Amaliy mashg‘ulotlar
-mavzu: Simmetriya tushunchasi bilan tanishish metodikasi ( simmetriya, markaziy simmetriya). Burchakning gradus olchovi
Download 477.5 Kb.
|
boshl.sinf. metodika oddiy
10-mavzu: Simmetriya tushunchasi bilan tanishish metodikasi ( simmetriya, markaziy simmetriya). Burchakning gradus olchovi.
Reja: 1. Simmetriya tushunchasi bilan tanishtirish. 2. Burchak chiziah va burchak gradusi o`lchovini o`rgatish. Simmetriya (yun. symmetria — oʻlchovdosh) (matematikada) — 1) tor maʼnoda — S. fazoning a tekislikka (tekislikdagi a toʻgʻri chiziqqa) nisbatan unga tegishli har bir M nuqtaga shunday M‘ nuqtani mos qoʻyuvchi almashtirishki, MM‘ kesma a tekislikka (a toʻgʻri chiziqqa) tik boʻlib, tekislik (toʻgʻri Chizik} bilan kesishish nuqtasida teng ikkiga boʻlinadi. a tekislik (toʻgʻri chiziq) S. tekisligi (oʻqi) deyiladi; 2) keng maʼnoda — S. geometrik F shaklning shunday xossasiki, harakatlanish va qaytishlar natijasida F ning shakl koʻrinishi oʻzgarmay qoladi. Aniqrogʻi, F shaklni oʻz-oʻziga aylantiruvchi ortogonal almashtirish mavjud boʻlsa, bu F shakl S.ga ega (simmetrik) deb yuritiladi (1rasm). S.ning markaziy oʻqqa nisbatan va koʻchirma S.si mavjud. O nuqtaga nisbatan markaziy S. (inversiya) natijasida F shakl birbiriga perpendikulyar uchta tekislikdan ketma-ket qaytish natijasida oʻz-oʻziga aylanadi, boshqacha aytganda O nuqta F ning simmetrik nuqtalarini tutashtiruvchi kesmalar oʻrtasidir. Oʻqqa (toʻgʻri chiziqqa) nisbatan ltartibli S.da shaklni shu oʻq (toʻkri chiziq) atrofida 360°/" ga teng burchakka aylantirish natijasida oʻz-oʻzi bilan ustmaust keltiriladi. Koʻchirma S.sida shaklni oʻz-oʻziga ustma-ust keltirish uchun u biror toʻgʻri chiziq (koʻchirish oʻqi) boʻylab belgili kesmaga qadar siljitiladi (2rasm). 3) Umumiy maʼnoda S. matematik (yoki fizik) obʼyekt sgrukturasining uning almashtirishlarga nisbatan invariantligini bildiradi. Mas, nisbiylik nazariyasi qonunlari S.si ularning Lorens almashtirishlariga nisbatan invariantligi bilan belgilanadi. Togri va notogri burchaklar Togri burchak modelini hosil qilish uchun har bir oquvchi ixtiyoriy shakldagi qogoz varagini togri chiziq boyicha buklashi, songra oldin hosil qilingan bukish chizigining qismlari ustma-ust tushadigan qilib yana bir marta buklashi kerak. Buklangan qogoz ochiladi, tekislanadi, bu buklash chiziqlar boyicha tortga bolinadi. Hosil bolgan qismlarning har biri togri burchakning model boladi. Bu modellarni ustma ust qoyib, oquvchilar hamma togri burchaklar ustma ust tushishiga, ular ozaro teng ekaniga ishonch hosil qiladilar. Har qaysi oquvchidan bittadan burchak olib, ular qogoz varaqlarining shakli har xil bolishiga qaramay teng ekanini korsatish kerak. Oquvchilar togri burchak modeli yordamida atrofdagi predmetlardan togri va notogri burchaklarni kitoblardan, daftarlardan, stoldan va boshqa predmetlardan, kopburchaklarning qogoz modellaridan topadilar. Burchaklarning togri burchaklar /modeli yordamida atrofdagi predmetlardan togri va notogri/ bilan taqqoslash ustiga qoyish yoli bilan amalga oshiriladi. Bunda togri chiziq modelini berilgan burchak ustiga ularning uchlari va tomonlari ustma ust tushadigan qilib qoyish. Agar bunda qolgan ikkita tomonlari ham ustma ust tushsa, berilgan burchak togri boladi. Burchaklarni taqqoslash konikmalarini hosil qilish uchun mustaqil ravishda etarlicha sonda mashqlar bajarishlari, kitoblardan, stoldan, doskadan va boshqa narsalardan togri burchakni topishlari kerak. To‘g‘ri burchakning modeli ko‘pburchaklar haqidagi va ularning xossalari haqidagi tasavvurlarni rivojlantirish vositasidir. Download 477.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling