Amaliy matematika
Download 91.46 Kb.
|
kurs ishi matem modell
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzuvchilar: T.A.Nuraliyev — O‘zMU Jizzax filiali, “Amaliy matematika” kafedrasi assistenti. Taqrizchi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI "AMALIY MATEMATIKA" KAFEDRASI MATEMATIK MODELLASHTIRISH FANIDAN KURS ISHINI BAJARISH UCHUN USLUBIY KO‘RSATMA 60540200 - Amaliy matematika ta’lim yo‘nalishi bakalavr talabalari uchun JIZZAX-2023 Ushbu uslubiy ko'rsatma O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 20___-yil “___”___________ № ___ - sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Matematik modellashtirish” fan dasturi asosida tayyorlangan . Tuzuvchilar: T.A.Nuraliyev — O‘zMU Jizzax filiali, “Amaliy matematika” kafedrasi assistenti. Taqrizchi: Xayitov F.A. — JDPI, “Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti, t.f.n. Yusupov R.M. — JDPI, “Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti, t.f.n. Uslubiy ko'rsatma “Amaliy matematika” kafedrasining 2023-yil “ ” dagi -sonli ilmiy-uslubiy majlis bayonnomasi bilan ma'qullangan. Kafedra mudiri X.F.Sharipov Uslubiy ko'rsatma “Amaliy matematika” fakulteti ilmiy-uslubiy Kengashining 2023 - yil “ ” dagi - sonli bayoni bilan tasdiqlangan. Fakultet uslubiy kengashi raisi: S.Alibayev MUNDARIJA MATEMATIK MODELLASHTIRISH FANIDAN KURS ISHINI BAJARISH UCHUN USLUBIY KO‘RSATMA 1 KIRISH
Bu maqsadga erishish uchun talabalarga fan dasturidagi mavzular mazmunidan kelib chiquvchi hamda talabaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bir qator amaliy masalalar ichidan birini tanlash taklif qilinadi. Buning uchun mavzular namunasi quyida keltirilgan. Bundan tashqari talabaning fanga ijodiy yondashishiga alohida etibor beriladi. Talabaning xohishiga va bilim saviyasiga, o‘zlastirish ko‘rsatgichiga qarab shu fan o‘qituvchisi (ilmiy rahbari) tomonidan topshiriq yanada oydinlashtiriladi. Agarda talaba biror ilmiy tadqiqot yoki muhandislik- loyihalashtirish instituti va shu kabi biror ilmiy tadqiqotlar olib borilayotgan ilmiy laboratoriyalarda o‘z ilmiy rahbari bilan ijodiy ish olib borayotgan bo‘lib, ularning shu ijodiy ishi davomida biror amaliy masala o‘rganilayotgan fan nuqtai nazaridan tahlil qilinishi zarurati tug‘ilgan taqdirda, talabaning ilmiy rahbari bilan kelishilgan holda, kurs ishi shu muammoning soddaroq masalalaridan biri sifatida tanlanishi ham mumkin. Bu bilan talabaning bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishiga bir qadar zamin yaratiladi. Kurs ishini bajarishda qo‘yilgan amalaliy masalani yechish uchun zamonaviy hisob usullaridan va dasturiy vositalar (Fortran, Pascal, Delphi, C++ va boshqa) hamda matematik paketlar (MATLAB, MathCad, Mathematica, Maple va boshqa) dan unumli foydalanish maqsadga muvofiq. Buning uchun tavsiya etilgan adabiyotlarni izchil o‘rganish, muammoning holatini tahlil qilish va masalani yechishning mukammal va zamonaviy hisob usulini tanlash zarur. Bu kurs ishini bajarish jarayonida talaba murakkab ilmiy tadqiqotlar muammolarini hal qilishga bir qadar tayorgarlik bosqichidan o‘tadi va kurs ishida bajarilgan ishlar bitiriv malakaviy ishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Download 91.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling