Amaliy matematika
KURS ISHINI BAJARISHNING UMUMIY TALABLARI
Download 91.46 Kb.
|
kurs ishi matem modell
2. KURS ISHINI BAJARISHNING UMUMIY TALABLARI
Kurs ishi o‘quv rejaga ko‘ra 7-semestrga mo‘ljallangan bo‘lib, bu topshiriq shu semester boshida beriladi. Kurs ishiga rahbar kafedra tomonidan tayinlanadi. Kurs ishi mavzusini ilmiy rahbari taklif etadi, u topshiriq varaqasini tuzadi. Kurs ishining mavzusi va topshiriqlari kafedra majlisida tasdiqlanadi. Talaba bu fan bo‘yicha, avvalo, kurs ishi mavzusini 1- ilovada ko‘rsatilgan topshiriq varaqadagi tartibda qabul qiladi. Bunda talabaning ismi, familiyasi, guruhi, kursi, kurs ishi mavzusi, shu mavzu yuzasidan adabiyotlar, ishni bajarish bosqichlari va ularni bajarish muddatlari ko‘rsatiladi. Kurs ishi topshirig‘iga fan o‘qituvchisi (rahbari) va talaba imzo chekadi, bu varaq kurs ishi qo‘lyozmasining dastlabki varag‘i hisoblanadi. U ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi talabaga beriladi, ikkinchisi kafedrada qoldiriladi. Kurs ishi ilmiy rahbari talabaga davomiy konsultatsiyalar va ilmiy-uslubiy ko‘mak beradi, ish bosqichlarining bajarilishini, kurs ishining mazmuni va hisobotning tayyorlanish sifatini nazorat qiladi. Kurs ishi matni Oliy ta’lim hujjatlarining «Matnli hujjatlarni tayorlashning umumiy talablari» bandidan kelin chiqib yoziladi. Kurs ishi matnini A4 o‘lchamli jurnal (daftar) ko‘rinishida tayorlash va uning dastlabki sahifasini namunada ko‘rsatilgandek (2-ilova) zichroq qog‘ozdan tayorlangan sahifaga yozgan ma’qul. Kurs ishi matni Microsoft Word - matn muharririda 14 pt shriftda 1,5 intervalda teriladi va pechat qilinadi, zarur bo‘lgan A4 o‘lchamli oq qog‘ozning o‘lchamlari chapdan 25 mm, o‘ngdan 15 mm, yuqori va pastdan 20 mm bo‘sh joy qoldiriladi. Ishning kompyuterda terilgan matni ishning tuzilishiga qarab bo‘limlarga bo‘linadi. Yozuvdagi formulalar Microsoft Equation - formulalar redaktorida aniq va tushunarli yozilishi, zarur hollarda belgilanishi lozim. Ishda foydalanilgan adabiyotlar va formulalarni birlamchi manbalarga tayanib keltirish kerak. Yozuv oxirida adabiyotlar ro‘yxatini mualliflar ismi sharifi, adabiyotlar nomi, nashr joyi va yili, nashriyot va sahifalar soni bilan keltirilishi lozim. Ishning hajmi 10 betdan kam bo‘lmasligi zarur. Kurs ishi sahifalanadi, dastlabki sahifaga nomer qo‘yilmaydi. Ishning shakllar qismini keltirishda ham yuqorida ta’kidlangan o‘lchamlarga rioya qilgan holda masshtabni tanlash va o‘lchovlar qiymati (masalan, o‘zgaruvchan ta’sir kuchlari, epyuralar, deformatsiyalar, ko‘chishlar va boshqa) o‘lchamlarni o‘rniga qo‘yish bilan shakllar chiziladi. Shakllarni chizishda standart dasturlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Kurs ishini bajarish jarayonida quyidagi uslubiy xarakterga ega qoidalarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq: masalaning qo‘yilishini qisqacha yozish, bunda berilgan ma’lumotlarning hammasini yagona birliklar sitemasiga o‘tkazish, lozim bo‘lganda ba’zi spravochnik o‘zgarmaslarini kiritish; masalani yechish jarayonida qo‘llaniladigan barcha zaruriy qonuniyatlarni o‘zida aks ettiruvchi noma’lum miqdorlarni izlashning mantiqiy yo‘llarini topgan holda masalani tahlil qilish; masala shartining grafik tasvirini (eskizini) chiza bilish; masalani yechishning ketma-ketligini izohlashlar bilan bajara olish; o‘lchamlarni tekshira olish, berilgan ma’lumotlardan to‘la foydalana olish, yechimning ishonchliligini baholay olish; masalaning yechimini yetarlicha aniqlik bilan hisoblay bilish; olingan sonli natijalarning mantiqiy maqsadini baholay bilish va ulardan zaruriy xulosalar chiqara bilish. Kurs ishining natijalari hisobot tarzida yoziladi. Kurs ishining hisoboti quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: titul varag‘i; topshiriq varag‘i; kirish; asosiy qism; xulosa; foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati; ilova. Asosiy qismda esa: masalaning qo‘yilishi va matematik modelning tavsifi; hisoblash matematikasi usullarining zaruriy qisqacha nazariy ma’lumoti; hisoblash matematikasi usullarining qo‘llanilishini tavsiflovchi algoritm, blok-sxema va dastur matni; topshiriq misoli yechimi va olingan natijalar tahlili. Kirish qismida kurs ishi mavzusining dolzarbligi, maqsad va vazifasi, mavzuga oid asosiy adabiyotlar tahlili, yechish usulining tanlanish sababi, ishning umumiy xususiyatlari, ahamiyati va qisqacha mazmuni yoritiladi. Asosiy adabiyotlar tahlili talabaning maxsus adabiyotlar bilan tanishganligini, manbalarni tartiblashtira olishini, boshqa tadqiqotchilar olib borgan ishlarning mazmun va mohiyatini anglay bilishini, muammoning qanchalik zamonaviy, muhim va amaliy ahamiyatini ajrata olishini ko‘rsatishi lozim. Bu tahlilga faqat mavzuga oid va talabaning shaxsan o‘zi tanishib chiqqan adabiyotlar kiritilishi zarur. Kurs ishining asosiy qismi bob, paragraph, band va qism bandlarga ajratiladi, bunda masalaning qo‘yilishi, mazmuni, masalani yechish uslubiyati, alohida olingan natijalar matn, formula va sonli ma‘lumotlar, jadval va grafiklar tarzida bayon qilinadi. Bunday bo‘linishda har bir bob yoki paragraph mazmunan va mantiqan tugallangan, keyingilari avvalgisi bilan izchil bog‘langan, yakunda esa qo‘yilgan maqsadga erishish ta’minlagan bo‘lishi zarur. Maqsadni amalga oshirishni ta’minlovchi masalaning qo‘yilishida amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan aniq masala (hodisa va jarayon)ning fizik va matematik tafsiloti, topshiriq varianti bayon qilinadi. Masalaning qo‘yilishi «o‘rganish», «tavsiflash», «ishlab chiqish», «aniqlashtirish», «formulalami chiqarish», «munosabatlarni o‘rnatish» kabi tushunchalar orqali berilishi tavsiya etiladi. Masalani yechish bosqichlari bayoni kurs ishining umumiy tuzilmasini yoritib berishi kerak. Masalani sonli yechish usullarining nazariy ma’lumoti bayon qilinadi. Masalani sonli yechish algoritmida hisoblash usuli (usullari), uning qo‘llanilishi, ustivorligi, va aniqligi hamda qo‘yilgan masalaga shu usul (usullar)ning tadbiqi, taqqoslashlar yoritiladi. Xulosada olingan natijalarning ilmiy-amaliy ahamiyati va tadbiq sohalari haqida so‘z yuritiladi, amaliy tavsiyalar beriladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alfavit-xronologik ketma-ketlikda tartiblanib, axborot manbalarining bibliografik ro‘yxatini ifodalaydi, unda: muallif, manba nomi, nashriyot, yil va sahifa soni ko‘rsatiladi. Unda Internet manbalari ham ko‘rsatilishi mumkin. Kurs ishi ilovasi ishning oxirida qo‘yilib, unda bajarilgan ish algoritmini (blok-sxema tarzida), dastur matnini, sonli hisob natijalari jadvalini, qisqartma ma’lumotlarni, shartli belgilarni va boshqa ma’lumotlarni keltirish mumkin. Kurs ishi topshirig‘ini bajarishdan kutiladigan natijalar: mavzular yuzasidan bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash; amaliy masalalarni yechishda nazariy tushunchalardan foydalana bilish; masalani yechishning to‘g‘ri usulini tanlay bilish; masalani mustaqil yechish ko‘nikmasini hosil qilish; masalaning yechimini mustaqil tahlil qila bilish. Download 91.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling