Amir temur davrida harbiy va diniy unvonlar


Temuriylar jamiyatida diniy amal, mansab, kasb va vazifalar


Download 97.34 Kb.
bet4/14
Sana23.03.2023
Hajmi97.34 Kb.
#1288502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
AMIR TEMUR DAVRIDA HARBIY VA DINIY UNVONLAR

1.2. Temuriylar jamiyatida diniy amal, mansab, kasb va vazifalar


Ushbu bobda keltiriladigan unvonlarni ikkiga ajratganimizning boisi malum bir unvon yoki martabadagi, davlat xizmatidagi shaxs bilan xalq orasida ma’lum dinga oid laqab bilan chaqiriluvchi, malum diniy ijtimoiy guruhga oid shaxs o’rtasida farq bor . Mana shunga asoslangan holda kurs ishi mavzuyimiz doirasidagi yig’ilgan unvonlarni bir emas ikki tizginga soldik.

  • Shayxulislom- mamlakat va har bir tobe hududlarda islom ahlini nojo’ya xatti-harakatlardan saqlash, nazorat qilish, ularni savob ishlarga undash bo’yicha mas’ul shaxs. Manbalarda shayx, shayxulislomi a’zam, janob shayxulislomi a’zam shaklida ham uchragan;3

  • Sadrlar- 4 asosan sayyidlar jamoasidan chiqqan shaxslar bo’lib, ularning muhim vazifalaridan biri vaqf mulklarini nazorat qilish va suyurg’olni belgilab bergan. Ular ahli islomga boshchilik qilgan. Manbalarida sadri a’zam, sadri qozi shakldagisi ham uchraydi;

  • Mudarris5- madrasalarda diniy masalalar, shariat, tafsir, hadis va fiqh maalalarda dars beruvchi shaxs;

  • Baxshiy6- bu unvon butparastlarning ruhoniylari va kohinlariga berilgan;

  • Imomlar7- arab tilidan ‘’yetakchi’’ deb tarjima qilinadi. Islom hayotda jamoat namozining rahbariga Imomlar deyilgan. Masjid imomi, madrasa va honaqoh imomi turlari manbalarda uchradi;

  • Muazzinlar8- jamoat namozlarida azon chaqiruvchi vazifasidagi shaxs shunday atalgan. Masjid muazzini va xonaqoh muazzini turlari manbalarda uchradi;

  • Muvojirlar9- ziyoratgoh joyda muqim yashab ishlovchi kishilar. Manbalarda Muqaddas haram [Kaba]da Rasuli akram Muhammad[s.a.v] ning qabri hodimlari ham shunday atalgan;

  • Xatib10- xutba o’quvchi kishi. Juma namozlari va diniy marosimlarni o’qigan va o’tqazgan, imom, voiz, va’zxon va notiq hisoblangan11. U yoki bu hukmdorning hukmronlik mavqeyi tanilishi, uning nomi xutbaga kiritilishi yoki kiritilmasligini xatib xutba o’qib belgilab bergan;


  • Download 97.34 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling