Amaliy matematika
KURS ISHI HIMOYASINING UMUMIY TALABLARI
Download 91.46 Kb.
|
kurs ishi matem modell
3. KURS ISHI HIMOYASINING UMUMIY TALABLARI
Kurs ishini qabul qilish semester yakuniy nazoratlari boshlanishiga 2 hafta qolganda amalga oshiriladi. Himoya belgilangan muddatgacha tayyor bo‘lgan kurs ishini dastlab uning rahbari ko‘zdan kechiradi, unga taqriz yozadi, bunda kurs ishining yutuqlari va kamchiliklariga e’toborni qaratib, uni dastlabki ball bilan baholaydi. Agar ishda kamchiliklar aniqlansa, u talabaga qayta ishlash uchun qaytariladi. Muvaffaqiyatli bajarilgan deb hisoblangan kurs ishlari himoyaga tavsiya etiladi. Kurs ishi himoyasi kafedra tomonida tuzilgan komissiya tarkibida qabul qilinadi, bunda uning rahbari ishtirok etishi lozim. Agar rahbar biror uzurli sababga ko‘ra ishtirok etmagan taqdirda uning yozma taqrizi inobatga olinadi. Kurs ishi himoyasi paytida talaba o‘z ishining yutuqlarini va o‘zining ijobiy fikrlarini himoya qilishi, kafedra o‘qituvchilari tomonidan berilgan savollarga va boshqa ishtirokchilarning e’tirozlariga javob berishi lozim. Kurs ishini himoya qilishda quyidagilarga etibor beriladi: o‘rganilayotgan va hisoblanayotgan tadqiqot ob’yekti (masalan, fizik qurilma shaklini, ya’ni fizik modelni) modelini tuza bilish; asosiy matematik tenglamalarni (matematik modelni) tuza bilish; masalani yechish usul (usullar)ining originalligi; hisob natijalarining tahlili; grafiklar, jadvallar, epyuralar va hokazo shakllar bilan natijalarni tasvirlay bilish; olingan natijalardan ilmiy xulosa chiqarish; asosiy atamalarning ta’rifini aytib bera olish; asosiy adabiyotlar bilan tanishish. Kurs ishini baholashda kafedra o‘qituvchilari tomonidan qilingan dastlabki baholash; ma’ruza; nazariy manbalar tahlili; usul, model va tuzilmani tanlay bilishi va asoslay olishi; dastlabki ma’lumotlar va hisob algoritmini tushuntira bilishi; qo‘yilgan masalaning kompyuterda qay darajada yechilganligi; natijalar tahlili; savol-javoblar; talabaning umumiy bilimi; ishni bajarish jarayonidagi faolligi hamda reyting Nizomi talablari e’tiborga olinadi. Kurs ishi bahosi talabaning baholashlar daftarchasiga qo‘yiladi va uning rahbari tomonidan imzolanadi. Himoya qilingan kurs ishi kafedrada 3 yil davomida saqlanadi. Download 91.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling