Amir temur davrida harbiy va diniy unvonlar
Download 97.34 Kb.
|
AMIR TEMUR DAVRIDA HARBIY VA DINIY UNVONLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shamsiddin Kulol
-Shohi g’oziy50- manbalarda bir bora Amir Temur shu nomda eslanib o’tilgan;
-Muiziddin51- Sulton Shobiddunni “Tabaqoti Nosiriy” kitobida va ba’zi hind manbalarida Muiziddin (dinni ezozlovchi) deb yozganlar; -Mulla modarzod- Mullazodai Mullo Usmon Ulug’bek Mirzo zamonida 14 yoshida dars aytgani uchun Mulla modarzod (tug’ma mulla) der ekanlar52; -Hofiz53- qorilarga berilgan nom Qo’shimcha sifatida aytish mumkinki, Ibn Arabshox o’zining “Ajoyib ul-maqddur fi tarixi Taymur” asarida shu davrda Samarqandda yashab ijod qilib o’tgan faqix olimlardan mavlono Abdumalik’ Numoniddin Xorazmiy, Xoja Abdulavval, Isomiddin ibn Abdumalik, muhaqqiq olimlardan mavlono Sauddin at-Taftazoniy, Sayyid Sharif Muhammad Jurjoniy, Shayx Shamsuddin Muhammad ibn al-Jazoriy, Xoja Muhammad az-Zohid Buhoriy, qorilardan mavlono Faxruddin, Qur’onni qiroatda ham , savtda ham mavjid bilan yod olgan kishilardan Abdulatif ad-Domg’oniy, mavlono Asaduddin, Sharif Hofiz Husayniy, Maxmud Muxriq al-Xorazmiy va Jamoluddin Ahmad al-Xorazmiy haqida eslab o’tgan. Shunday qilib din ulamolari, tasavvuf vakillari Temuriylar davlati va jamiyati diniy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy hayotiga faol ishtirok etgan. Ta’lim tizimi, diniy mafkura ishlaridan tashqari davlat boshqaruvi va hatto , tashqi diplomatik munosabatlarda ham katta o’rin tutgan. Hukmdorlar ulardan din ishlaridan tashqari, davlat boshqaruvi masalalarida ham tayanch din ulamolari bo’lgan. Shamsiddin Kulol (?— 1360 yilgacha, Kesh) — shayx. Sharafuddin Ali Yazdiy "Zafarnoma" asarida bergan maʼlumotiga koʻra, Amir Taragʻoyning piri. "U qadrli shayx Shamsuddin Kulolga sidqidildan ixlos qilardi va uning muborak kabriga (ziyorat uchun) tez-tez borib turardi", deb yozadi Ali Yazdiy. Shamsiddin Kulol tasavvufda suhravardiylik tariqatiga mansub boʻlgan. Ayni paytda u xojagon tariqatiga qam hurmat bilan qaragan. Sohibqiron Amir Temurning ham unga nisbatan ixlosi juda kuchli boʻlgan, saltanatni boshqargan chogʻlarida xam Shamsiddin Kulol qabrini ziyorat qilib turgan. 1373-1374-yil. Amir Temur Shamsiddin Kulol qabri yonida bir gumbazmaqbara qurdiradi va otasining xokini oʻsha yerga koʻchirtirib, Shamsiddin Kulol qabrining qibla (gʻarb) tomoniga dafn etadi . Download 97.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling