Amir temur davrida harbiy va diniy unvonlar


Download 97.34 Kb.
bet6/14
Sana23.03.2023
Hajmi97.34 Kb.
#1288502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
AMIR TEMUR DAVRIDA HARBIY VA DINIY UNVONLAR

-Miyon37- o’rta degan ma’noni anglatadi, faxriy laqab bo’lgani taxmin qilinadi. A.Samarqandiy Shayx Abu Said Jad- dar miyon ismini eslab o’tgan. Ko’pchilik bu nomdagi islomiy ijtimoiy guruh borligini rad etadi, ammo hozirda Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Ko’hitang to’g’i etagidagi qishloqlarda bu nomdagi qardosh dindorlar jamoasi borligini guvohi bo’lganmiz ;
-So’fi38- tasavvuf targ’ibotchilari;
-Mulhidlar39- dahriy ya’ni Alloh taoloning borligiga iymon keltirmaganlar shu nom bilan qo’shib chaqirilgan;
-Eshon40- darvishlik, so’fiylik oqimlarida diniy rahnamolar unvoni. Ular deb tarjima qilinadi;
-Sayyidlar41- payg’ambar avlodlari bo’lib, ular musulmonlar jamiyatida imtiyozli tabaqa sanaladi. Dindorlar orasida katta obro’-e’tiborga ega bo’lishgan. Xalq sayyidlarni avliyo deb bilishgan.
-Xo’jalar42- musulmonlar orasida oqsuyak tabaqa sifatida sayyidlardan keyin turadi. O’tmishda xo’jalar va oddiy xalq o’rtasida quda-andachilik munosabatlari cheklangan bo’lgan;
-Shayxzoda43- shayxning avlodlari vakili;
-Mavlon44- islomiy faxriy laqab,nom;
- Mavlonzoda45- mavlonning avlodi;
-Pir46- so’fiylikda tariqatning oliy rahnamolari;
-Mavoliy47 - xo’ja, pir, avom va valiy manolarida qo’llangan;
-Termiz xonzodasi48- Termiz sayyidlarining xonadonidan bo’lib, mazkur sayyidlar o’z vaqtida somoniylar va boshqa sulolalar bilan quad-anda bo’lishgani uchun “xonzoda” ( xudovandzoda , xondzoda) laqabini ham olishgan ;
-Shayx49- islom dini tarqalgan mamlakatlarda avvalo bilimdon kishilarga, soʻngra ulamolar, faqixlarga berilgan nom. Keyinchalik sufiylik tariqatidagi pirlar, eshonlar, muqaddas joylarning mutasaddilari ham shayx deb yuritilgan. Arablarda islomdan ilgari urugʻ, qabila boshliqlari, katta patriarxal oila oqsoqollari shayx deb atalgan;

Download 97.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling