Amaliy mashg‘ulotlar
Reja: 1. To`plamlar haqida tushuncha
Download 477.5 Kb.
|
boshl.sinf. metodika oddiy
Reja:
1. To`plamlar haqida tushuncha. 2. Mantiq va to`plam elementlariga oid topshiriqlar. Bolani boshlangich sinfdaligidayoq qiziqqan yonalishini bilib olish va shu yonalish boyicha chuqurroq bilim berish yuqori natijalarga erishishga yordam beradi. Jumladan, matematika, ona tili, oqish, yozuv fanlari boshlangich sinflardagi muhim fanlardandir. Bulardan matematika fani oquvchilar uchun bir muncha murakkab bolishi mumkin.Oqituvchi pedagog esa qanday qilib bolani bu fanga qiziqtirish, fanga muhabbat uygotish yollarini topishi kerak. Matematika fanidagi har bir mavzu juda muhim va bir-biriga aloqador.Oquvchi oldingi darsni ozlashtirmasdan keyingi darsni tushunishi qiyin boladi.Har bir mavzu bir-birini toldirib, boyitib boradi. Oqituvchi har bir mavzuni oquvchilarga oson va qiziqarli usuda yetkazib bera olishi ham pedagogning mahoratidan darakdir.Chunki matematika fani aniq faktlarga asoslanganligi uchun ham unda oldi-qochdi gaplardan foydalana olmaslik pedagogni ozini ustida ishlashiga turtki boladi. Sozimizning isboti tariqasida natural sonlar toplami mavzusini boshlangich sinflarda qanday qilib tushunarli tarzda organib, barcha toplamlar haqida tushuncha hosil qilish haqida soz yuritamiz. Yuqorida takidlaganimizdek, boshlangich sinf oquvchilari matematika faniga biroz qiylanishlari mumkin. Biz shu qiyinchiliklarni bartaraf qilib oson natijaga erishish, mavzu doirasida hayotiy misollar, turli xil oyinlar, savol-javoblar orqali oquvchini matematika olamiga olib kirib unga muhabbat uygota olishimiz kerak. Birinchi navbatda Natural sonlar ozi nima? va u bizga nima uchun kerak? Undan asosan nimalarda foydalanamiz degan savollarga javob topishimiz kerak boladi. Keyin esa oquvchilar bilan mavzuni tushunishning sodda, hamma uchun tushunarli va qiziqarli tomonlarini qidiramiz.Natural sonlar deb, sanash ,ya ni sanoqda ishlatiladigon sonlarga aytiladi. Natural sonlar toplami N harfi bilan belgilanadi. Natural sonlar cheksiz bolib 1,2,3,4,5,6,7,8,9 .. tarzida davom etib ketaveradi.Boshlangich sinflarga sanashda qanday sonlardan foydalanamiz? 6 sonidan keyin qaysi sonni aytamiz deb savol javob qilish, 0 deb nimalarni sanaymiz savol-javob orqali esa 0 sonini natural son emasligini, u bilan sanash mumkin emasligini orgatib boramiz.Natural songa natural sonni qoshganimizda natija har doim natural son bolishi quyidagi misollar orqali oquvchilarga tushuntiriladi: 14+5=19; 13+8=21; 15+9=24 Bunda misol uchun 12 soni 1- qoshiluvchi, 5 soni 2-qoshiluvchi, 19 soni esa yigindi deyiladi. Natural sondan natural son ayrilganda esa natija natural son bolishi ham mumkin, natural son bolmasligi ham mumkin. Buni quyidagi misol orqali koramiz: 15-6=9; 12-23=- 11 Quyidagi soglom fikr mantiqdan holi emas: obektlarni sanash muammosi (birinchi, ikkinchi, uchinchi obekt va boshqalar) va obektlar sonini ( bir , ikki, uchta obekt va boshqalar) korsatish muammosining paydo bolishi, uni hal qilish vositasini yaratishga, bu vosita esa Butun sonlar edi. Bu taklif shundan dalolat beradi natural sonlarning asosiy maqsadi-korib chiqilayotgan buyumlar toplamidagi har qanday buyumning soni yoki ushbu buyumning seriya raqami togrisidagi malumotlarni olib yurish.Biror kishi natural sonlardan foydalanishi uchun ular qandaydir tarzda idrok qilish uchun ham, kopayish uchun ham foydalanish mumkin bolishi kerak. Agar biz har bir natural sonni aytsak, u quloq bilan seziladi, agar biz natural sonni tasvirlasak, u korinadi.Bu natural sonlarni yetkazish va idrok etishning eng tabiiy usuli hisoblanadi.Boshlangich sinf oquvchilariga tabiiy usullar orqali tushuntirishda ancha yuqori natijaga erishib, mavzu haqida tasavvur doiralari yanada ortadi.Bu kabi usul orqali esa o sonlarni tasvirlash, yozish va ularning manosini orgatish, oqish konikmalarini ham egallashni boshlab fanlararo aloqadorlik yuzaga keladi. Boshlangich sinf oquvchilariga natural sonlar haqida malumot, tushuncha berar ekanmiz, oquvchilarni mavzuni qay darajada tushunganligini, ozlashtirganliklarini bilib olish uchun savol-javoblar otkazish , natijalarni birlashtirib yutuq yoki kamchiliklarini bilib olish mumkin. Toplam nima ekanligi, uni nima uchun organishimiz kerakligini oquvchi oz bolsa bilib olsa bu bizning yutugimizdir.Toplam mavzusi tariflanmaydigon tushuncha bolgani uchun ham oquvchilarga tabiiy misollar orqali tushuntiramiz deb yuqorida aytib otgandik.Sinfdagi oquvchilar toplami, partalar toplami, alochi oquvchilar toplami, qiz bolalar va ogil bolalar toplami kabi qismlarga ajratib birlashtirganimiz singari sonlarni ham Natural sonlar toplami, haqiqiy sonlar toplami, ratsional sonlar toplami , butun sonlar toplami kabi turlarga ajratishimizni oquvchilarga tushintiramiz. Shularning ichidan eng birinchi organadigon mavzuyimiz esa Natural sonlar toplami bolib, uni organmay turib, boshqa toplamga oid mavzularni ozlashtira olmasligimizni misollar yordamida bilib olamiz.Bundan tashqari natural sonlar malum bir toplamdagi elementlar sonini hisoblash uchun ishlatiladi. Masalan: natural sonlar bu qutida nechta olma borligini aniqlash uchun ishlatiladigan raqamlar. Ular shuningdek, toplam elementlarini buyurtma qilish uchun ham ishlatiladi. Misol uchun kattaligi boyicha 1-sinf oquvchilari. Bundan tashqari boshlangich sinflarda natural sonlar toplamini eng oddiy usulda tushuntirish uchun sonlarning tarixiga nazar solish yaxshi natijalarni beradi. Sonlar paydo bolmasdan oldin malum bir miqdorni belgilaydigan belgilar va ismlar toplami, birinchi odamlar boshqa taqqoslash toplamidan foydalangan. Masalan; qollarning barmoqlari. 5 ta narsalarni ifodalash uchun barmoqlarni korsatishgan. Ushbu tizim bir guruhdan boshqasiga farq qilishi mumkin, ehtimol boshqalari barmoqlari orniga bir qancha tayoq, tosh, munchoq yoki arqondagi tugunlardan foydalanganlar. Sekin astalik bilan esa sonlar paydo bolib, Natural sonlarga bo;lgan ehtiyojlar oshib borgan. Shuning uchun ham bu sonlar toplamini boshlangich sinflarda organishga bolgan talab oshyapti. Chunki bola toplam haqidagi boshlangich tushunchalarni olmay turib sonlar, tenglamalar, tengsizliklar haqida bilimlarni egallay olmaydi. Chunki bu mavzular bir -biriga chambarchas tarzda boglangan. 2022-2023-yilgi yangi chiqarilgan boshlangich sinf matematika kitoblari ancha murakkablashgan. Tenglama, tengsizliklar mavzulari toplam bilan bevosita boglangan. Bu kabi misollarda birinchi toplam haqidagi bilimlarni takrorlab, song tenglama, tengsizliklar ishlanadi. Xulosa qilib aytadigan bolsak, boshlangich sinf oquvchilarida matematik tafakkurni, qiziqishni uygotish uchun ularga har bir mavzuni qunt bilan orgatib , boshlangich poydevorni yaxshi qurishimiz kerak, ayniqsa, matematika fanini. Chunki ayni boshlangich sinflarda olgan bilimlari oquvchilarda bir umr toshga oyilgan ganchdek qoladi. Download 477.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling