Amir yalangtush bahodir davrida samarqandning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti
Yalangtush Bahodir faoliyati rus tadqiqotchilari tomonidan o'rganilishi
Download 0.61 Mb.
|
Yalangtush Bahodirbiy Mamasoliyev Xurshid
1.2 Yalangtush Bahodir faoliyati rus tadqiqotchilari tomonidan o'rganilishi.
Buyuk shaxslarning tarixda tutgan o‘rnini anglash zarurati, avvalo, ushbu shaxslarni personografik jihatdan har tomonlama o‘rganishni talab qiladi. Albatta, arboblar tarixini personografik jihatidan o‘rganish, shaxs faoliyati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lish, tariximizning yangi sahifalarini ochib berishga xizmat qiladi20. Yalangtush Bahodur keyingi faoliyatida sarkardalikka chek qo‘yib, Alloh roziligi uchun bunyodkorlik ishlariga kirishadi. Musulmon olamiga xos bo‘lgan amal-sadaqai joriya yo‘lini tutib, ko‘pchilikka xizmat qiluvchi masjid, madrasalar qurdiradi. Yalangtush Bahodir davri arxitekturasi keladigan bo‘lsak, bu davr Amir Temur va Mirzo Ulug‘beklar davridan keyingi, O‘rta Osiyodagi xonliklar davriga to‘g‘ri kelib, o‘shanda Samarqand Buxoro xonligiga qarar edi. Biroq, Yalangto‘sh Bahodir Samarqandni mustaqil tarzda boshqarish sharafiga ega bo‘lgan va hokim sifatida erkin harakat qilgan21. Uning bunyodkorlik ishlari xususida personografik jihatdan “Tavorixi al kibor” asarida quyidagi fikrlar keltirilgan: “Imomquli Bahodurxonning podshohlig‘i zamonida bo‘lib erdikim, sana 1027 imorat qilinib erdi. Mavlono Yalangto‘sh Bahodur alchin amirlaridan erdi, yigitlik zamonida ulug‘ podshohlarning xizmatlarida bo‘lib, ovozasi yetti iqlimg‘a tushub erdi har yerda yog‘iy u, sarkash bor ersa oning qilich haybatidan qo‘rqub, oning tig‘i zarbidin qochmay turolmas erdi va qirg‘iz, qozoq va qalmoq, iroq odamlari unga tobeliq qilurg‘a ittifoq ilinjida erdilar. Oxir podshohlar xizmatin tark etib madrasa va xonoqoh misllik imoratig‘a xolis Alloh uchun mashg‘ul bo‘ldi. Andoqkim ta’rix sana 1028 ming yigirma sakkiz erdikim Samarqand viloyatida Ulug‘bek mirzoning madrasasi baroborida bir madrasa bino qildikim katta va qolinliq jihatidan ta’rifi bayon maydonig‘a sig‘mas” (Tavorix al kibor, № S 464 185 –186 vv)22. Yalangtush Bahodir davrida Samarqand arxitekturasi va shaharsozligidagi o‘zgarishlar bu yerdagi Amir Temur va Mirzo Ulug‘beklar davridagi rivojlanishlardan o‘zining sifat darajasi va g‘oyaviy yaxlitligi bilan kam bo‘lmadi. Yalangtushbiy qurdirgan bu ikki madrasa Samarqandda Registon maydonining yaxlit ansambli bo‘lib shakllanishiga olib keldi. Aynan ansamblsozlik sanʼati jihatidan ulardan o‘zib ketdi va yangi g‘oyaviy yechimlar yuzaga keldi. O‘rta Sharqning boshqa shaharlari ( Hirot, Agra, Dehlida) ham shakllanadi. Bugungi kunda o‘tmishimiz faxri, ajdodlarimiz g‘ururi, sayyohlar makoni bo‘lgan bu makon hammani hayratlantirib, o‘zining mahobatini namoyish etib turibdi. Registonning o‘ziga xos «drenaj” tizimi mavjud bo‘lib, Mirzo Ulug‘bek davrida madrasa, karvonsaroy, xonaqoh va boshqa meʼmoriy yodgorliklar majmuasi maydonida bahorgi va qishki yog‘ingarchilikdan to‘planadigan suvni tashqariga chiqarib tashlash uchun tegishli ehtiyot chorasi ko‘rilgan. Bu ishlar maxsus akveduklar yordamida amalga oshirilgan. Akveduk pishiq g‘ishtdan arkasimon shaklda qurilgan. Uning poli ustiga sopol quvur yotqizilgan, yaʼni o‘sha davrdagi yer osti kanalizatsiyasi Registon maydonidan g‘arbga tomon, mashhur Ko‘ksaroy qalʼasi sharqidan o‘tgan qadimgi soyga ulangan. Ulug‘bek zamonasidagi qurilish obʼektlarining o‘ziga xos kompozitsiyasi madrasaning koshinkor devorlari qurib, erkin «nafas” olish imkoniyatiga ega bo‘lgan23. Yalangtushbiy Registon maydonida har xil imoratlar qurib aralashtirib yubormay, faqatgina bir xil obidalar guldastasini barpo etishga intilgan. Samarqand shahri tarixi haqida maʼlumot beruvchi “Samariya” asarining “Samarqand va uning atrofidagi serbarakot mozorlarning alomatlari va ularning nomlari bayoni va mashhur sifatlari to‘g‘risida”gi bobida “Samarqand shahrining ichidagi Sherdor va Tillokori madrasasi va jameʼalarning egasi Yalangtushbiy otaliq dahbedliklar silsilasiga doxil bo‘lib, uning o‘g‘li shayx Hoshimning muridi bo‘lganligi” aytib o‘tiladi. Yalangtush Bahodur Sherdor va Tillakori inshootlaridan tashqari Dahbedda maxdumi Aʼzam sharafiga 1618 yilda mozorining janub tomonida keng va yuksak bir dahmali xonaqoh, ikki masjid, qirq hujrali yangi madrasa bunyod ettirgan (afsuski bu madrasa bizgacha yetib kelmagan). Mozorni o‘rab turgan devor va ravoqli darvozani esa so‘z ketayotgan davrning yana bir zabardast davlat arbobi Nodir devonbegi (1568-1644) qurdirgan24. Xonaqohning shimoliy qismidagi, 17,6 metrga 16,6 metr o‘lchovdagi deyarli kvadrat shaklga ega dahma Samarqandning kulrang marmaridan ishlangan bo‘lib, balandligi — 1,55 metr, burchaklari marmar yarimustunlar bilan bezatilib, Qurʼon oyatlari bilan ziynatlangan. Yalangtush Bahodirning Xoja Hoshimning ikki o‘g‘liga turmushga chiqqan qizlari — Iqlimabonu va Oybibining qabrlari ham shu yerda joylashgan25. U o‘z vasiyatiga ko‘ra, o‘zi qurdirgan Dahbeddagi Maxdumi Aʼzam xonaqohiga, piri Xoja Hoshimiy Dahbediy (Maxdumi Aʼzamning avlodi) qabrining oyoq tomoniga dafn etiladi. Amir Yalangto‘shbiy shunday vasiyat qilgan ekan: “Meni pirim Hazrati Xoja Hoshimiy Dahbediyning oyoq tomonlariga qo‘yingiz; pirimning ziyoratlariga keluvchilar mening qabrimni bosib o‘tsinki, men pirimga yarashgulik xizmat qila olmadim”. Yalangtush Bahodurning qizlari-malika Iqlima Bonu va malika Oybibining qabrlari ham otasi qabri kabi Maxdumi Aʼzam xonaqosidadir. Bundan tashqari bu yerda Afg‘oniston shohlari Hidoyat ibn Shoxqosim, Shox Saodat (ular XVII asrning ikkinchi yarmida vafot elishgan), Amir Sultonqulilar ham dafn etilgan. Go‘ri Mir maqbarasini hisobga olmaganda boshqa biror joyda bir pirning oyoq ostida bunchalik ko‘p hukmdorlar yotishmagan. Hozirgi Mahdumi Aʼzam avlodlarining Xojakaloniy tabaqasining baʼzilari ota tomondan Maxdumi Aʼzam avlodi bo‘lishsa, ona tomonidan Yalangtushbiy Bahodir avlodi hisoblanishadi. Barcha zamonlarda buyuk ishlar ulug‘ shaxslar tomonidan amalga oshirilgan. Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi yillarida Yalagto‘sh bahodur tomonidan amalga oshirilgan xayrli ishlar va barpo etilgan inshootlar davr mahobatini ko‘z-ko‘z qilib, ilmu maʼrifatli ajdodlarimiz aql zakovati darajasini isbotlab turibdi. Shubhasiz, shular singari Yalangtush Bahodir Markaziy Osiyo ijtimoiy siyosiy va madaniy hayotida muhim o‘rin tutadi. Samarqand shahri to‘rt marta qayta obod etilgandir: 1.Chingiz bosqinidan so‘ng Sohibqiron Amir Temur shaharni qayta tiklatadi va unga ulug‘vor obidalar qurdirdi; 2.Mirzo Ulug‘bek davrida shaharning boshqa mavzelarida obodonlashtirishlar qatorida Registon maydoniga asos solinib, mavzeda madrasa va boshqa yuksak obidalar quriladi; 3.Amir Yalangtush Bahodir davrida ulug‘vor Sherdor va Tillokoriy madrasalari qurilib, Registon maydoni butkul shakllantiriladi hamda Yalangtushbekdan o‘rnak olgan aʼyonlar, olimu ulamolar o‘z hisoblaridan madrasa, masjid, hammom, ko‘prik, shifoxona kabi o‘nlab xalq foydalanadigan imoratu obidalar quriladikim, bunaqa hol faqatgina Temur va Ulug‘bek davrlarigagina xos hol edi; 4.Samarqandning keyingi tiklanishi Mang‘it hukmdori Amir Maʼsum – Shohmurod davriga to‘g‘ri kelgan. Bu davrda urushu qahatchilik natijasida shahar kimsasiz huvillab qolgan edi. Amir Maʼsum shaharni qayta tiriltirib, turli yurtlardan xalqlarni ko‘chirtirib keladi, obidalar quradi, buzilganlarini taʼmirlab vaqflarini tiklatadi. Tarixda Yalangtushbiy Bahodir nafaqat mashhur lashkarboshi, siyosiy arbob sifatida, balkim “Yer yuzining sayqali bo‘lmish Samarqand shahrining zamonasidagi binokori” nomi bilan ham mashhur bo‘lgan shaxs hisoblanadi26. Tarixda uch mashhur hukmdor - Amir Temur, Ulug‘bek Mirzo va Amir Yalangtush Bahodir o‘zlari qurdirgan meʼmorchilik obidalari bilan shahrimiz Samarqandni «Yer yuzi sayqali”ga aylantirishgan. Amir Temur Samarqandni poytaxtga aylantirib, naqshinkor binolar silsilasini qurishni boshlab bergan bo‘lsa, shaharning yuragi hisoblangan Registon maydoni Ulug‘bek Mirzo davrida vujudga kelgan (u vaqtda bu maydon «Sardavonak” deb atalib, taxminan «Sari jo‘yi davonak» (Tez oqar ariq boshi) maʼnosidadir. Ulug‘bek bu maydonda madrasa, xonaqoh va karvonsaroy kabi uch binodan iborat o‘ziga xos obidalar ansambilini yaratadi. O‘z davrida, Yalangtush Bahodir ham Ulug‘bekning qurdirgan bu binokorlik majmuasi tuzilishini buzmadi. M.M Abramovning yozishicha, XVII asrning birinchi yarmi shahar tarixida Alchin urugʻidan boʻlgan oʻzbek harbiy- feodal zodagonlarining koʻzga koʻringan vakili Yalangtushbiy Bahodir faoliyati bilan bogʻliq. Buxoroda markaziy hokimiyatning zaifligidan foydalanib, u mustaqil hukmdorga aylanadi, Samarqandni oʻz mulki markaziga aylantiradi. Uning nomi Sharqda juda mashhur edi. Unga Hindiston, Qandahor, Xuroson, qozoq va qalmiq rahbarlari, Kaltar xonlari va uzoq Tibetdan sovg'alar yuborilgan. Bir qancha harbiy yurishlar natijasida ko'plab harbiy o'ljalar bolan birga Yalangtushbiy Bahodir qo'lida ko'p sonli qullar (3 ming kishigacha) to'plandi. Bu esa unga bir nechta me'morchilik ishlarini amalga oshirishga imkon berdi. Imomqulixonning buyrug'i bolan (1611- yil 12- fevral xujjat) Yalangtushbiyning Samarqanddagi sotib olingan yerlar uchun soliqdan ozod qilingan.Bu hujjat Yalangtushbiyning xonlikda ulkan taʼsiridan dalolat beradi. Iste'dodli sarkardaga "otaliq" unvoni berildi, ya'ni. “ota o‘rnini egallash” . Bu Buxoro xonligidagi eng oliy unvonlardan biri edi. Samarqand shahrining obodonlashtirilishi, ayniqsa, uning buyuk hukmdorlari: Yalang tushbiy Bahodir ataliq (16II-1656) va Amir Shohmurod- biy (1785-1800) davrida juda ko'plab obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi27. Yalangtush Bahodirbiy Samarqand shahrida 46 yil hukmdorlik qilgan. Uning qarorgohi Arkda (XIV asrning 70- yillarida Amir Temur tomonidan qurdirilgan qal'a) edi. XVII asr oʻrtalaridan shaharning bu qismi “Yalangbek” deb atalgan28. Uning koʻrsatmasi va bevosita rahbarligi bilan Registon maydonida ikkita muhtasham madrasalar: Sherdor (1619-1636) va Tillakori (1646-1660) qurildi. Bu bilan, nihoyat, buyuk o‘zbek olimi Ulug‘bek boshlagan Registon maydoni loyihasi yakunlandi. Shu bilan birga, 1619-yilda Dahbet qishlog‘ini, ayniqsa, “Dahmai Maxdumi Azam” va “Dahmai Isoxon” atrofini obodonlashtirish ishlari boshlandi29. Ikkita madrasa qurilishi tugallanishi bilan talabalari oʻqishga qabul qilingan. Shunday qilib, XVII asr oʻrtalaridan to 1918- yilgacha Registon maydonidagi uchta madrasada oʻquv mashgʻulotlari toʻxtovsiz davom etdi. Ularning shuhrati butun musulmon Sharqiga tarqaldi. Turkistonning ko‘plab taniqli olimlari, shoirlari, madaniyat arboblari Samarqand madrasalarini bitirganlar. Registon maydonini yakunlash maqsadida 1619-1636 yillarda Yalangtush yo'nalishida. Sherlor madrasasi, 1646-1660 yillarda esa Tillaqori madrasasi qurilgan. Yalangtushbiy 1655 yilning oxirida, Tillakori madrasasining asosiy qurilish ishlari tugallanmagan vaqtda vafot etadi. U mashhur Dagbit mozorida (Samarqanddan 1 km uzoqlikda) ruhiy ustozi Muhammad Hoshimxo‘ja (Maxdum A’zamning nabirasi) yoniga dafn etilgan. U 1611 yilda bu yerda Maxdum A’zam Kosoniy (1542 yilda vafot etgan) maqbarasi yonida ulkan sobor masjidi (qishki yoz) qurdirdi30. Yirik rus sharqshunosi P.P.Ivanov quyidagilarni yozgan: “Buxoroda ashtarxoniylarning siyosiy nufuzi tushib ketishi o‘zbek zodagonlaridan bo‘lgan alohida buxoro feodallarining harbiy-siyosiy qudrati oshishiga olib keldi, masalan Abdulaziz xonning mashhur amaldori (otalig‘i) Yalangto‘sh biy, Samarqanddagi mashhur SHerdor va Tillakori madrasalarining quruvchisi”. D.I.Evarnitskiyning quyidagilarni yozgan: “Tillakori masjidi bizning eramizning 1618 yilida o‘zbeklarning Olchin urug‘idan bo‘lgan Yalangto‘sh Baxodir tomonidan qurilgan. SHerdor masjidi esa Abu Toxirxo‘janing guvohlik berishicha 1616 yilda yuqorida tilga olingan o‘zbeklarning Olchin urug‘idan bo‘lgan Yalangto‘sh Baxodir tomonidan qurilgan va Registonda turgan uch ajoyib binolarning eng ajoyibidir”31. V.I.Masalskiy qayd etishicha “Tillakori masjidi va madrasasi 1647 yilda o‘zbeklarning “olchin” urug‘idan bo‘lgan Yalangto‘sh Baxodir (Imomqulixonning sarkardasi) tomonidan qurilgan”.Registonning kelajagini belgilab bergan Ulug‘bek g‘oyasi va mehnati mevasi bo‘lmish madrasa qarshisida 1619-1636 yillarda qad ko‘targan SHerdor madrasasini Yalangto‘sh Bahodir Xoja Hoshimga bag‘ishlagan. M.E. Masson o‘z tadqiqotida xojagon Kosoniy (Mahdumi Aʼzam) qabri ustiga qurdirgan maqbara va tillakoriy madrasalari qurilishi uning avlodlari tomonidan davom ettirilganligiga ishora qiladi32. Ushbu tarixiy hujjatning mazmunini tahlil qilish natijasida ayon bo'ladiki, Anisim Gribov 1646-yilning noyabrida Rossiyadan Isfahonga kelganida u yerda Mashhaddan Eron shohi huzuriga jo'natilgan Alloquli ismlj chopar bilan ko'rishadi va quyidagi ma'lumotlarni aynan shu chopardan eshitib o'z hisobotiga yozib qo'yadi. Unda qayd etilishicha, Hindiston hukmdori Shohjahon Nodir Muhammaddan Balxni tortib olib, u yerga o'z qo'shinini joylashtiradi. Bundan xabar topgan Abdulazizxon va uning " yaqin kishisi " ( hujjatda aynan shunday yozilgan va uning nomi " Yalantesh kiyaz " nomi bilan berilgan ) Yalangtush Bahodir Buxorodan Balxga keladi hamda shaharni qamal qiladi. Bu vaqtda Shohjahon Balxdagi o'z odamlariga o'ttiz ming ho'kizga ortilgan oziq-ovqat va mablag' jo'natadi. Yalangtush Bahodir shu karvonni Balxga o'tkazmay ushlab qoladi va odamlarni qirib tashlaydi. Bu vaqtda Eron shohi huzuriga qochib ketgan Nodir Muhammadxon Eron qo'shini bilan Mashhad yaqinida vaziyatni kuzatib turar edi. Balxda qamalda oziq-ovqatsiz qolgan Hindiston qo'shini Nodir Muhammadxonga yashirincha elchi jo'natib, Balxga kelsa unga Balxni jangsiz topshirishi haqida xabar beradi. Bundan xabar topgan Yalangtush Bahodir Nodir Muhammadxonga Balxga kelmasligini va Mashhad yaqinida turishini buyuradi. Bu vaqtda Balxdagi hindlardan Yalangtush Bahodir huzuriga ham elchi kelib, unga Balx atrofidan tezroq ketishi, Abdulazizxonni ham o'zi bilan olib ketishi, bu ishi uchun unga o'ttiz ming ho'kizga ortilgan molk-mulk taqdim qilinishini haqida bayon qiladi. Yalangtush Bahodir hindlarning bu taklifiga rozi bo'lmaydi va Balx atrofidan ketmasligini, qachonki Balx qayta qo'lga kiritilsa, u yerdagi mol-mulk bilan birga hindlarning boshi ham uning qo'lida bo'lajagi haqida javob beradi33. Hujjatda bayon qilingan voqealarning keyingi rivojida Yalangtush Bahodir shaxsining boshqa qirralari ham ochilib boradi. Yalangtush Bahodir va Abdulazizxon Balx qamalidan voz kechmay turgan bir paytda ularning huzuriga Buxorodan chopar kelib, qozoq o'rdasi Yangir sultonning Toshkentdan Buxoro hududiga tomon kirib kelayotgani haqida xabar beradi. Shunda Balx qamalida bo'lgan Buxoro qo'shini ikkiga ajratiladi. Yalangtush Bahodir boshchiligidagi birinchi qism Balx qamalink davom ettirib, hind qo'shiniga qarshi turish uchun qoladi. Ikkinchi qism esa Abdulazizxon boshchiligida qozoqlarga qarshi kurashish uchun Buxoroga jo'nab ketadi. Bu vaqtda Yalangtush Bahodir va hind qo'shinlari o'rtasida Balx uchun jang boshlanadi. Kuchlar teng emasligini anglagan Yalangtush Bahodir Buxoroga Abdulazizxon huzuriga chopar jo'natib, qozoqlar bilan jang qilmasdan bitimga kelishishini va qozoqlar bilan yarash bitimini tuzishini va tezda Balxga yordamga kelishini maslahat beradi. Abdulazizxon Yalangtush Bahodir ko'rsatmasiga binoan qozoq sultonlari bilan bitimga kelishib, o'zaro ittifoqchilikda Balxga qozoq qo'shinlarini ham safarbaretilishiga erishadi va Yalangtush Bahodirga yordamga yetib keladi34. Shunday qilib, Yalangtush Bahodir Balx uchun Hindistonga qarshi kurash maqsadida Buxoro-Qozoq ulusi va yana Eron o'rtasidagi harbiy ittifoqni tashkil etishga muvaffaq bo'ladi. Nihoyat kuchlarning birlashuvi natijasida Balxdan Hindiston qo'shinlarining haydab yuborilishiga erishadi va Mashhad yaqinida turgan Nodir Muhammadxonga yana Balx viloyatini topshiradi. Abdulazizxon va uning sodiq tarafdori Yalangtush Bahodir esa Buxoroga, qozoq sultoni Yangir sulton esa Toshkentga qaytib ketadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling