Amaliy matematika


Asosiy qism Jarayonning matematik tavsifi


Download 91.46 Kb.
bet8/11
Sana11.10.2023
Hajmi91.46 Kb.
#1698910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi matem modell

Asosiy qism

Jarayonning matematik tavsifi
Natriy gidroksid (oʻyuvchi natriy, kaustik soda), NaOH — rangsiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 323°, qaynash temperaturasi 1403°, zichligi 2,02 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi, erish vaqtida issiklik ajratib chiqaradi. Gigroskopik. Suvdagi eritmasi kuchli ishqor. Suvsiz NaOH 61,8° dan yuqorida kristallanadi. Havodagi namni tortadi, shu sababdan yoyilib ketadi va natriy karbonatga aylanadi. natriy metali va natriy gidritni eritadi.
Osh tuzining suvdagi eritmasi (na-makob)ni elektroliz qilib hosil qilinadi. Sunʼiy ipak, sovun va boshqa kimyoviy moddalar ishlab chiqarishda, toʻqimachilik va boshqa sanoat tarmoklarida ishlatiladi. Koʻpgina organik birikmalar, charm va qogʻozlarni yemiradi. Teriga tegsa kuydiradi.
Fizik xossalari:
Molyar massasi – 40 gr/mol
Zichligi – 2,02 g/sm³
Holati – qattiq, – rangsiz kristall modda, kuchli ishqor. Gigroskopik modda.
Tsuyuqlanish - 323°C
Tqaynash - 1403°C
Kimyoviy xossalari:
Suvdagi eruvchanligi – 49,4%(0ºC da)
Etanolda – 27,9% (28ºC da)
Metanolda – 35,5% (28ºC da)

Jarayonning mateamtik modellashtirish
Ko’p korpusli bug’latish qurilmasi. Bu turdagi qurilmalarda isituvchi bug’ sifatida ikkilamchi bug’dan foydalaniladi. Natijada juda kata miqdorda issiqlik tejaladi. Ko’p korpusli bug’latish jarayonini yuqori bosimli isituvchi bug’ yoki vacuum yordamida amalga oshirish mumkin.
Bug’latish korpuslaridagi bosim shunday bo;lishi kerakki, unga uztilayotgan bug, temperaturasi, shu korpusdagi eritmaning qaynash temperaturasudan yurqori bo’lishi talab qilinadi. Isituvchi bug’ va eritmaning xarakat yo’nalishiga qarab parallel, qarama qarshi va kombinatsiaylangan yo’li ko’p korpusli bug’latish qurilmalariga bo’linadi. Boshlang’ich eritma 1-korpusga yuboriladi, so’ng 2- va 3- korpusga uzatiladi va kerakli konsentratsiyagacha quyuqlashgandan so’ng 3-korpusning pastki qismidan chiqariladi. 1-korpusdan 3-korusga qarab bosim kamayib boradi. Shuning uchun, eritma bosimlar farqi ostida korpusdan korpusga o’tib boradi. Isituvchi bug’ eritma kabi o’sha yo’nalishda bir korpusdan keyingisiga harakat qiladi. Yani, 1-korpusda hosil bo’lgan ikkilamchi bug’ 2-korpusga isituvchi bug’ bo’lib, 2-korpusda hosil bo’lgan ikkilamchi bug’ esa, 3-korpusga isituvchi bug’ bo’lib, 3-korpusda hosil bo’lgan ikkilamchi bug’ kondensatsiyalanish uchun barometric kondensatorga yuboriladi.
Unumdorligi G = 21500 kg/soat bo’lgan NaOH eritmasi Xb=25% dan Xo=45% gacha bug'latish uchun bir korpusli plyonkali bug'latish qurilmasini hisoblang va loyihalang. Suv bug'ining bosimi Rabs=0,36 MPa. Barometrik kondensatordagi bosim R=0,0196 MP.
Demak: Boshlang’ich eritma = 5,97 kg/sek
Bug’latilgan suv = 2,65 kg/sek
Qolgan eritma = 3,32 kg/sek
Eritmaning qaynash haroratini aniqlash:
Bug’latish qurilmasi orqali barometrik kondensatorga =0,0196 MPa bosimda kirayotgan ikkilamchi bug’ harorati 71 ga teng:
Amaliy tavsiyaga ko’ra gidravlik depressiyani deb qabul qilamiz: Unda bug’latish qurilmasidagi ikkilamchi bug’ harorati:
Bu haroratda bosim , bug’ hosil bo’lish issiqligi esa teng bo’ladi;
Endi gidrostatik depressiyani ham aniqlaymiz: buning uchun isitish trubalaridagi eritmaning balandligini aniqlaymiz.
Truba balandligini H ni aniqlash uchun bug’latish qurilmasini taxminiy issiqlik uzatish yuzasini topamiz. Tabiiy sirkulyatsiyali qurilmalar uchun tuzlarning suvli eritmalaridagi issiqlik yuklamasi q=20000-50000 Vt/m2. Uni q=30000 Vt/m2 deb qabul qilamiz.

Download 91.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling