Amaliy matematika


ASOSIY QURILMANI TANLASH VA TAVSIFLASH


Download 91.46 Kb.
bet10/11
Sana11.10.2023
Hajmi91.46 Kb.
#1698910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi matem modell

ASOSIY QURILMANI TANLASH VA TAVSIFLASH
Plyonkali bug’latish apparati.Bug’latish jarayonini intensivligini oshirish uchun Plyonkali bug’latish apparatlaridan foydalaniladi. Tabiiy sirkulyatsiyali bug’latish apparatlarida eritma 0,25…1,5 m/s tezlik bilan harakat qilgani uchun va issiqlik almashinish yuzasida qattiq zarrachalar to’planishi natijasida uning unumdorligi kamayadi. Kristallanuvchi eritmalarni bug’latishda issiqlik alamshinish yuzasida hosil bo’lgan ifloslanishlar qatlamini kamaytirish uchun eritmalarnini sirkulyatsiya tezlihi oshiriladi va qaynash zonasi isitish kamerasi tashqarisiga chiqariladi. Bunday bug’latish apparatlarida bug’latilishi lozim bo’lgan eritma isitish trubalarining pastki qismidan yuqoriga qarab harakat qiladi. Isitish trubalarining balandligi 4 -7 metr bo’lib, trubalardagi gidrostatik bosim kata bo’lgani uchun, eritma qaynamaydi. Isitish trubalaridan chiqqan eritma separatorning pastki qismida joylashgan isitish kamerasining kengaygan qismiga o’tib, gidrostatik bosim kam bo’lganlgi uchun qaynay boshlaydi. Shunday qilib, bug’latish jarayoni isitish kamerasidan tashqarida sodir bo’ladi. Sirkulyatsiya qilinayotgan eritma tashqaridagi isitilayotgan trubaga tushib, yana isitish kamerasining trubalariga beriladi. Bug’latilgan eritma separatorning pastki qismidan ajratib olinadi. Ikkilamchi bug’ qaynash zonasida o’rnatilgan to’siqqa urilib, tomchi ushlagich orqali apparatning yuqori qismidan chiqib ketadi. Ikkilomchi bug’gan ajralgan suv tomchilari sirkulyatsiya trubasiga qaytib tushadi. Bunday apparatlarda bug’latilayotgan eritma sirkulyatsiya trubasi ostidan yoki yuqorisidan isitish kamerasining tagiga berilishi mumkun. Eritma trubalarda qaynamaganligi uchun ularning ichida ifloslanish qatlamlari kam bo’ladi. Bug’ bilan eritma o,rtasida temperaturalar farqi ko’proq va qaynash zonasida naporning kam bo’lganligi uchun bunday apparatlarda eritmalarning sirkulyatsiya tezligi 1,8…2 m/s ni tashkil etadi. Sirkulyatsiya tezligining kattalashuvi natijasida apparatning unumdorligi va issiqlik almashinishning intensivligi samarali bo’ladi. Bunday bug’latish apparatlari qovushqoqligi o’rtacha hamda kristallanuvchi eritmalarni bug’latishda qo’llaniladi.

Xulosa

Men kurs loyihamni NaOH eritmasi bug`latish uchun bir korpusli Plyonkali bug`latish qurilmasini matematik modelini loyihaladim» mavzusida bajarildi. Kurs loyihamni bajarishda quyidagi ishlarni amalga oshirdim.


1. Yuqorida keltirilgan mavzu bo`yicha berilgan jarayon to`liq o`rganildi;
2. Jarayonni amaga oshiruvchi qurilmalar adabiyotlardan tahlil qilindi;
3. Topshiriqda keltirilgan shartlar bo`yicha qurilmaning hisob qismi bajarildi;
4. Bajarilgan hisob kitoblar natijasida olingan konstruktiv o`lchamlar bo`yicha qurilmaning umumiy ko`rinishi xamda umumiy kurinish asosida qurilma detallari loyihalari chizildi.
Ushbu kursni yakunlashda kurs loyihasi bizga “Kimyoviy injineringda modelllashtirish va avtomatlashtirish fanini o`zlashtirishda hamda o`tilgan mavzularni yanada mukammal o`rganishga ko`maklashdi.
Ushbu fan bizga ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan jarayonlarni borishi hamda ularni amalga oshiruvchi qurilmalarni ishlash printsiplari, qurilmalarda jarayon davomida kelib chiqqan nosozliklarini olidini olish, bartaraf etish, uskuna va qurilmalarni hisoblash usullari kabi bilimlarni berdi.


Download 91.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling