Amir temur davrida harbiy va diniy unvonlar
Download 97.34 Kb.
|
AMIR TEMUR DAVRIDA HARBIY VA DINIY UNVONLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsad va vazifalari
- Kurs ishi mavzusini o’rganilish darajasi.
Mavzuning dolzarbligi. Amir Temur va temuriylar davri diyorimiz tarixida eng gullab yashnagan davlatchilik davrlaridan biridir.Tariximizning eng faxrlanadigan,taraqqiyotda o’zini jahonga bor bo’yi bilan ko’rsatgan davr ham shubhasiz ushbu davrdir.Temur va temuriylar davri bo’yicha manbalar shunchalik ko’pki, ulardagi malumotlar ko’pligidan tarixchi tadqiqotchilar xolis tarixni yoritish va o’rganishda judayam ko’p qiyinchilikga duch kelishadi.Darsliklardagi malumotlar bir birini inkor etganini ko’p guvohi bo’lamiz.
Temur va temuriylar davlati boshqaruv atributlarini alohida-alohida mavzularga bo’lib tadqiqot sifatida o’rganilsa biz tarixchilarning xolis tarixni yaratish maqsadimizga sezilarli darajada yaqin kelinadi.Davlatning eng muhim asoslaridan birini diniy-huquqiy tizim tashkil etgani holda, ushbu kurs ishi mavzusi ham temuriylar davlatchiligi tarixini o’rganishda o’ta muhim hisoblanadi. Kurs ishining maqsad va vazifalari.Temur va temuriylar davlatida mavjud bo’lgan diniy unvon,mansab,kasb,vazifa,martaba va faxriy nomlar va ularga tayinlash tartibi, diniy soha vakillariningning jamiyatdagi mavqeyi haqida malumot berish orqali mavzuni to’la ochib berish. O’rganilayotgan mavzuni to’g’ri yoritishda ilmiylik, tarixiylik, xolislik, qiyosiy va tanqidiy o’rganish tizimlilik tamoyillariga amal qilindi.Kurs ishining metodologik asosini ishlab chiqishda “Temur tuzuklari”, birlamchi manbalardan NizomiddinShomiyning ‘’Zafarnoma’’, Abdurazzoq Samarqandiyning ‘’Matla sadayn majmai bayrayn’’, ‘’ Muiz ul ansob’’ , Zahiriddin Muhammad Boburning ‘’Boburnoma’’, ‘’Alisher Navoiy asarlari izohli lug’at’’, Muiniddn Natanziyning ‘’Muntaxab ut-tavorixi Muiniy’’, Fasix Xavofiyning ‘’Mujmali Fasixiy’’ asarlari va ilmiy tadqiqot asarlari shuningdek bir qator monografiyalar muhim rol o’ynaydi. Kurs ishi mavzusini o’rganilish darajasi. Yurtimiz tarixining ushbu o’rganilayotgan davrida diniy sohani o’rganish, o’ta muhim va chetda qoldirilishi xato bo’lgan harakat hisoblanadi. Ushbu mavzu atrofida yetuk olim va mutaxasislar tadqiqot ishlarini olib borishgan. Mustaqillik davrida amalga oshirilgan tadqiqotlar orasida X.Mamatovning ishini ham aloxida kursatib o’tsak. Unda olim “Temur tuzuklari”ning yaratilishi va o’rganilishini tadqiq etish orqali Amir Temur davlatining tashkil topishi, taraqqiyoti uning siyosiy qarashlari shakllanishiga tasavvuf ta’limotining ko’satgan ta’siri, davlat boshligi to’g’risidagi muloxazalari, bu davrdagi davlat boshqaruvi, qonunchilik hamda xuquqiy tartibot masalasiga keng to’xtalib, mavzuning yuridik moxiyatini ochib bergan. Tadqitqotchi S.Xidirov esa Amir Temur davlatining tashkil topishi, rivojlanishi, bu davr goya va mafkurasi, ularning davlat boshqaruviga ta’siri, amaldagi davlat boshqaruv shakli, xalqaro munosabatlar xuquqi borasida izlanishlar olib borgan. B.A.Usmonov “Amir Temur xayoti va davlatchilik faoliyatining Rossiya tarixshunosligida yoritilishi” nomli ilmiy ishida mavzuning rus tarixshunosligi masalasi keng taxlil etilgan. Bundan tashqari, B.Axmedov, A.O’rinboyev, D.Yusupova, A.Axmedov. U.Uvatov, O.Bo’riyev, B.Mannonov, B.Eshov, A.Ziyo, Sh. O’ljayeva, A.Boqiyev, Z.Yo’ldosheva kabi ko’plab olimlar va tadqiqotchilar Sharqshunoslik instituti fondida, chet el kutubxona va arxivlarida saqlanayotgan Amir Temur davriga oid birlamchi manbalarni o’zbek va rus tillariga o’girish bilan birgalikda keng ko’lamli ilmiy tadqiqotlar olib bordilar va noyob ma’lumotlarni ilmiy muomalaga kiritdilar. Download 97.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling