitiga bog’liqdir. o’rtacha O’zbekistonda meva pishishi va urug’ning yetilishi, may oyining ikkinchi yarmidan boshlanadi. Tut mevasi juda qisqa vaqtda, ya’ni 10-15 kunda pishib bo’ladi. Pishgan mevasi salgina shamolda yerga tukiladi. Tukilgan mevani terish qiyin. Shuning uchun tut mevasini yotish va urug’ini ajratib olish uchun kerakli bulgan asbob- uskunalarni mevasi pishguncha taxt qilib qo’yish juda muximdir.
Tut urug’i tayyorlanadigan joyda kattaligi 4-6 m keladigan 15-20 ta chodir, 10-15 ta chelak, 20-25 ta yog’och, mevani tashish uchun 20-30 ta yashik yoki savat, zarur midqorda transport vositalari tayyor bo’lishi kerak. Mevani tortish uchun tarozi, mevani yoyish uchun kerakli midqorda siyrak tukilgan mato, mevani ezib urug’ini quritish uchun bitta VST-1,5 markali mashina yoki uzum ezgich (drobilka); ezilgan tut mevasini solish uchun 2-3 ta katta, 10-15 ta kichik bochka, kuzi 2-3 mm li 10-15 ta, kuzi 1,0- 1,5 mm li 5-6 ta sim tur xamda 5-6 ta katta chumich; tut urug’ini solish uchun qalin matodan tikilgan qop bo’lishi kerak.





  1. Download 76.93 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling