Amir temur davrida harbiy va diniy unvonlar


Download 97.34 Kb.
bet9/14
Sana23.03.2023
Hajmi97.34 Kb.
#1288502
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
AMIR TEMUR DAVRIDA HARBIY VA DINIY UNVONLAR

Xoja Ahror55- (taxallusi; asl ismi Xoja Ubaydulloh ibn Xoja Mahmud ibn Xoja Shahobiddin Shoshiy) (1404, hozirgi Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumani Bogʻiston qishlogʻi — 1490, Samarqand) — oʻrtaosiyolik mutafakkir, naqshbandiya tariqati rahnamolaridan.
Otasi shayx Xoja Mahmud naqshbandiyaning xojagon sulukida boʻlgan, tijorat va ziroat ishlari bilan shugʻullangan. Shayx Xovandi Tohur ona tomondan uning bobosidir. X.A.ning bolalik va yoshlik davri Toshkentda oʻtgan. Toshkent va Samarqand madrasalarida tahsil olgan. U tasavvuf ilmiga qiziqadi, shu maqsadda Hirotga borib Shayx Bahouddin Umar, Shayx Zayniddin Xavofiy kabi taniqli mutasavviflar suhbatida boʻldi. Bahouddin Naqshbandning shogirdi shayx Yoqub Charxiy (1447-yil)dan naqshbandiya tariqati asoslarini oʻrgandi. U Yoqub Charxiydan irshod huquqini olib, murshidi komillik maqomiga yetgach, Toshkent, Turkiston atroflarida shuhrat topa boshlaydi. Naqshbandiya taʼlimotining davomchisi sifatida ulamolar oʻrtasida katta obroʻ orttirdi va "valiy" ("avliyo") sifatida tanilib "Ahror" ("Hur", "Ozod") nomiga ega boʻldi. Tasavvufda bu nom 3 xil asirlikdan xalos boʻlgan: hayvoniy histuygʻularni yenggan; oʻzining barcha xohishistagidan voz kechib, faqat Allohning irodasiga boʻysungan; rasmrusum va hayot kechirishning barcha odat va anʼnalaridan xoli boʻlib, ilohiy nur yogʻdusiga gʻarq boʻlgan zotga nisbatan qoʻllaniladi.
XojaAhror, aynivaqtda, dehqonchilikvatijoratishlaribilanshugʻullanadi. Juda katta yersuv, molmulk uning tasarrufida edi. Shu bois Urta Osiyoda beqiyos iqtisodiy va siyosiy qudratga ega boʻlib, mamlakatning ichki va tashqi siyosiy hayotida yetakchi oʻrin egallaydi. U faqat Movarounnahrda emas, Xuroson, Hindistonda ham savdosotiq ishlarini yoʻlga qoʻygan. Butun umri davomida elyurt va xalqning manfaati yoʻlida koʻp savob, xayrli ishlar qilgan. Oʻz xoʻjalik faoliyatidan olgan daromadning koʻp qismini aholi toʻlashi lozim boʻlgan soliqlarni toʻlashga, diniy ishlarga, madaniy qurilishlarni amalga oshirishga sarflagan. Hojatmand insonlarga va oilalarga muttasil yordam berib, mehr va muruvvatini ayamagan. Jamiyatdagi tutgan yuksak mavqeidan foydalanib taxt uchun kurashgan shahzodalar oʻrtasidagi nizolarni tinchlik yoʻli bilan bartaraf qilgan. Xoja Ahror Amir Temur tuzgan buyuk saltanat parchalanayotgan, tahlikali va oʻta murakkab davrda yashadi. Shunday sharoitda u fuqarolar, elyurt manfaatini koʻzlab, siyosiy voqealarda ishtirok etishga majbur boʻldi. Garchi soliklar siyosatdan uzoq turishni afzal koʻrgan boʻlsalarda, Xoja Ahror bu anʼanani buzdi. Xoja Ahrorning sulton va podshohlar bilan muloqotda boʻlishi shunchaki yuksak martaba, shaxsiy manfaat va shuhrat ketidan quvish uchun emas, balki oddiy fuqarolar manfaatini himoya qilish uchun zarur edi. U shu tariqa mazlumlarning homiysiga aylandi. Jomiy, Navoiy, Bobur Xoja Ahrorni oʻzlariga maʼnaviy pirustoz deb bilganlar.
Xoja Ahrorning 3 risolasi bizgacha yetib kelgan. Birinchi, "Faqarot ulorifin" ("Oriflar soʻzlaridan parchalar") boʻlib, unda Xoja Ahror va boshqa baʼzi mutasavviflarning tariqatga oid fikrlaridan namunalar keltirilgan. Ikkinchisi "Volidiya" ("Otaga bagʻishlov") boʻlib, uni oʻz otasi iltimosiga koʻra yozgan. Unda tariqat yoʻliga kirgan kishining axloqi, odobi, faqr va fano tushunchalari haqida soʻz boradi. Bu risola oʻz davrida keng shuhrat qozonib, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy unga munosib baho bergan. Zahiriddin Muhammad Bobur bu risolani fors tilidan oʻzbek tiliga sheʼriy tarjima kilgan. Bu tarjima 1991- yilda Toshkentda nashr etilgan. Risola 2004 yilda sharqshunoslar Mahmud Hasaniy va Dilora Rajabova tomonidan forsi ydan kayta tarjima qilingan va nashr etilgan. Uchinchi risola "Havroiyya" deb atalib, mashhur mutasavvif shoir Abu Sayd Abdulxayr (Pa.)ning "Havro" ("Hurlar" yoki "Farishtalar") soʻzi bilan boshlanuvchi bir ruboiysini sharhlashga bagʻishlangan. Bu asarlardan boshqaXoja Ahrorning oʻz zamondoshlariga yoʻllagan maktublari ham bizgacha yetib kelgan. Ular Xoja Ahrorning oʻz davri ijtimoiy, siyosiy va maʼnaviy hayotida tutgan oʻrnini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Bu maktublarning ruscha tarjimasini tarix fanlari doktori Asomiddin Oʻrinboyev tayyorladi. Maktublar A.Oʻrinboyev bilan amerikalik olima, NyuJersi universitetining professori Jo Enn Gross hamkorligida ingliz tiliga oʻgirilib, "Xoja Ubaydulloh Ahrorning xatlari va uning muridlari" nomi bilan 2002 yilda Gollandiyada nashr etildi.
Xoja Ahror tasavvuf nazariyasi va amaliyotiga katta hissa qoʻshgan. Uning madaniy merosida Qurʼon oyatlarining tafsiri, hadislarning sharxlari aloxida urin egallaydi. Faxruddin Ali Safiyning "Rashahot" asarida Xoja Ahrorning 120 ga yaqin tafsiru sharxlari rashha (tomchi)lar tarzida berilgan. Xoja Ahror musulmon dunyosining buyuk mutasavviflar silsilasida moʻʼtabar oʻrin tutadi. Musulmon dunyosida 356 ta avliyo oʻtgan boʻlib, ulardan 3 tasi Qutb ulAqtob (ulugʻ darajaga yetgan avliyo) sifatida eʼtirof etilgan. Shu 3 zotning biri Xoja Ahror boʻlgan.
Oʻzbekistonda istiqlol tufayli Xoja Ahror ning maʼnaviy merosi chuqur oʻrganilmoqda. Xoja Ahror tavalludining 600 y.ligini keng nishonlash hakida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (2004 y. 25 mart) uning ana shu merosidan xalqni bahramand etishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.
Amir Temur va Temuriylar davrida islomdinixalqqa ijtimoiy tartibni saqlashga xizmat qiluvchi axloqiy me’yorlarni hamda hayotning egriligi bilan bog’liq qiyinchiliklarni qanday yengib o’tishni o’rgatdi. Diniy faoliyat sifatida ko’riluvchi amallar aslida jamiyat uchun ham foydali bo’ldi.


Download 97.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling