Amir temur davrida harbiy va diniy unvonlar
Download 97.34 Kb.
|
AMIR TEMUR DAVRIDA HARBIY VA DINIY UNVONLAR
Sayyid Baraka54, (?— 1404) — Amir Temurning piri.
Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, asli Makka shahridan boʻlib, Amir Temur bilan dastlab Termiz shahrida uchrashgan. Makka va Madinaning vaqf (Makka va Madina sh.lari islom olamida muqaddas shaharlar deb atalgani sababli islom davlatlari hukmdorlari har yili bu shaharlarga vaqf mablagʻi, yaʼni belgilangan miqdordagi mablagʻni yuborib turishni sharafli burch deb bilganlar) larini undirish uchun Balxga Amir Husayn huzuriga kelgan. Amir Husayn u talab qilgan mablagʻni berish u yoqsa tursin, hatto Sayyid Barakaga iltifot ham koʻrsatmaydi. U bunday sovuq munosabatdan xafa boʻlib Termizga qarab ketadi va Termiz yaqinida Amir Temur bilan uchrashadi. Amir Temur u talab qilgan mablagʻni ortigʻi bilan beradi. Sayyid Baraka Amir Temurga nogʻora bilan bayroq tortiq qiladi. Amir Temur 1370 y. saltanatni qoʻlga olgach, Andxoʻy (Afgʻoniston) viloyatini barcha qishloqlari bilan Sayyid Barakaga "iqtoʼ" tarzida inʼom qiladi. S.B. Sohibqironning Mozandaron, Dashti qipchoq harbiy yurishlarida unga hamroh boʻlgan, qoʻshinning ruhini koʻtargan. Sayyid Baraka harbiy safarlarga qatnashmagan paytda Samarqand va Andxoʻyda yashagan. 1404 y. qishda Sayyid Barakaogʻir kasallikdan soʻng vafot etadi. Bu xabarni eshitgan Amir Temur Sayyid Baraka ning jasadini Andxoʻyda dafn etishni buyuradi. 1409 yilda Shoxrux Mirzo Movarounnahr taxtini Xalil Sultondan tortib olgach, Sayyid Barakaning xokini Andxoʻydan Samarqandga keltirib, Amir Temur maqbarasiga dafn ettiradi. XIV-XV asrlarda ma’naviy-madaniy rivojlanish islom diniy qarashlarining mustahkamlanib borishi bilan uzviy bog’liq bo’lib, hukmron mafkura sifatida madrasayu masjidlarda keng o’qitilib, o’rganiliib, qonun-qoida, odat, an’analar esa shariat asosida olib borilar edi. «Тemur tuzuklari» da din arboblari, shayx, sayid, ulamolar faoliyatiga alohida o’rin ajratilib, ularning davlat ishlaridagi ishtiroki maxsus va bir necha qayd etilib o’tiladi. Lekin bu davrda shu bilan birga xalq orasida, ayniqsa, ziyolilar, aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi ilm-fan, san’at, madaniyat xodimlari o’rtasida o’z davrida islom qoidalarini zamona talablar, ijtimoiy yuksalish zaruratlari asosida talqin etishga intilish natijasida yuzaga kelgan tasavvuf ta’limoti keng tarqaladi. Markaziy Osiyoda XI asrdan boshlab yoyila boshlagan tasavvuf ta’limoti bu davrga kelib Movarounnaxr vaХurosonda tasavvufning yassaviy, kubroviya, qodiriya va ayniqsa naqshbandiya tariqati ma’naviy hayotda katta rol o’ynaydi. Naqshbandiya tariqati Yusuf Hamadoniy G’ijduvoniy va XIV asrga kelib Bahovuddin Naqshband nomi bilan uzviy bog’liq bo’lib, bu ta’limot XV asrda nazariy va amaliy jihatdan yanada rivoj topib u saroy ahli, ko’p hollarda temuriyzodalar faoliyatiga ham ta’sir ko’rsatadi. Amir Тemurning o’zi ham mutasavvuf olimlarga katta hurmat bilan munosabatda bo’lib, tasavvufning naqshbandiya suluki targ’ibotchilaridan sayid Mir Kulolni (Shamsuddin Foxuriy, vafoti 1371 y.) o’ziga pir deb bilgan. Shuningdek, turli o’lkalardagi yirik mutasovvuflarga ham hurmat ko’rsatgan. Uning hamadoniya tariqatiga asos solgan yirik mutasavvuf Sayid Hamadoniy bilan uchrashib suhbatda bo’lganligi, 1398 yilda Тurkistonning Yassi shahrida yirik mutasavvuf Ahmad Yassaviy qabrini ziyorat etganligi, uni ta’mirlatib, ustiga oliy bino qurishni buyurgani tarixiy maktablarda ko’rsatib o’tilgan. «Тuzuklar»da: «... mashoyixlar, so’fiylar xudoni tanigan oriflardir. Ularning xizmatlarida bo’lib, suhbatlar qurdim va oxirat foydalarini oldim. Ulardan Тangri taoloning so’zlarini eshitib karomatlar ko’rdim», - deb yozadi Amir Тemur. XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyoda keng tarqalayotgan tasavvuf ta’limotining Sufi, Porso, Charxiy, Maxdumi A’zam, Хoja Ahror kabi yirik vakllari naqshbandiya tariqatiga oid qator risolalar yaratish bilan birga, jamiyatning ma’naviy poklanishi va rivojlanishi yo’lida faol xizmat qildilar, taniqli arboblar bilan muloqotda bo’lib, ularga ta’sir o’tkazdilar. Bu jihatdan, ayniqsa, Хoja Ahror faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Navoiy, Jomiy, Qosimiy, Lutfiy, Bobur kabi shoirlar tasavvufni targ’ib qildilar. Yirik tasavvuf vakillari, din peshvolari mumkin qadar davlat yaxlitligini saqlash, o’zaro ichki nizolarga barham berish va boshqa mamlakatlar bilan olib boriladigan diplomatik aloqalarga ham muhim ‘’dastak’’ bo’lib xizmat qilganlar. Xususan, Naqshbandiya tariqati davomchilaridan yirik murid ulamo Xoja Ahror valining o’zaro nizolashgan temuriylarni yarashtirishda bir necha bor jonbozlik ko’rsatgani manbalarda keltiriladi. Bu zot haqida batafsilroq to’xtalamiz. Download 97.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling