Amaliy mashg‘ulotlar


-mavzu: Yuza va hajm tushunchalarini o‘rgatish metodikasi


Download 477.5 Kb.
bet8/17
Sana02.05.2023
Hajmi477.5 Kb.
#1420943
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
boshl.sinf. metodika oddiy

8-mavzu: Yuza va hajm tushunchalarini o‘rgatish metodikasi.


Reja:
1.«Figuralarning yuzalari» mavzusini reja asosida o`rganish.
2. To`g`ri to`rtburchak yuzasini hisoblash qoidasi.
3. Ko`pburchak yuzasi.

«Ko`pburchak yuzasi» mavzusi 3-sinfda o`rganiladi. Ammo tegishli tayyorgarlik ishlari 1-sinfdan boshlanadi. 1 va 2-sinf o`quvchilariga sanash, figuralarni berilgan shakliga ko`ra kataklar bo`yicha yasash, figuralarni taqqoslashga oid mashqlar beriladi. «Figuralarning yuzalari» mavzusini darslikda ko`rsatilgan reja asosida o`rganish kerak. Taqqoslash, qaysi figura tekislikda ko`proq o`rin olishini aniqlash asosida figuraning yuzasi qaqidagi umumiy tasavvurlarni shakllantirish. Birlik kvadrat haqidagi tasavvurni shakllantirish, bu kvadrat yordamida figuralarning qaysinisining yuzasi bitta ekanligini qar doim aniqlash mumkin. Kvadrat santimetrlari bilan tanishish. Har xil figuralarning yuzalarini kvadrat santimetrlarida topish.


Poletika
To`g`ri to`rtburchakning yuzasini kvadrat santimetrlarida hisoblash.
To`g`ri to`rtburchakning yuzasini kvadrat detsimetrlarida hisoblash.
To`g`ri to`rtburchakning yuzasini kvadrat metrlarida hisoblash.
Figuraning yuzasi haqidagi umumiy tasavvurlarini shakllantirishdan oldin kesmalarni taqqoslash, kesmalar va kesmalarning uzunliklariga nisbatan «katta», «kichik», «teng» munosabatlari qaqida o`quvchilarda to`plangan ma'lumotlarni umumlashtirish muqimdir. Bu ish o`quvchilarda ko`p burchaklarni taqqoslash qaqida, kesmalarni taqqoslash ishlari bir-biridan farq qilishi qaqida aniq tasavvurlar hosil qilishga imkon beradi. Figuralarning yuza tushunchasini shakllantirishda amaliy mashqlarga aloqida ahamiyat berish kerak, bu mashqlarning bajarilishi mavzuni o`rganishga bevosita tayyorgarlik bo`ladi. Chunonchi, o`quvchilarga bunday amaliy topshiriqni berish mumkin: «katakli qog`ozga har xil figuralarni chizing va bir-biri-bilan taqqoslang». Bunday misollarni qarash yuzalarni o`lchash zarur, degan fikrga olib keladi. Bunda kesmalarni o`lchashdagi analogiya o`rinlidir. Masalan, stolning uzunligi bilan shkafning balandligini ustiga qo`yish bilan taqqoslab bo`lmaydi. Shu sababli oldin o`lchamlarni bajarish va shundan keyingina o`lchash natijasida sonlarni taqqoslash kerak. O`quvchilar o`zlari mustaqil figuralarning yuzalarini taqqoslashning yana bir usulini topishlari uchun ularga amaliy mazmundagi bunday masalani taklif qilish mumkin: «bir o`quvchi 6 tadan katagi bo`lgan 4 ta qatorni, 2-o`quvchi esa 9 tadan katagi bo`lgan 3 ta qatorni halam bilan chiqib o`radi. Qaysi o`quvchi ko`proq katakni va qancha katakni o`ragan.» Bunday masalalarni arifmetik usulda yechish bilan o`quvchilar ikkinchi sinfda tanishgan, shuning uchun ular yechimni qech bir qiynalmay topadilar - 9x3-6x4q3. Shundan keyin, masalani grafik usul bilan yechish taklif qilinadi. O`quvchilar oldin to`rtta to`g`ri burchakli poloskalardan tashkil topgan to`g`ri to`rtburchaklardan chizishadi. Bu poloskalarning qar birida 6 tadan katak bor, so`ngra 3 ta to`g`ri burchakli poloskadan tashkil topgan to`g`ri to`rtburchakni chizishadi Keyingi poloskaning qar birida 9 tadan katak bor. O`quvchilar figuralarning qar biridagi kataklarni sanab, qaysinisida kataklar ko`p ekanini bilishlari kerak. O`quvchilar bu masalani grafik usul bilan yechganlarida amalda yuzalarni taqqoslashning yangi usulini egallab oladilar.
O`quvchilarni to`g`ri to`rtburchakning yuzasini hisoblash qoidasi bilan tanishtirish ishini bunday amaliy ishdan boshlash mumkin. O`quvchilarga qar biriga kvadratlarga bo`lingan to`g`ri to`rtburchak chizilgan qoqoz varagi tarqatiladi. O`quvchilar to`g`ri to`rtburchakdagi kataklar sonini qar xil usullar bilan hisoblashadi.
1-usul. Bir poloskadagi kataklar soni hisoblanadi va hisoblash natijasida topilgan sonnni boshqa songa – poloskalar soniga ko`paytiriladi. Bunday yoziladi: 6x4q24
2-usul. Bir ustundagi kataklar soni va ustunlar soni hisoblanadi. hisoblash natijasida topilgan sonlar o`zaro ko`paytiriladi. Bunday yoziladi: 4x6q24. Shundan keyin o`quvchilarga to`g`ri to`rtburchakning bo`yi va enini o`lchash taklif kilinadi.
Siz qanday sonlarning ko`paytmasini topdingizq (4 va 6) O`ylab ko`ring-chi 6 soni nimani ifodalaydiq (to`g`ri to`rtburchakning buyini ) yana nimani (to`g`ri to`rtburchakdagi ustunlar sonini) to`g`ri to`rtburchakdagi ustunlar soni to`g`ri to`rtburchakning buyini santimetrlarda ifodolovchi songa teng. 4 soni nimani ifodalaydiq (to`g`ri to`rtburchak enini) yana nimaniq (1-ustundagi kvadrat santimetrlar sonini). To`g`ri bir ustundagi kvadrat santimetrlar soni to`g`ri to`rtburchakning enini santimetrlarda ifodolovchi songa teng.Shundan keyin o`qituvchi chiziqlar bilan kvadrat santimetrlariga bo`lingan to`g`ri to`rtburchakni
ko`rsatadi va to`g`ri to`rtburchakning bir qismini qoqoz varaqi bilan berkitib qo`yadi. Bu holda kataklar sonini to`g`ridan-to`g`ri sanab bo`lmaydi. Bu holda to`g`ri to`rtburchakning yuzini qanday hisoblash mumkinq Ko`pchilik o`quvchilar
buning uchun bir qatordagi kvadratlar sonini yoki satrlar soniga ko`paytirish kerakligini darhol tushunadilar: bunday yozuvlar paydo bo`ladi: 7x3q21 (kv.sm) 3x7q21 (kv.sm)
Nazorat topshiriqlari:
1.«Figuralarning yuzalari» mavzusini o`rganishda qanday rejaga asoslaniladi?
2.Figuraning yuzasi tushunchasini shakllantirishda nimalarga aqamiyat berish kerak?
3.Kesmalarni o`lchashda qanday usul o`rinli?
4.To`g`ri to`rtburchak yuzasini hisoblash qoidasi bilan tanishtirishi qanday amalga oshiriladi?
5.O`quvchilar kuzatishlar va taqqoslashlar natijasida nimani aniqlashadi?
6.Mazkur mavzuni o`rganishda o`qituvchining vazifasi nimalardan iborat?
Mustaqil ish topshiriqlari.
1. Aylanani teng uch bo`lakka bo`l va teng tomonli uchburchak yasa.
2. To`rtburchakni uchta kesma yordamida nechta ko`pburchakka bo`lish mumkin. O`quvchilarda geometrik figuralarni yasash, ularni almashtirish, qismlarga bo`lish va shu qismlardan yangi figuralar tuzish bilan ularning fazoviy tasavvurlari shakllanadi.



Download 477.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling