Amir temur davrida harbiy va diniy unvonlar


Kurs ishining ilmiy yangiligi


Download 97.34 Kb.
bet3/14
Sana23.03.2023
Hajmi97.34 Kb.
#1288502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
AMIR TEMUR DAVRIDA HARBIY VA DINIY UNVONLAR

Kurs ishining ilmiy yangiligi. Amir Temur davlati boshqaruvida mavjud sud-huquq va diniy boshqaruv tizimi alohida taxlil etilib, ularning davlatchilikdagi o’rni va moxiyati ko’rsatib o’tildi. Bu davrda kechgan diniy va sud-huquq tizimining ixtisoslashish jarayoni barqaror davlat qurishga ko’rsatgan ta’siri ilk bor yaxlid holda taxlilga tortildi.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Mavzuning turli materiallarni o’rganib, xulosalar chiqarish mavzuning ilmiy ahamiyatini belgilaydi. Ushbu mavzu yoritilgan va u Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimida, akademik letsiy va kasb–hunar kollejlarida qo’shimcha manba sifatida foydalanib “O’zbekiston tarixi”ning dars mashg’ulotlarida va qo’shimcha manba sifatida foydalanish mumkin bu mavzuning ahamiyatini belgilaydi.
Kurs ishining davriy chegarasi etib XIV asr 70-yillaridan XVI asr boshigacha bo’lgan davr olindi. O’zbekiston tarixining ‘’eng zarrin’’ davrlaridan biri bo’lgan bu davr oraliig’ida Amir Temur va Temuriylar davlati tashkil topdi butun dunyoga o’z tarovatini ko’rsatdi va inqirozga yuz tutdi.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bon, to’rt paragraph, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Kurs ishining umumiy hajmi bet, adabiyotlar ro’yhati bilan 45 betni tashkil etadi.

I BOB. Temuriylar davlatidagi diniy unvonlar

1.1 Temuriylar davlati siyosiy tarixi va mamlakatda sayyidlar, shayxlar, ulamolar va fozil kishilarning mavqeyi.


O’zbekiston davlatchiligi o’rta asrda yangi, o’zining yuksak bosqichiga ko’tarilishi shak-shubhasiz Amir Temur Ko’ragon nomi bilan bog’liq. Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Kesh viloyati Xo’ja ilg’or qishlog’ida barlos beklaridan bo’lgan Amir Tarag’ay Bahodir oilasida tavallud topdi. Tarag’aybek Chig’atoy ulusining ko’zga ko’ringan beklaridan edi. Ammo beklardan bo’lishiga qaramay harbiy ishga mayli bo’lmagan. U taqvodor musulmon bo’lib, ko’p vaqtini darveshlar bilan o’tqazgan. Shayx Shamsiddin Kulol avval boshida Tarag’ay Bahodirning piri bo’lgan. Tarag’aybek 1360-yilda qazo qilgan.
Temur bolalik yillarida hat savodi chiqqach madrasadata’lim oladi. O’spirinlik va yoshlik yillari harbiy-sport mashg’ulotlari bilan otasiga xizmat qilgan maxsus murabbiylar yordamida shug’ullangan. Temurning ruhiy-ma’naviy murabbiylari uning pirlari edi. Temurbek 1355-yilning yozida A.Husaynning singlisi Uljoy Turkon oqaga uylanadi. Biroq bungacha uning xotini bo’lgan. Otasi uni Joku Barlosning qizi Turmush oqaga 1355-yilning bahorida uylantirgandi. 1356- yil yozida Amir Temur ko’radi Uljoy Turkon oqa Jahongir Mirzoni, Turmush oqa o’sha yilning kuzida Umarshayx Mirzoni tug’adi.
Amir Temurning yoshlik paytidagi og’ir sinovlar XIV asr 50-yillarining oxirgi choragida Movarounnahr bosh amiri va xotining bobosi Amir Qazog’onning o’limidan so’ng boshlangan. Movarounnahrdagi notinch vaziyatdan foydalanmoqchi bo’lgan Chig’atoy ulusining sharqiy qismi xoni Tug’luqTemur[1359-1363] bunda foydalanmoqchi bo’lib bu yurtga lashkar surdi. Bunday qaltis vaziyatda 1360-yilning yanvarida 24 yoshga to’lmagan Temurbekgina T.Temur bilan muzokara o’tqazishga jazm qiladi va shundan so’ng Kesh viloyati dorug’asi etib tayinlanadi.
Ammo shundan so’ng ichki nizo battar jiddiy tus olgandi,bular yosh dorug’aga qaratilgandi. 1365-yilgacha bo’lgan qiyinchiliklardan so’ng A.Temur va A.Husay qo’shini Movarounnaxr hokimi Ilyosxo’ja qo’shinlari bilan ‘’Loy jangi’’da to’qnashadi va mag’lubiyatga uchraydi. Jangda amir Husaynning xiyonati oqibatida magʻlubiyatga uchraydilar va oʻz qoʻshinlari bilan Amudaryo boʻylariga chekinib, Balx viloyatida oʻrnashdilar. Ilyosxoja esa hech qanday qarshilikka uchramay Xoʻjand, Jizzax va boshqa bir qancha shahar hamda qishloklarni egallab, Samarqand ustiga yuradi. Samarqand oʻsha paytlarda katta qoʻshinga qarshilik koʻrsata olmasdi. Shaharning na devori va na mustahkam istehkomlari, na qurollangan sipohiysi bor edi. Bek va amirlar shaharni tark etgan edi, lekin moʻgʻullarga qarshi xalq koʻtariladi, sarbadorlar shahar mudofaasini oʻz qoʻllariga oladilar. Shahar mudofaachilariga Madrasa tolibi ilmlaridan Mavlonozoda Samarqandiy, jun (paxta) tituvchilar mahallasining oqsoqoli Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof va mergan mavlono Xurdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar Samarqand shahrida moʻgʻullarga qaqshatqich zarba beradilar. Ilyosxoja dastlab Samarqandni, soʻngra butun Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga majbur boʻladi. Sarbadorlarning moʻgʻullar ustidan qozongan gʻalabasi haqidagi xabar amir Husayn bilan Amir Temurga ham borib yetgan. Amir Temur qishni Qarshida, Husayn esa Amudaryo boʻyida oʻtkazib, 1366-yil bahorida Samarqandga yoʻl oldilar. Ular Konigita toʻxtab sarbadorlarning dushman ustidan qozongan gʻalabalaridan mamnun boʻlganliklarini va ular bilan uchrashmoqchi ekanliklarini bildiradilar. Biroq, sarbadorlarning boshliqlari amirlar huzuriga kelganlarida amir Husayn buyrugʻi bilan Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof bilan mavlono Xurdak Buxoriylar dorga tortiladi. Mavlonozodani esa Amir Temur. oʻz himoyasiga olib kutqarib qoladi. Shu tariqa sarbadorlar boshliqsiz qoldirilib, Movarounnahrda amir Husaynning hukmronligi oʻrnatiladi, ammo koʻp vaqt oʻtmay Husayn bilan Amir Temur oʻrtasidagi munosabat keskinlashib, ochiqdan-ochiq nizoga aylanadi. Amir Temurning nufuzi ortib borayotganligidan xavfsiragan amir Husayn Balxga qaytib, uning qalʼa devorlari va istehkomlarini mustahkamlashga kirishadi. Balx, Qunduz va Badaxshondan koʻp sonli lashkar ham toʻplaydi. Kesh va Qarshi viloyatlariga bosh boʻlgan Amir Temur ham amir Husaynga qarshi hal qiluvchi jangga hozirlik koʻradi. 1366 -1370 yillar oʻrtasida bir necha bor toʻqnashuvlar boʻlib oʻtadi.
14-asrning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan nihoyatda ogʻir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni taqozo qilmoqda edi. Amir Husayndan koʻra Amir Temur zamonining bunday talabini yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham oʻz faoliyatining dastlabki bosqichida barcha harakatni Movarounnaxrda markazlashgan davlat tuzishga qaratadi. Bunday maqsadni amalga oshirishda u ruhoniylar, harbiylar, savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga suyanadi. Amir Temur tarqoq mamlakatni birlashtirishga kirishar ekan, kurashni avvalo ichki gʻanimlaridan boshlaydi. 1370-yil bahorida Amir Temur amir Husaynga qarshi yoʻlga chiqadi. Qoʻshin Termiz yaqinidagi Biyo qishlogʻiga yetganda makkalik shariflardan Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qoʻllab-quvvatlab, unga oliy hokimiyat ramzi katta nogʻora — tabl bilan yalov — bayroq tortiq qiladi. Shubhasiz bu voqea katta siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki u saltanatlik ramzi edi. Amir Temur buni yaxshi tushunardi. Shuning uchun ham Balxga yetmasdan Oʻrpuz mavzeida u amir va noʻyonlari bilan kengash oʻtkazadi. Koʻpchilikning xohish va ixtiyori bilan, oʻsha davr qonun-qoidalariga koʻra, chingiziylar avlodidan boʻlgan Suyurgʻatmish oʻgʻlon Movarounnahr podsholigi taxtiga oʻtqazildi. Amir Temur qoʻshini to Balxga yetib borgunicha, unga yoʻl-yoʻlakay yangi-yangi kuchlar kelib qoʻshildi. Shu asnoda amir Husaynni koʻpchilik amirlari tark etdilar. Jangda amir Husayn qoʻshinlari yengildi, ikki kunlik qamaldan soʻng , 1370 yilning 10 apr.da Balx sh. Amir Temurga taslim boʻldi. Amir Husayn asir olinib, qatl etildi. Bu gʻalabadan soʻng Amir Temur Movarounnahrning chingiziylardan boʻlgan hukmdori Qozonxonning qizi Saroymulk xonimni oʻz nikohiga oladi. Xon qiziga uylanganligi munosabati bilan Amir Temur "koʻragon", yaʼni "xonning kuyovi" unvonini oldi.
1370-yilning 11-aprelida Chigʻatoy ulusining barcha beklari, amirlari, viloyat va tumanlarning dorugʻalari hamda Termizning sayyidlari (xudovandzodalari), shuningdek Amir Temurning yoshlikdan birga boʻlgan quroldosh doʻstlari va piri Sayyid Barakaning ishtirokida oʻtkazilgan qurultoyda anʼanaga koʻra chingiziylardan Suyurgʻatmishxon mamlakat hukmdori deb eʼlon qilingan boʻlsada, amalda markaziy hokimiyatni Amir Temur oʻzi boshqardi, viloyatlardagi hokimiyatni oʻgʻillari, nabiralari va yaqin amirlari orqali idora qildi. Samarqand Amir Temur davlatining poytaxtiga aylantirilib, oʻsha yilning yozida shahar devori va qalʼasi tiklandi, saroy va qasrlar bino qilindi.
Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy mavqeyini mustahkamlab, koʻpdan davom etib kelayotgan ichki tarqoqlikka barham berish, tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish maqsadida Amir Temur (1370 y. iyunida) Samarqandda katta qurultoy chaqirdi. Unda markaziy davlat tizimini shakllantirish va qoʻshin tuzish masalalari muhokama etildi.
El-yurtni boshqarishda harbiy kuchning ahamiyatini yaxshi tushungan Amir Temur qoʻshinning tuzilishiga katta ahamiyat berdi. U "amir" va "amir ul-umaro" kabi yuqori darajali harbiy unvonlar joriy qildi. Qoʻshinni harbiy jihatdan isloh qilar ekan, u ayniqsa lashkarboshilarni tanlash va ularni tarbiyalash, harbiy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda intizom masalalariga nihoyatda eʼtibor beradi.
Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach, dastlabki vaqtlardayoq mamlakatda roʻy bergan ogʻir iqtisodiy tanglikni bartaraf qilish uchun eng avvalo soliq tizimini tartibga soldi. Davlat soliqlarini yigʻishda aminlar, kalontarlar va soliq yigʻuvchilarni raʼiyatga nisbatan insof va adolatli boʻlishga, qonunga xilof ish tutmaslikka chaqirdi, chunki saltanatning barqarorligi koʻp jihatdan raʼiyatning hol-ahvoli, uning davlat va davlat boshligʻiga boʻlgan sadoqatiga bogʻliq. Raʼiyatni himoya qilish qonun bilan mustahkamlangan, qonun barchaga barobar boʻlgan. Amir Temur nafaqat oʻz xalqini, balki zabt etilgan mamlakatlarning aholisini ham imkoni boricha qonun himoyasiga olgan. Ularni asirlik va talon-tarojlardan saqlagan.
Amir Temur Movarounnahrni moʻgʻullar hukmronligidan ozod etib, mamlakatda mustaqil davlat barpo etgan boʻlsada, hali mamlakatda barqaror tinchlik oʻrnatilgan emas edi. Bir tomondan ayrim viloyat hokimlari Amir Temur hakimiyatini tan olishdan bosh tortib turgan boʻlsalar, ikkinchi tomondan mamlakatning sharqiy va shim. hududlari notinch edi. Moʻgʻuliston bilan Oq Oʻrda hukmdorlari Fargʻona vodiysining sharqi, Oʻtror, Yassi (Turkiston) va Sayram sh.lariga xavf solib, bu hududlarga tez-tez hujum qilar va aholini talontaroj qilardi. Shuning uchun ham Amir Temur dastlabki yillarda mamlakat sarhadlari xavfsizligini taʼminlashga katta ahamiyat berdi. Isyonchi amirlarga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. 1370yil kuzi va 1371-yil bahorida amir Zinda Chashmga zarba berib, Shibirgʻon viloyati boʻisundirildi. Balx va Toshkent viloyatlari ham Amir Temur hokimiyatini tan oldilar. Ammo Xorazm Oq Oʻrda hukmdorlariga suyanib, hanuz boʻysunishdan bosh tortib kelardi. Xorazmni Amir Temur Chigʻatoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblab, uni oʻz davlatiga koʻshib olish siyosatini tutdi. Ammo bu masala elchilar vositasida tinch yoʻl bilan hal etilmagach, Amir Temur Xorazm hududiga besh marotaba yurish qildi. Birinchi yurishi 1371-yil yoz (iyul)ida Kat shahrini egallash bilan yakunlandi. Amir Temurning 1373-yil bahori va 1375-yil yozida Xorazm tomonga qilgan ikki yurishi natijasiz tugadi. Bu asnoda Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamish bilan ittifoq tuzib olgan Xorazm hukmdori Yusuf soʻfi, uning yordamida Amir Temur davlati hududlariga bir necha bor yurish qilib, Qorakoʻl viloyati va Buxoro tumanlarini talon-taroj etdi. Bunday vaziyat shubhasiz, 1379-yilda Amir Temurni toʻrtinchi marotaba Xorazmga qoʻshin tortishga majbur etdi. Lekin, bu yurish ham avvalgilari kabi sulh tuzish bilan tugadi. Biroq shunga qaramay, Yusuf soʻfi ilgari Xorazmning Chigʻatoy ulusiga tegishli boʻlgan janubi-sharqiy (Kat va Xiva shaharlari birga) qismini yana qaytadan bosib oldi. Amir Temur davlatiga nisbatan Yusuf soʻfining tutgan bunday tajovuzkorona siyosati Xorazm ustiga Amir Temurning beshinchi marta yurish qilishiga sabab boʻldi. 1388 yilda Xorazmning poytaxti vayron etilib, uning hududlari Amir Temur davlatiga boʻysundirildi.
Bu orada Amir Temur Moʻgʻuliston hokimi Qamariddin bilan ham toʻqnashib qoldi, chunki bu davrda uning Movarounnahrga boʻlgan talonchilik xurujlari kuchayib ketgandi. 1370 —13 71 yillarda u Toshkent va Andijon ustiga bir necha bor bosqin qilib, talab qaytgandi. 1376 yilda esa Qamariddin hatto Fargʻona vodiysining talaygina qismini bosib oldi. Amir Temur mamlakatning shim.-sharqiy hududlariga nisbatan boʻlayotgan muttasil taxdidni bartaraf qilish uchun Qamariddinga jiddiy zarba berishga kirishadi. Yigirma yil (1371 —1390) mobaynida Sohibqiron Moʻgʻulistonga yetti marta yurish qilib, moʻgʻul hukmdorlari Anqotoʻra va Kamariddin ustidan gʻalaba qozondi. Shu zaylda Amir Temur Movarounnahr va Xorazmda ichki tarqoqlik, oʻzaro nizolar, shuningdek Moʻgʻuliston tomonidan boʻlib turgan tazyiqqa chek qoʻyib, ushbu hududda yashovchi elu elat va xalqlarni yagona davlatga birlashtirdi. Bu shubhasiz, Movarounnahr aholisi taqdirida ijobiy ahamiyat kasb etdi.
Ammo, Amir Temur bu bilan qanoatlanmadi. Tez orada u qoʻshni davlatlar va xalqlar ustiga yurish qilib, ularni oʻziga boʻysundirish va markazlashgan buyuk saltanat barpo etishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi. Bu davrda Oltin Oʻrda, Xuroson va Erondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat uning uchun juda qoʻl keldi. Amir Temur harbiy yurishni Xurosondan boshladi. 1381-yil u Hirotni egalladi. Saraxs, Jom va Qavsiya sh.lari jangsiz taslim boʻldi. Xuroson, xususan uning poytaxti Hirot strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega boʻlib, Eron, Iroq, Shom va boshqa mamlakatlarga oʻtishda koʻprik vazifasini oʻtardi. 1381 —1384 yillar davomida Amir Temur Eronning katta qismini egalladi. Avval (1381) Kalot, Turshiz va Sabzavor, keyin (1383) Seistonning Zireh, Zova, Farah va Bust qalʼalari, 1384 yilda esa Astrobod viloyati va Ozarbayjonning Omul, Sori, Sultoniya va Tabriz sh.lari boʻysundirildi.
Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga uch marta lashkar tortdi. Bu yurishlar tarixda "uch yillik", "besh yillik" va "etti yillik" urushlar nomi bilan mashhur. Uch yillik (1386 — 1388) harbiy yurishlar oqibatida Jan. Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Van koʻli atrofidagi yerlar egallandi.
Amir Temur shu bilan birga shim.-gʻarbdan, yaʼni Oltin Oʻrda tomonidan boʻlayotgan tazyiqqa barham berish maqsadida Toʻxtamishga qarshi uch marta qoʻshin tortishga majbur boʻldi. U 1389-yilda Dizaq (Jizzax)ning Achchiq mavzeida, 1391-yilning 18-iyunida (hozirgi Samara bilan Chistopol sh.lari oraligʻida joylashgan Qunduzcha (Kondurcha) daryosi vodiysida (qarang Qunduzcha jangi) va nihoyat, 1395 yilda (28 fevral) Shim. Kavkazda Terek daryosi boʻiida Toʻxtamish qoʻshiniga kakshatqich zarba beradi (qarang Terek daryosi boʻyidagi jang). Amir Temur harbiy yurishlari oqibatida Quyi Idil (Volga) viloyatlari, Saroy Berka, Saroychik va Hojitarxon (Astraxon) kabi shaharlar gʻorat qilindi. Amir Temur Toʻxtamishni quvib Ryazan viloyatigacha bordi va Yelets shahrini ishgʻol qildi. Sharafuddin Ali Yazdiy Amir Temurning Moskva yurishini shunday taʼriflaydi: "Sohibqiron Maskavga sorikim, Rusning shaharlaridan erdi, tavajjuq qildi. Anda yetkonda nusratshiʼor cheriki ul viloyatni (shahar va atrofini) chobtilar va andagʻi hokimlarni tobeʼ qildi. Va cherikning eliklariga sonsiz mol tushti..." ("Zafarnoma", 179-bet). Bu urushda Azaq (Azov), Kuban va Cherkas yerlari ham kuchli aziyat chekdi. Qizigʻi shundaki, Amir Temur Idilning Turotur kechuvi boʻyida Oʻrusxonning oʻgʻli Quyrichoq oʻgʻlonni chaqirtirib, unga qoʻlga kiritilgan sobiq Joʻchi ulusini inʼom etdi. Rossiya tarixchilari B. D. Grekov va A. Yu. Yakubovskiyparnmnt yozishlaricha, Amir Temurning Toʻxtamish ustidan qozongan gʻalabasi, faqat Markaziy Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek tarqoq Rus knyazliklarining birlashishi uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan.
Shundan soʻng Amir Temur butun eʼtiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo va Hindiston yerlarini uzil-kesil zabt etishga qaratdi. U besh yillik (1392-1396) urush davomida Gʻarbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egalladi, natijada muzaffariylar va jaloiriylar sulolasining hukmronligi barham topdi.
Amir Temurning Hindiston ustiga qilgan urushi (1398-yil may — 1399-yil mart) qariyb oʻn bir oy davom etdi. Amir Temur Hindistondan katta oʻlja, shu jumladan 120 jangovar fil bilan qaytdi. Oʻljalarning bir qismi qoʻshinga taqsimlab berildi, qolgani Samarqand va Kesh shaharlarida olib borilayotgan qurilishlarga sarflandi.
Amir Temurning 1399-1404 yillarda olib borgan harbiy yurishlari natijasida Shomning Halab (Aleppo), Xums, Baalbek (Baʼalbak), Dimishq (Damashq) kabi yirik shaharlari va Iroqi Arabning Ubuliston oʻlkasi (qad. Kappadokiya) bilan Bagʻdod, shuningdek Turkiyaning katta qismi zabt etiladi. Anqara jangida Amir Temur jahonning buyuk sarkardalaridan biri Boyazid Yildirim ustidan gʻalaba qozondi. Turkiya sultoni asirga olindi. U bilan birga xotini serb malikasi Olivera, oʻgʻillari Muso va Iso Chalabiylar ham asirga tushdilar. Soʻng , Amir Temur Anadolu ya. o.ni egallab, Oʻrta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etdi va salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham berdi. Soʻngra, Egey dengizida joylashgan Xios va Lesbos o.laridagi Genuya mulklarining hukmdorlari unga taslim boʻldilar, Misr ham oʻz itoatkorligini izhor etdi. Amir Temur Anqara, Nikeya, Bursa va Izmir shaharlarini egallab, Vizantiya va butun nasoro olamining Boyazidga yigʻib bergan bojlaridan iborat katta boylikni qoʻlga kiritdi. Birgina Bursa shahridan olingan oltin va javohirlarning oʻzi kattagina karvonga yuk boʻlgan. Bandi qilingan Boyazid oʻrdugohga olib kelingach, Amir Temur unga hurmat va ehtirom koʻrsatdi. Uning vafotidan soʻng (1403-yil 9-mart) esa vorislariga himmat koʻzi bilan boqib, ularga beqiyos muruvvatlar qildi. Chunonchi Boyazidning toʻngʻich oʻgʻli Sulaymon Chalabiyni turklarning Yevropadagi viloyatlariga hokim etib tayinladi. Edirne (Adrianopol) sh. uning poytaxti qilib belgilandi. Anadoluning shim.-gʻarbiy qismi suyurgʻol sifatida Iso Chalabiyga inʼom qilinib, Bursa sh. uning poytaxtiga aylantirildi. Usmonli turklar davlatining markaziy qismini boshqarishni Muso Chalabiyga topshirdi.
Amir Temur Usmonli turklar davlatini butunlay bosib olish niyatida boʻlmagan, chunki u Yevropa davlatlarining Yaqin Sharq mamlakatlariga nisbatan tajovuzkorona niyatda ekanligini yaxshi tushunar edi. Shuning uchun ham Amir Temur Usmonli turklar davlatini saqlab qoldi va Boyazidning vorislariga muruvvat qoʻlini choʻzdi. Shunday boʻlsada, Boyazid ustidan qozonilgan bu gʻalaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1407) tabriklab, unga maxsus maktub yubordilar. Chunki Amir Temur endigina uygonayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.
Amir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgach, 1404-yil 27-noyabda 200 ming qoʻshin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning Oʻtrorda vafoti (1405-yil 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoldi.
Temuriylar davlati hududi shimolda Ili daryosi va Xorazm (Orol) dengizidan janubda Fors qoʻltigʻiga qadar, sharqda Xitoy va Hindistondan gʻarbda Trapezunt (Qora dengiz)ga qadar ulkan maydonni qamragan. Davlat tuzilishi, qonun va qoidalari jihatidan Temuriylar musulmon Sharqida oʻrta asrlarda hukm surgan davlatlardan katta farq qilmasada, ammo uning boshqaruv tizimi Turkiston va Movarounnahr davlatchiligining asriy anʼanalari, saltanatga kirgan mamlakatlar bilan madaniy aloqalar asosida yangi tartib va qoidalar bilan takomillashtirilgan.
Temur ibn Taragʻoy Bahodir (1370-1405); Shohrux ibn Temur (1409-1447); Ulugʻbek ibn Shoxrux (1447-1449); Abu Sayd ibn Sulton Muhammad (1458-1469);Movarounnahrda (poytaxti Samarqand): Xapil Sulton (1405—09); Ulugʻbek (1409-1449); Abdullatif (144950); Abdullo Mirzo (1450-1451); Abu Sayd ibn Sulton Muhammad (1451-1469); Sulton Ahmad Mirzo (1469-1494); Sulton Mahmud Mirzo (1494-1498); Sulton Ali Mirzo (1498-1500).
Xurosonda (poytaxti Hirot): Shohrux (1396-1447); Ulugʻbek (1447-1449); Abulqosim Bobur (1449-1457); Shoh Mahmud Mirzo (1457); Abu Savd ibn Sulton Muhammad (1458-1469); Yodgor Mirzo (1470), Husayn Boyqaro (1470-1506); Badiuzzamon ibn Sulton Husayn (1506—1507); Muzaffar Mirzo (1506-1507).
Siyosiy hayot. Nigʻoyatda kengayib ketgan davlat Amir Temur vafotidan soʻng vorislar oʻrtasidagi nizolar natijasida zaiflasha boshladi. 1405-yilning 18 mart kuni Mironshohning oʻgli Xalil Sulton Samarqandni egallab, oʻzini Movarounnahrning hukmdori deb eʼlon qiladi. Oqibatda shahzoda, amir va viloyat noiblarining noroziligi kuchayib, isyon va galayonlar koʻtariladi. Dastavval Fargʻonada Xudoydod bilan Shayx Nuriddin Xalil Sultonga qarshi qoʻzgʻalib, Oʻratepa va Fargʻonani egallab oldi. Bu davrda Xurosonda Shohrux, Balx, Gʻazni va Qandahorda Pirmuhammad; Gʻarbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshohnnng oʻgʻillari Umar Mirzo va Abubakr Mirzo qokimi mutlaq boʻlib oladilar. Turkiston, Sabron, Oʻtror, Sayram viloyatlari amir Berdibekning tasarrufiga oʻtadi, Oltin Oʻrda amirlaridan Idiku Xorazmni zabt etadi. 1405 — 1408 yillarda Balx, Xuroson, Seyiston, Kermon va Ozarbayjonda temuriy shahzoda va ayrim amirlarning birinketin koʻtarilgan gʻalayonlari kuchayib ketadi. Valiahd Pirmuhammad bunday gʻalayon va fitnaning qurboni boʻladi (1407-yil 22 fevral). 1408-yil 22-aprel kuni qoraqoʻyunli turkmanlarning yetakchisi Qora Yusuf bilan boʻlgan jangda Mironshoh halok boʻlib, Ozarbayjon va Iroq viloyatlari temuriylar qoʻlidan ketadi.
XVasrning 20-yillarida bu ulkan mamlakat 2 davlatga boʻlingan edi. Ulardan biri Amudaryodan jan.da joylashgan boʻlib, uni Shohrux boshqargan (markazi Hirot shahri) edi. Ikkinchisi esa, Amudaryodan shim.da — Movarounnahr va Turkistonda vujudga kelib (poytaxti Samarkand shahri) uni Ulugʻbek idora etgan edi.
Ulugʻbek otasi Shohruxning koʻmagi bilan avval (1413) Xorazmni, soʻngra (1415) Fargʻona va Qoshgʻarni oʻz tasarrufiga olib, davlatining gʻarbiy va sharqiy chegaralarining xavfsizligini taʼminlagan bulsada, ammo uning shimoliy va shimoli sharqiy tomonlari xavotirli edi. Shu boisdan XV asrning 30—40y.lari otasi Shohrux bilan birga Dashti Qipchoqda Abulxayrxon bilan kurash olib borishiga toʻgʻri keladi. Chunki koʻchmanchi chorvadorlar Movarounnahrning viloyatlariga muttasil bostirib kirar va oʻtroq aholini gʻorat qilar edi. Movarounnahrni idora etishda, ayniqsa, tashki siyosatda Ulugʻbek Temyuriylarning bosh hukmdori Shohruxning irodasini izchil amalga oshiradi. Tashqi va ichki siyosatga aloqador har qanday masalani u otasi bilan maslahatlashib va kelishib, uning rozirizoligi bilan hal etgan.
Shohrux 1447-yil 12-mart kuni nevarasi Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray viloyatida olamdan oʻtadi. Shohrux vafotidan soʻng , Xuroson va Movarounnahrda temuriy shahzodalar oʻrtasidagi nizolar yana avj oladi. Bu kurash oqibatida zamonasining mashhur olimi va hukmdori Mirzo Ulugʻbek 1449-yil 27 oktabrda 55 yoshida Samarqand yaqinida fojiali suratda halok boʻladi. Ulugʻbek Movarounnahrni 40 yil (1409—1449) idora etdi. Bu davrda mamlakatning siyosiy hayotida keskin kurash davom etganligiga qaramay, u shiddatli harbiy yurishlar uyushtirishga intilmadi. Aksincha, u oʻz davlatini mustahkamlashga, mamlakat birligini saqlab qolishga va madaniy hayotni koʻtarishga harakat qildi. Ulugʻbek fojiasidan soʻng , hokimiyatga bir vaqtning oʻzida Samarqandda Ulugʻbekning kuyovi Abdullo Mirzo, Buxoroda esa Mironshohning nabirasi Sulton Abu Saidlar podshoh qilib koʻtariladi. Abdullo Mirzo mamlakatda barqarorlikni tiklash uchun barcha choralarni koʻradi, ammo Temuriylar taxtida uzoq vaqt oʻtira olmaydi. Avval u amakivachchasi Abu Said bilan, soʻngra qarindoshi Alouddavla bilan kurashadi. Muhorabada ittifoqchilar gʻalaba qozonadi. Abdullo Mirzo jangda halok boʻladi. Abu Said Abulxayrxon yordamida Samarqandni egallab, Movarounnahrga hokim boʻlib qoladi.
Temuriylar mulkining Xuroson qismi bu davrda Shohruxning nabirasi Abulqosim Bobur tasarrufida edi. 1457-yilgacha u Xurosonni oʻz qoʻlida tutib turadi. Har ikkala davlat oʻrtasida nizo kuchayib bordi. Yozma manbalarda qayd etilishicha, Xurosonda boshboshdoqlik avj olib, u boʻlaklarga boʻlinib keta boshladi.
1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etgach, Abu Sayd Hirot shahrini egallab, saltanatning har 2 qismini birlashtiradi. Bu davrda Sulton Husayn (Umarshayxning nabirasi) Xorazmni egallab oladi.
1469-yil bahorida Abu Sayd (Ozarbayjon, Gʻarbiy Eron va Iroqqacha boʻlgan viloyatlarni egallab turgan) oqqoʻyunli turkmanlarga qarshi yurish qiladi. Mugʻon (Ozarbayjon) choʻlida Uzun Hasan bilan boʻlgan jangda Abu Said halok boʻladi. Otasining oʻlimidan soʻng , Abu Saidning vorislari Sulton Husayn bilan toʻqnashmay Movarounnahrga qaytadilar. 1469-yilning 24-martida Sulton Husayn Xuroson hokimi sifatida Hirotning taxtini egallaydi. Natijada Temuriylar mulki yana 2 mustaqil qismga boʻlinib ketadi.
Movarounnahrda Abu Saidning oʻgʻillari Sulton Ahmad Mirzo, Sulton Mahmud Mirzo va Sulton Ali Mirzo hokimlik qiladi. Bu davrda Movarounnahr ham oʻzaro ixtilofdagi shahzodalar va mulkdor zodagonlarning viloyat hokimliklariga boʻlinib ketadi. Mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida sufiylik taʼlimotining yirik namoyandalari, xususan Xoja Ahrornmng taʼsiri kuchayadi, hatto u siyosiy hayotda ham muhim rol oʻynay boshlaydi. Masalan, mamlakat urush xavfi ostida qolib, elyurt boshiga ogʻir tashvishlar tushgan paytda Xoja Ubaydulloh Ahror bir necha bor uni bartaraf qilishga jonbozlik koʻrsatadi.
Sulton Husayn Boyqaro idora qilgan davlat Sharqiy va Shimoliy Eron viloyatlari va Xorazmni birlashtirgan edi. U Temuriylarning qariyb 40 yil hukm surgan soʻnggi yirik hukmdori boʻlib, unda siyosiy vaziyat maqtarli darajada osoyishta emas edi. Xurosonda betoʻxtov davom etgan oʻzaro urushlarga, shahzoda va amirlarning boshboshdoqligiga qaramay mamlakat aholisining turmush tarzi va madaniy hayoti Movarounnahrdagiga nisbatan yuksakroq edi.
Ammo mamlakatning siyosiy hayotida kuchayib borayotgan keskinlik ichki munosabatlarda tobora taʼsiri ortib borayotgan Dashti Qipchoklik oʻzbeklarning Movarounnahrda hokimiyatni qoʻlga olishini hamda Temuriylar sulolasining zaiflashuvini yanada tezlashtirdi.
O’zbekiston davlatchiligi tarixi fanining o’rta asrlar davrida Sohibqiron Amir Temur , avvalo, adolatli va qonunchilikka tayangan davlatchilik asoslarini barpo etdi. Saltanatning boshqaruv tizimini yaratishda o’sha davrning yirik va ko’zga ko’ringan shayxlari, sayyidlari, fozillar, olimlar va o’z pirlarining o’gitlari hamda maslahatlariga tayangan edi. Misol uchun ‘’Tuzuklar’’da keltirilishicha , Amir Temurga piri Abu Bakr Zayniddin Toyobodiy shunday o’git beradi; ‘’ Agar har narsani va har kimni o’z martabasida saqlay olmasang , saltanatingga bunday ko’p halal va ziyon yetgay. Demak, harkimning qadr-qimmatini, tutgan mavqeini va har narsaning o’lchonini belgilab olishing va shunga muvofiq ish tutishing kerak’’.
Amir Temur va Temuriylar jamiyatida dinning, din kishilarining mavqeyi shu u qadar yuqoriediki hukmdorlar bir ish boshlashdan avval Qur’oni karimdan fol ochar, pirlar, ustozlardan maslahat olar edilar1.
Jamiyat rivoji to’lida barcha ijtimoiy tabaqalar faoliyatini nazardda tutib ish ko’rish maqsadida jamiyat o’n ikkita tabaqaga bo’lib chiqilgan edi. Albatta bu tabaqalarning eng yuqorisidabirinchi, eng yuqori toifaga - sayyidlar, ulamolar,, shayxlar, va fozillar turgan. 2
Ular hukmdorga eng yaqinlar bo’lib’ saroyga doimo kelib-ketib, majlislarni bezab turganlar. Halol va haromga oid masalalarni hukmdorlar shu toifadan o’rgangan.
Zafar yo’lida keltirilishicha shaxsan Amir Temur bir tush ko’rsa ham pirlari oldiga oshiqar, doimo ularning ko’rsatmalariga rioya qilgan holda ish ko’rishni odat qilgan edi.
Mana shu faktlarning o’zi ham ko’rsatadi Temuriylar jamiyatida din ulamolarining mavqeyini.


Download 97.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling