Amaliy mashg‘ulotlar


-mavzu: Bir jism harakatiga doir masalalar yechishga o`rgatish uslubiyoti


Download 477.5 Kb.
bet15/17
Sana02.05.2023
Hajmi477.5 Kb.
#1420943
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
boshl.sinf. metodika oddiy

15-mavzu: Bir jism harakatiga doir masalalar yechishga o`rgatish uslubiyoti.
Reja:
1. Bir jism harakatiga doir masalalar bilan tanishtirish.
2. Bir jism harakatiga doir masalalar yechish uslubiyotini o`rgatish.

I. Ma‘lum masofa va harakat vaqti bo‘yicha tezlikni topishga doir masalalar.


Bu xildagi masalalar ustida ishlashning mohiyati ushbu masalani yechish misolida olib boriladi.
Masala: Nargizaning uyidan maktabgacha 1 km 200 m. U bu masofani 20 minutda o‘tsa, Nargiza 1 minutda qancha yo‘l yuradi?
O‘qituvchi yordamida o‘quvchilar masalani tahlil qilish bilan bir vaqtda qisqa yozuvini yozishni o‘rganadilar.
- Masalada nima ma‘lum?
- Nargiza 20 minutda masofani o‘tganligi
- 20 minut nargizaning yurgan vaqti
- Masalada yana nima ma‘lum?
- Nargiza 20 minutda 1 km 200 m masofani yurgani
- 1 km 200 m – Nargizani yurgan yo‘li
- Masalada nimani bilish talab qilinadi?
- Nargiza 1 minutda necha m yo‘l yurgani
Masalani qisqa yozuvini jadval ko‘rinishida yozish mumkin.
Tezlik Vaqt Masofa
? 2 minut 1 km 200 m
Masalani qisqa yozuvini bajarib bo‘lingandan so‘ng uni yechish uchun quyidagicha muloxaza yuritiladi: Agar Nargiza 20 minutda 1 km 200 m yoki 1200 m yurgani ma‘lum bo‘lsa, u holda u bir soatda undan 20 marta kam yuzadi, shu sababli bir soatda necha m yurganini bilish uchun bo‘lish amalini bajarish kerak.
1200 : 20 = 60 m/min javob: Nargiza 1 minutda 60 metr yo‘l bosadi yoki Nargizaning yurish tezligi 60 m/min. Shunday qilib bu masalada qanday miqdorlar berilgan edi (tezlik, vaqt, masofa). Qanday miqdor izlanayotgan edi?(tezlik). Harakat vaqti va masofaga ko‘ra tezlikni qanday topdik? Masofani vaqtga bo‘ldik. Natijada bunday xulosa chiqariladi: agar masofa va harakat vaqti ma‘lum bo‘lsa, tezlikni topish mumkin.
Tezlik masofani vaqtga bo‘linganida teng.
Umuman: S-masofa, t-vaqt, v-tezlik bo‘lsa tezlik v=s:t formulaga ko‘ra hisoblanadi.
2. Ma‘lum tezlik va vaqt bo‘yicha masofani aniqlash.
Masalan: Tiko avtomobili 1 soatda 70 km yo‘l yuradi. U shunday tezlik bilan 2 soatga necha km yo‘l yuradi?
Soatiga 70 km → ?
Tezlik Vaqt
Masofa
70 km/s 2 soat ?
Masalani qisqa yozuvini yozib bo‘lingandan so‘ng yechish uchun quyidagicha mulohaza yuritiladi. Agar avtomobil bir soatda 70 km yurgan bo‘lsa u holda 2 soatda ko‘proq masofa o‘tadi yani 2 soatda o‘tilgan yo‘l 1 soatda o‘tilgan yo‘ldan 2 marta uzun bo‘lgani uchun avtomabil 2 soatda 70·2=140 km yo‘l bosadi.
Demak berilgan tezlik va berilgan vaqtga ko‘ra bosib o‘tilgan yo‘lni topish uchun tezlik va vaqtni o‘zaro ko‘paytirish kerak. Umuman soatiga v km yo‘l bosayotgan jismning t soatda bosgan yo‘lini s bilan belgilasak, bu yo‘l s=v·t formulaga ko‘ra hisoblanadi.
3. Ma‘lum tezlik va masofaga ko‘ra harakat vaqtini topishga doir masala.
Nodira 1 soatda 3 km yo‘l yuradi. U shunday tezlik bilan yursa, 6 km masofani qancha vaqtdao‘tadi? Masalani yechish uchun 6 ming ichida 3 dan nechta bor? Degan savolga javob berish kerak.
Bu savolning javobi 6 : 3 = 2. Demak masalaning javobi 6 km:3 km/c = 2 soat bo‘ladi. Berilgan masofani berilgan tezlik bilan o‘tilgan qancha vaqt sarflanganini bilish uchun shu masofani tezlikka bo‘lish kerak.
S-masofa, v-tezlik, berilsa, t vaqt ushbu t = s : v formulaga ko‘ra hisoblanadi.
Tezlik, vaqt, masofani topishga doir masalalar o‘zaro teskari masalalardir.
Buni quyidagi masalani yechish orqali tushuntirish mumkin:
―Neksiya‖ avtomobili har bir soatda bir xil masofani bosib o‘tib, 3 soatda 270 km yo‘l yurgan bo‘lsa, mashinaning tezligini toping.
Tezlik Vaqt Masofa Yechilishi Javobi
? 3 soat 270 km t=s:t 270:3=90 km/s 90 km/s
90 km ? 270 km t=s:v 270:90=3 soat 3 soat
90 km 3 soat ? S=v·t 90·3=270 km 270 km
Shundan keyin masalalarning yechimlari taqqoslanadi va ularning o‘xshash va farqli tomonlari aniqlanadi.
Masala: Poezd soatiga 70 km tezlik bilan ketmoqda. Birinchi to‘xtash joyigach 3 soat, Birinchi to‘xtash joyidan ikkinchi to‘xtash joyigacha yana 2 soat yurishi kerak. Poezd yo‘l boshidan ikkinchi to‘xtash joyigacha qancha masofa o‘tgan?
Yechish: 1) 70·3=210 km 1) 3+2=5 (soat)
I usul 2) 70·2=140 km II usul 2) 70·5=350 km
3) 210+140=350 km J: 350 km



Download 477.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling