Amaliy mashg‘ulotlar
-mavzu: Harakatga doir masalalar ustida ishlash uslubiyoti
Download 477.5 Kb.
|
boshl.sinf. metodika oddiy
14-mavzu: Harakatga doir masalalar ustida ishlash uslubiyoti.
Reja: I. Harakatga doir masala ustida ishlash uslubiyoti. 1. Bir jism harakatiga doir masalalar 2. Uchrashma harakatga doir masalalar 2. Ikki jismning qarama-qarshi harakatiga doir masalalar Matematika oqitish uslubiyotida harakatga doir masalalar jumlasiga harakatni xarakterlovchi uchta miqdor-tezlik, vaqt va masofa orasidagi boglanishlarni topishga doir masalalar kiritiladi, bu masalalarda aytilgan miqdorlar yonaltirilgan miqdorlar sifatida qatnashadi. Demak harakatni xarakterlovchi miqdorlar yani tezlik vaqt va masofa kirgan masalalar harakatga doir masalalardir. Quyidagi masalalar harakatga doir masalalar jumlasiga kiradi. 1. Bir jism harakatiga doir soda va murakkab masalalar. Bu masalalarda miqdorlardan biri tezlik, vaqt va masofa qolgan ikkitasiga bogliq holda qatnashadi. 2. Uchrashma harakatga doir masalalar. 3. Ikki jismning qarama qarshi yonalishdagi harakatlariga doir masalalar. 4. Ikki jismning bir yonalishdagi harakatiga doir masalalar. Malumki, oquvchi murakkab masalaning yechimini organish uchun oldin sodda masalalarning yechimini bilib olishi zarur. Shu sababli harakatga doir masalalar ustida ishlashni sodda masalalarni yechishdan boshlash kerak. Ammo harakatga doir sodda masalalar ustida ishlashga kirishishdan oldin masofani, vaqt oraligini aniqlashga oid masalalarni yechish kerak. Bu masalalarni yechishni I-III sinf dastur materiallarini otish bilan boglab borish kerak. Masalan bolalarni uzunlik olchov birliklari (sm, dm, m) bilan tanishtirishda ularni masofani aniqlashga oid masalalarni yechish boyicha mashq qildirish kerak. Masalan: 1) Oqituvchi doskaga avtomobilning karton modelini ornatadi, bunda u jonash joyini oldindan belgilab qoyadi. Songra oqituvchi modelni sura boshlaydi va malum vaqt oraligi otgandan keyin toxtatadi. Avtomobil qancha masofa otdi? (bir metr, bir metrdan ortiq yo kam) 2) Oquvchilar oqituvchi boshchiligida stoldan devorgacha, qarshi tomondagi devorgacha bolgan masofani olchashadi. 3 m, 4 m sonlari hosil boladi. Devordan stolgacha 4 m va stoldan ikkinchi devorgacha bolgan masofa 3 m. Bir devordan ikkinchi devorgacha bolgan masofani toping. Yechilishi 4+3=7 (m). Soat minut temasini orgatish davrida bolalarga bunday masalalarni berish mumkin: 1) Oquvchi soat 8 da uyidan chiqib, soat 8-u 20 minutda maktabga etib keldi. Oquvchi yolda necha minut bolgan? 2) Ertalab qishloqdan shaharga qarab bir vaqtda avtobus va motosikl yolga chiqdi. Avtobus shaharga kunduzi soad 12 da, motosikl esa kunduzi soat 2 da etib keldi. Bularning qaysilari yolda kop vaqt bolgan va qancha kop bolgan? Oquvchilar bunday masalalarni yechganidan keyin ularning harakat haqidagi tasavvurlarini umumlashtirish va tegishli chizmalarni bajarishga orgatish kerak. Shu maqsadda bitta qismning harakatini va ikkinchi jismning bir-biriga nisbatan harakatini kuzatish kerak. Masalan bitta jism tez va sekin harakat qilishi, toxtashi mumkin. Ikkita jism bir-biriga qarab harakat qilishi va natijada bir-biriga yaqinlashishi, qarama-qarshi yonalishda harakat qilishi mumkin, bunda ular bir-biridan uzoqlashadi bir xil yonalishda harakat qilishi mumkin. Bularning hammasini sinf sharoitida kuzatib tegishli chizmalar qanday chizilishini korsatish kerak. Yolni kesma bilan, jonash joyini yetib borish joyini kesmadagi nuqta va tegishli harf bilan yoki chiziqcha bilan belgilash qabul qilingan. Uchrashish joyi bayroqcha bilan, harakat yo‘nalishi strelka bilan ko‘rsatiladi. Masalan uchrashma harakatini quyidagicha tasvirlash mumkin. A → ← B → ← 5 km 7 km O‘quvchilar chizmalarni taxlil qilib bunday xulosalarga keladilar. 1) Ikkita jism bir-biriga qarab harakat qildi. (strelkalar shuni korsatadi) 2) Birinchi jism uchrashguncha 5 km ikkinchi jism esa 7 km otdi bayroqcha uchrashish joyini korsatadi. 3) Masalada jism otishi kerak bolgan AB yolni topish talab qilinadi. Bunday tayyorgarlik mashqlaridan keyin harakatga doir sodda masalalarni yechishga kirishish mumkin. Bunday masalalarni yechishda biz oquvchilarning diqqatini dastavval harakatga doir masalalarga tegishli bolgan uchta miqdor masofa, tezlik va vaqt orasidagi mavjud boglanishga qaratmogimiz va shu boglanishdan kelib chiqib bolalarni masalaning savoli togri hal boladigan amallarni togri tanlashga orgatishimiz kerak. Ammo bu uch miqdor asosidagi mavjud boglanishni oquvchilar tushunib yetmoqlari uchun ular harakatga doir masalalarda uchraydigan bazi terminlarning (sozlarning) manosini yaqqol tushunishlari kerak. Oquvchilar har bir terminning mohiyatini tushunib yetmoqlari, berilgan termin bilan belgilanuvchi hayotiy va matematik voqeani tushunib yetmoqlari kerak. Misol uchun ―uchrashdi so‘zini olaylik ushbu so‘zning mazmuni bunday: uchrashishda kamida ikkita jism qatnashadi, ikkita jismning uchrashishi har doim bir vaqtda sodir bo‘ladi, uchrashish paytida jismlar orasidagi masofa nolga teng. Harakatga doir sodda masalalarni yechishni yangi miqdor-tezlikni kiritishdan va ushbu: ―velosopedni soatiga 14 km tezlik bilan yurdi‖ piyoda soatiga 4 km yurdi‖ degan jumlalarni qanday tushunish kerakligini aniqlashtirishdan boshlash kerak. Shundan keyin tezlik, vaqt, masofa asosidagi boglanishlarni ochish boyicha ishlash boshlanadi. Download 477.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling