Amaliy mashg‘ulotlar
-mavzu: Boshlang‘ich sinflarda geometriya elementlarini o‘rgatish metodikasining umumiy masalalari. Perimetr va yuza tushunchalarini orgatish metodikasi
Download 477.5 Kb.
|
boshl.sinf. metodika oddiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Geometrik figuralarni belgilashda xarflardan foydalanish. 5. Aylana va doira.
7-mavzu: Boshlang‘ich sinflarda geometriya elementlarini o‘rgatish metodikasining umumiy masalalari. Perimetr va yuza tushunchalarini orgatish metodikasi.
Reja: 1. Nuqta, togri chiziq, egri chiziq, togri chiziq kesmasi, siniq chiziq. 2. Kopburchaklar va ularning elementlari. 3. Togri va notogri burchaklar. 4. Geometrik figuralarni belgilashda xarflardan foydalanish. 5. Aylana va doira. Tayanch tushunshalar: Nuqta, togri chiziq, egri chiziq, togri chiziq kesmasi, siniq chiziq. Birinchi sinfdan boshlab oquvchilarda nuqta, togri chiziq va egri chiziq, togri chiziq kesmasi, siniq chiziq haqida tasavvurlarni tarkib toptiriladi. Malumki, nuqta, togri chiziq tushunchalari maktab geometriya kursining tariflanmaydigan asosiy shunchalardan biridir. Nuqta, togri chiziq deb nimani aytiladi degan savollar berilmaydi, lekin ular yuzasidan tasavvur beriladi. Masalan: qalam uchining qogozdagi izi, borning doskadagi izi nuqt a haqida tasavvur beradi. I sinf oquvchilarida togri chiziq haqida tasavvurlarni tarkib toptirish ularning har xil amaliy ishlarni bajarishlarida sodir boladi. Masalan: bor surtilgan ipni, kanotni tarang tortib turib qoyib yuborilsa, doskada togri chiziq bir qismining obrazi hosil boladi. Uni har ikkala tomonga davom ettirish mumkin. CHizgich yordamida ham boshqa usullar bilan ham togri chiziq yasash mumkin. Masalan: qogoz varagini buklash yoli bilan togri chiziq hosil qilish mumkin, buklash chizigi togri chiziq boladi. Qogoz varagini har xil yonalishda bukilganda ham natija bir xil bolib, togri chiziq tasviri hosil boladi. Doskada togri chiziq vaziyatini ozgartirish, yani uni gorizontal, vertikal va qiya holatda chizish ham muhimdir. Togri chiziq bilan bir vaqtda 43 bolalarni egri chiziq bilan ham tanishtiriladi. Agar tarang tortilgan ip doskada togri chiziq izini qoldirgan bolsa, shu ipni boshatib salqi holga keltirilsa, u qoldirgan iz egri chiziq haqida tasavvur beradi. Oquvchilar atrof muhitdan egri chiziq va togri chiziqlarni izlash boyicha mashq qiladilar. Masalan: sinf doskasining chekkalari, eshik, deraza, parta qirgoqlari togri chiziq haqida tasavvurni bersa, sinf xonasidagi tuvak qirgoqlari, gul yaproqlari, barglar, deraza, parda gullari egri chiziq tasavvurini beradi. Mashqlar bajarish prosessida oquvchilar togri va egri chiziqlarning bazi xossalari bilan tanishadilar. Masalan: nuqtadan chiziqlar otkazish boyicha mashq qilish, bir nuqta orqali istalgancha togri va egri chiziq otkazishlari mumkin, ikki nuqta orqali bitta togri chiziq, istalgancha egri chiziq otkazish mumkin degan xulosaga kelinadi. Kesma bilan ham oquvchilar amaliy tanishadilar. Agar togri chiziqqa ikkita nuqta qoyilsa, togri chiziqning chegarasi shu nuqtalardan iborat qismi togri chiziqning kesmasi yoki kesma deyiladi. Kesmaning chegaralarini chiziqchalar bilan belgilash mumkin. Atrof-muhitdan togri chiziq kesmasini korsatishga doir mashqlar kesma haqidagi tasavvurni mustahkamlaydi. Oquvchilarni siniq chiziq bilan tanishtirishda bir bolak sim olinadi, uni bolalarning koz oldida sindirib bir necha qismlarga ajratiladi. Men simni, chiziqni, kesmani bir necha qismga sindirdim, yangi figura hosil boldi, buni siniq yoki sindirilgan chiziq deb aytiladi. Siniq chiziq kesmalardani iborat boladi, uni siniq chiziqning boginlari deyiladi. Siniq chiziqlar ochiq va yopiq bolishi mumkin. Yopiq siniq chiziqlar uchburchak, tortburchaklarning chegaralaridir. Masalan: uchta bogindan iborat yopiq siniq chiziq uchburchakning chegarasidir degan tushunchalar bolalarga orgatiladi. Shundan keyin oquvchilarga siniq chiziq uzunligini topish uchun uning har bir bogini uzunligini topish va topilgan sonlarni qoyish kerakligi orgatiladi. Siniq chiziq uzunligini topishga oid mashqlar oquvchilarni kopburchak perimetri tushunchasini idrok qilishga olib keladi. 2. Kopburchaklar bilan bolalar ham maktabgacha bolgan yoshlaridayoq organishgan. Bolalarda bu figuralar haqida tushunchalar asta-sekin boshlangich talim jarayonida va yuqori sinflarda shakllanib beradi. Dastlabki paytda birinchi onlik organilayotganda geometrik figuralardan didaktik material sifatida foydalaniladi. Bolalar unga tayanchi holda sanashni, masalalarni echishni, hisoblashni taqqoslashni va boshqalarni organadilar. Ayrim figuralar haqida tasavvurlar almashtiriladi, ularning nomlari, doira kvadrat, uchburchak eslab kilinadi. Oqituvchning keyingi vazifasi oquvchilarning geometrik figuralar haqidagi bilimlarini kengaytirish, ularni figura elementlarini ajrata olishga orgatish, figuralarni chizishga orgatish, figuralarning bazi xossalari bilan tanishtirishdan iborat. Oqituvchi qogozdan qiyilgan har xil korinishdagi, har xil rangdagi va har xil kattalikdagi uchburchaklardan foydalanish bolalarni uchburchak bilan tanishtiradi. Tanishtirishni quyidagicha olib borish mumkin. Uchburchaklarni korsatib bular uchburchaklardir. Ularning uchtadan uchi, tomoni va burchagi bor. Uchburchakni uchi nuqtadan, tomoni esa kesmadan iborat. Uchburchakning burchagini korsatish uchun uning bir burchagini uzib olish kerak. Shundan keyin bolalarni tortburchaklar, beshburchaklar, oltiburchaklar bilan tanishtirishda shu plan asosida ish bajariladi. Figuralarni belgilarini ajratishga doir ikki va undan ortiq figuralarni taqqoslashga doir berilgan belgilari boyicha figuralarni bilishga doir bir qator mashqlarni bajarishda figuralar modellaridan foydalanish mumkin. Masalan: 1. Tortta tomoni va tortta burchagi bolgan figurani, beshta tomoni va beshta burchagi bolgan figurani korsating. 2. O‘qituvchi uchburchak, to‘rtburchakni tomonini, uchini, burchagini ko‘rsatib ―Men nimani ko‘rsatyapman?‖ deb savol beradi. 3. Sariq, qizil figuralarning nechta uchi, nechtadan burchagi, tomoni borligini sanang. Katta figuralarni nima deb atash mumkin? Kichik figuralarni nima deb atash mumkin? 4. Figuralar toplamidan uchburchaklarni ajratib, bunda nima kop, hamma uchburchaklarmi yoki qizil uchburchaklarmi? Togri tortburchak. Kavdrat. Har xil kattalikdagi va har xil rangdagi tomonlarining nisbati har xil bolgan togri tortburchak modellari, daftar varaqlari, rangli qogozlaridan togri tortburchak shaklidagi boshqa qogozlardan hosil qilishi mumkin, buning uchun togri tortburchak shaklidagiqogozni uning qirralaridan biriga parallel chiziq boyicha buklash kerak. Bunday qogoz varagining ozi ham togri tortburchakning modeli bolib xizmat qiladi. Varaqlarni buklash chiziqlari boyicha qirqib togri tortburchakning har xil modellarini hosil qilamiz. Shunday tortburchaklardan bir nechtasini ixtiyoriy vaziyatda doskaga maxkamlab qoyib bolalarni togri tortburchakning uncha muhim bolmagan xossasini, uning tekislikdagi vaziyatini farq qilishga orgatamiz. Togri tortburchakning asosiy xossalarini bolalar ongli tushunishlari uchun togri burchak modelidan va tori tortburchak tekisligini buklash usulidan foydalanish mumkin. Togri tortburchak modeli yordamida bolalar togri tortburchakning hamma burchagi togri ekanligi togri tortburchakning qarama-qarshi tomonlarini buklash bilan ustma ust tushurish yordamida esa ularning tengligi aniqlanadi. Kvadrat modelini togri tortburchak tekisligini 1-, 2- chiziqlar boyicha buklash yoli bilan hosil qilish mumkin. Oqituvchi bolalarning etiborini togri tortburchakni 1-nomerli chiziq boyicha buklaganda uning qoshni tomonlarini ustma-ust tushirishimizni, 2-nomerli chiziq boyicha buklab songra shu chiziq boyicha shtrixlangan togri tortburchakni kelib qoshni tomonlarning tengligi erishadi. Bajarilgan ish natijasida tomonlari teng bolgan togri tortburchakka ega bolamiz. Oqituvchi bunday tortburchak kvadrat deb atalishini aytadi. Togri tortburchak va kvadratning modeli yordamida ularni biridan farq qilishga doir mashqlar bajariladi. Geometrik figuralarni bajarishda xarflardan foydalanish. Geometrik figuralar xossasini umumlashtirish matematik til haqida tasavvurlarni hosil qilish, geometrik mazmunli amaliy masalalarni echish zarurati geometrik figuralarni belgilashda lotin xarflaridan foydalanishni talab qiladi. Har bir geometrik figuraga ism berish mumkin. Nuqtalarni bir-biridan farq qilish uchun ularni har biriga ism beramiz. Masalan: A ni A nuqta. V nuqta V deb oqishni aytadi. Demak nuqtalarni lotin alfavitining bosh xarfi bilan belgilagan bolsak, kesmani ikkita xarf bilan belgilaymiz, chunki uning ikkita uchi bolib, ular nuqtalardan iboratdir. AV va uni AV hamda VA deb oqiladi. Kopburchaklarni ham xarflar bilan belgilash kerak ekanligi aytilib uni belgilash uchun xarflar uchlarini biror aniq tartibda aylanib chiqilishiga qarab ketma-ket yozilishi aytiladi. Aylanib chiqishni istalgan uchdan boshlash mumkin. Masalan: A V AVSDE, VSDEA, EAVSD, DEAVS, .... lar bir xil kopburchaklar A dan V ga otishda u biror tomonni, yani kopburchak tomonini tashkil etishi kerak. Burchaklarni uch yonida turgan bitta xarf bilan belgilash mumkin. Burchak sozi < belgi bilan almashtiriladi. Masalan: < A burchak A yoki A burchak deb oqiladi, burchakning uning oziga qoyiladigan raqam bilan belgilash mumkin. Uchta xarf har doim burchak uchida turishi kerakligi aytiladi. VAS, < AVS, Geometrik mazmunli masalalar quyidagi turlarga bo`linadi: 1. Geometrik figuralarni yasashga doir masalalar. 2. Geometrik figurani almashtirishga doir masalalar. 3. Figuralarni topish va ajratishga doir masalalar. 4. Figuralarni klassifikasiyalashga doir masalalar. 5. Hisoblash xarakteridagi masalalar. Download 477.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling