Amir yalangtush bahodir davrida samarqandning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti


Download 0.61 Mb.
bet9/13
Sana17.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1533051
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Yalangtush Bahodirbiy Mamasoliyev Xurshid

II bob bo'yicha xulosa.
Yalangtush Bahodirning faoliyatini o'rganish orqali XVI asr oxiri XVII asr boshlarida Buxoro xonligining siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayotini, O'zbekiston arxitekturasining XVI-XVII asrga oid tarixini, Ashtarxoniylar davrida O'rta Osiyoda kechgan geosiyosiy jarayonlar tarixini, o'zbek davlatchiligi tarixining turli masalalarini, o'sha davrlarda Buxoro xonligi yuritgan tashqi siyosat va xalqaro munosabatlarini yanada kengroq o'rganish mumkin bo'ladi. Yuqorida tahlil qilingan tarixiy dalillar shuni tasdiqlaydiki, Yalangtush Bahodir xonlik siyosiy barqarorligi yo'lida qat'iy va to'g'ri qarorlar qabul qilgan siyosiy arbob, bu borada hukmdorlarga to'g'ri yo'lni ko'rsata olgan maslahatchi, qo'shni davlat siyosiy doiralari bilan manfaatli kelishuvlar va muzokaralar olib bora olgan mohir diplomat bo'lgan. Yalangtush Bahodir katta nufuzga ega bo'lgan adolatli, vatanparvar siyosatchi sifatida bir emas, uchta ashtarxoniy hukmdor- Imomqulixon, Nodir Muhammadxon va Abdulazizxon hukmronligi davrida davlat boshqaruvi, uning xavfsizligi va siyosiy barqarorligini saqlash yo'lida fidokorona xizmat qilgan tarixiy shaxsdir. XVII asrda yashagan Yalangtush Bahodir O'zbekiston va butun Markaziy Osiyo xalqlarining tarixida harbiy bilimni puxta egallagan sarkarda, davlat boshqaruvida faol ishtirok etgan siyosatchi, madrasa ta'limini olgan ziyoli, hashamatli inshootlar qurdirgan homiykabi sifatlarni o'zida namoyon etgan murakkab tarixiy shaxs sifatida iz qoldirdi. Yalangtush Bahodir kabi tarixiy shaxslarning faoliyatini ilmiy jihatdan o'rganish masalasiga alohida e'tibor qaratilsa, Respublikaning barcha ta'lim muassasalarida Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Yalangtush Bahodir singari sarkardalarni harbiy faoliyati o'rganish uchun alohida dars soatlari ajratilsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi.
III bob. Yalangtush Bahodirning Samarqandda amalga oshirgan
bunyodkorlik ishlari.


Amir Yalangtush Bahodir Samarqandda hukmronligi davrida yurt obodonchiligiga alohida etibor qaratdi. Yalangtush Bahodirning keng qamrovli harbiy yurishlari natijasida uning qo’lida ulkan boylik to’planadi. Bu boylikni u yurt davlat obodonchiligi yo’lida sarflaydi. Uning hukmronligi davrida Samaqandda juda katta qurilish ishlari olib boriladi. Jumladan, Samarqanddagi Registon maydonida Ulug’bek madrasasining qarshisida Sherdor va uning yonboshida Tillakori madrasalarini o’z mablag’lari hisobidan qurqiradi. Bundan tashqari Samarqand shahri yaqinida Maxdumi A’zam maqbarasini qurdiradi. Juda ko’plab ko’priklar, karvonsaroylar savdo rastalari qurdiradi. Buxorodagi Nodir devonbegi madrasasini tamirlatadi.


3.1 Sherdor madrasasi.


Registon ansamblinida joylashgan har bir binoga maydon ichidan turib qarasangiz ularda yashiringan sir - asrorlarni ilg‘aymiz. Binolar peshtoqi va “qanot”laridagi qismlar, burchlardagi adlqomat minoralar, ritm bilan joylashgan ravoqlar, tarzlardagi go‘zal naqshu – nigorlar, bularning barchasi o‘zaro bir-biriga va ayni paytda yaxlit imorat tarziga shaklan mutanosib hajmiy va mazmunan simmetrik, me’moriy hamohang va uyg‘undir. Registon ansamblni tashkil qiluvchi har bir imoratning go‘zallik siri ham aynan ana shundan iborat.
Registonning kelajagini belgilab bergan Ulug‘bek g‘oyasi va mehnati mevasi bo‘lmish madrasa qarshisida 1619-1636 yillarda qad ko‘targan SHerdor madrasasini Yalangtush Bahodir Xoja Hoshimga bag‘ishlagan77.
Buzib yuborilgan diametri 15 metr bo‘lgan katta gumbazli xonaqoh o‘rnida Mirzo Ulug‘bek madrasasining nusxasi sifatida unga qarama-qarshi turgan SHerdor madrasasi bunyod etilgan. SHerdor madrasasining peshtoqi Mirzo Ulug‘bek madrasasi peshtoqi bilan asosan bir xil, binolar bir-biriga o‘xshash bo‘lsa ham, lekin sifat va me’morchilik jihatidan farq qiladi. Madrasa o‘zining bosh tarzi bilan Ulug‘bek madrasasi tarziga muqobil, ya’ni uning qarama – qarshisida, o‘rtada maydon qoldirilib, bir umumiy bo‘ylama o‘qda joylashtiriladi78.
Imoratning tashqi o‘lchovi 70 metrga 57 metr, ichki hovlisining kattaligi 30 metrga 30 metr. Tarhi to‘rtburchak, ikki qavatli binoning bosh tarzi ikki qanotining har birida qovurg‘ali gumbaz va minorasi bor. Hovlisi ikki qavatli hujralar bilan o‘rab olingan, ularning soni 52 ta, hovlining burchaklarida darsxonalar joylashgan. Minora tepasiga ellik olti zina bilan chiqiladi. Peshtoq ravog‘i ichkarisidagi koshinkori bezak orasida qora asosli koshinga oq harflar bilan me’mor Abdujab bor nomi yozilgan79.
Ammo bu obidada masjid yo‘q, janubi-g‘arbiy darsxona esa ziyoratxona hisoblangan, chunki unga tashqi tomondan bevosita Imom Muhammad ibn Ja’fari Sodiq mozori maqbarasi tutashgan.
SHerdor madrasasi fasadidagi minora va gumbazlari Ulug‘bek madrasasiga o‘xshash, ammo orqa tomondagi fasadlar burchagi guldasta minoralar bilan o‘ralgan. XVII asrga kelib yer sathi madaniy qatlamlarining ko‘tarilishi tufayli XV asrdagi dastlabki yer sathidan ikki metrga yaqin baland ko‘tarilgan. Ana shuning uchun bir muncha past ko‘ringan Ulug‘bek madrasasining qisqargan shaklidek barpo etilgan. SHerdor madrasasi qurilganda XVII asr me’morchiligiga xos ancha yangiliklar qo‘llanilgan, qurilish jarayonini tezlashtiruvchi va arzonlashtiruvchi ilg‘or usullardan foydalanilgan. Ammo badiiy bezaklarning ta’sir kuchi bir muncha pasayib ketganligi sezilib turibdi. Lekin ranglarning o‘z o‘rnida ishlatilganligi va ayrim pannolarning g‘oyat nafis bajarilganligi bu yodgorlikni yaratgan me’mor va naqqoshlarning yuksak mahoratidan dalolat beradi.
Naqshlar butun obida yuzini qoplagan. Ularda chok, yirik xandasaviy suls, kufiy yozuv naqshlari va gul bandlari tasvirlarda uyg‘unlashgan bo‘lib, faqatgina Samarqand obidalariga xos tarzda ishlangan. Aynan shu usul Samarqand me’moriy bezaklar maktabini tashkil qiladi.
SHerdor madrasasi peshtoqiga arabcha matn bitilgan. Bu Qur’oni Karimning “An’om” surasidagi 115-117 oyatlardir. Uning tepasida esa kufiy xatida, ya’ni to‘rt burchak shaklda “Mulk Allohnikidir, buyuklik Allohga xos. Kuch-qudrat Allohnikidir. Quvvat Allohnikidir. Allohga shukr” kalimalari bitilgan80.
Madrasa peshtoqida esa Bahodir Yalangto‘shning nomi va abjad hisobida katta qasida bitilgan:"Dushman saflarini buzuvchi odil Yalangto‘sh keldi; Uning kamoloti madhiga zo‘r til durlarga to‘ldi; U yer yuzidan shunday bir madrasa qurdiki, bu bilan faxrlanishni falakka qadar yetkazdi. Dono xarifning tafakkur kamondi necha qari (1 qari-35 yil)lar harakat qilsada madrasa minorining ma’nosiga yetolmas; Me’mor uning toqlari egilishini shunday quribdirkim, falak bu yangi oyni ko‘rib ko‘kdagi Oyga nisbatan xushro‘ylikdan barmoq tishlab qoladi. Uni bino etgan Yalangto‘sh Bahodur bo‘lgani uchun ham qurilgan yilini abjad hisobida "Yalangto‘sh Bahodur" deb bilingiz". "Yalangto‘sh Bahodur" so‘zini abjad hisobi bilan sonlarga aylantirsak. Yalangto‘sh – 816, Bahodir – 212, jami 1028 hijriy hisobi, melodiy hisobda 1619 raqamining kelib chiqishi SHerdor madrasasining qurilishi 1619 yilda boshlanganligiga ishoradir. (Abu Toxir,1904.qayta nashr 1969. 27-bet.). SHerdor madrasasi qurilgan paytda xalq orasida va hujjatlarda "Yalangto‘shbiyning katta madrasasi" deb atalgan81.
Ammo keyinchalik SHerdor nomi bilan atala boshlangan. Ulkan peshtoq ravog‘i tepasidagi timpon diqqatga sazovordir: Maydondagi SHerdor madrasasi peshtoqida oppoq ohuni quvlab borayotgan kuch-qudrat timsoli sher, tabiat in’omlariga nur sochib turgan Yaratguvchining oppoq ramziy siymosi fonda aks etgan. SHer tomon boshini qayirib olg‘a intilayotgan ohular oralig‘ida esa qizg‘ish zarxal tusda hokimiyatning komillik, mustahkamlik ramzi tasvirlangan. Bu kompozitsion syujet zardushtiylik va islomiy ma’naviy qadriyatlar ifodasi sanaladi. Chuqur tarixiy va falsafiy mazmunga ega tasvirda Yalangto‘sh Bahodirning etnik kelib chiqishiga ishora bor. Yalangto‘sh Bahodir ilohiy quyosh va sher, ohu va komillik timsollarini madrasa peshtoqiga muhrlatib, go‘yoki bu orqali o‘z hokimiyatining qudratini namoyon etgan. Quyosh bodomqovoq, kiyik ko‘zli doira shaklida tasvirlangan. Uning yuzi esa zarhal yog‘du bilan hoshiyalangan. SHer, quyosh va ohu tasvirlari qanday falsafiy g‘oyani anglatishini ko‘plab olimlar turlicha izohlaydi. Xususan, olim Komilxon Kattayev bu borada sher va kiyik 12 burjlik hijriy yil hisobiga shama qilinayapti degan fikrni bildiradi. YA’ni, quyosh hijriy-shamsiy yili; SHer (Asad) yilning beshinchi oyi; Kiyik (Jaddiy) esa-o‘ninchi oyi; Madrasa qurilishining boshlanishi va tugallanishi ham shu oylarda bo‘lgan bo‘lishi mumkin(Suvonqulov.I,2007.30-bet.)82.
Bundan tashqari, musulmon astronomiyasida Quyoshning Asad burjida bo‘lishi "Sa’di zamon", ya’ni baxtli zamonga ishoradir. Bu tasvirlar Saljuqiylar, elxoniylar sulolalari hukmdorlari davrida hamda XVI-XVII asrlarda Eronda ham keng qo‘llanilgan bo‘lib, tangalarda zarb etilgan va bayroqlarda aks ettirilgan. Imoratlarni yasatishda quyosh va sher suratlaridan foydalanish yangilik bo‘lmay, Amir Temur Keshda qurdirgan, salobati bo‘yicha tengsiz Oqsaroyning 70 metrlik peshtoqida, aniqrog‘i, baland darvoza tepasi hamda ikki chetida quyosh manzarasidagi sher tasvirlangani ma’lum. Mazkur inshootda sher tasviri uchta bo‘lgan va ispaniyalik elchi Rui Gonsales de Klavixo ularni 1404 yili o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan83.
Shunday qilib, Yalangto‘sh Bahodirning SHerdor madrasasini barpo etish va bezash bilan bog‘liq rejasi, yuqorida aytilganidek, Ulug‘bek madrasasi hamda Oqsaroydan olingan taassurot bilan bog‘liq bo‘lgan, deyish mumkin. Negaki, SHerdorning serhashamligi aynan uning peshtoqi bilan belgilanadi.
Ko‘rib turganimizdek, ba’zi rus va mahalliy tarixchilarning «SHerdordagi sher va kiyik tasvirlari hukmron sinf va oddiy xalqning ramziy ifodasidir», - degan to‘qimalari bekor gap ekan84.
Aslida esa, Quyosh (murabbiy), sher (talaba)ni ohu (ilm) saydiga undamoqda!
Butun kompozitsiyasi zangori asosda bo‘lib, firuza va zarhal bo‘yoqlar bilan tasvirlangan hamda bir biriga chirmashib ketgan novdalar, ochilib yotgan oq gullardan iborat. Ana shu ajoyib tasvir tufayli u «SHerdor» nomini olgan, ya’ni «SHerlarga ega bo‘lgan» mumtoz musulmon astronomiyasida quyoshning Asad burjida, ya’ni SHer ustida bo‘lishi sa’d, ya’ni baxtiyor zamonga ishoradir85.
Dunyoni qaysi davlatiga borib Samarqand haqida so‘rasangiz, ular birinchi navbatda SHerdor madrasasini tilga olishadi. Shul jihatdan ham 2007 yilda Samarqandning 2750 yillik Xalqaro anjumani arafasida SHerdor madrasadagi sher tasvirini shaharning ramzi sifatida hokimiyatga tavsiya qilingan. Natijada, SHerdordagi sher tasviri Samarqand ramzi sifatida qabul qilindi.
Mustaqillik yillarida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning 660-yillik yubilelari munosabati bilan madrasaning janubiy va sharqiy fasadlari,ikki minora,bosh fasadini ta’mirlash, peshtoq arki tiklash hamda ichki hovlisida konservatsiya borasida juda katta ishlar amalga oshirildi.
Madrasa hovlisining dekorativ bezalishi ham uning tashqi devorlari singari boy va xilma-xildir. Madrasa devorlariga bitilgan yozuvlarga uni yaratgan mashhur me’morlar - usta Abdu Jabbor va o‘ymakor naqqosh Avaz Samarqandiy nomlari ham yozib qoldirilgan. Madrasa binosi uchun xonaqohdan chiqqan qurilish materiallaridan ham foydalanilgan86.
Aytish joizki, mazkur bitikning o‘rta qismi tarix silsilasida turli omillar sabab o‘chib ketgan edi. Uni mahoratli usta-hunarmand Davlat Hakimov 2000 yilda qayta tiklashga muvaffaq bo‘lgan. Bugungi kunda ham obidalardagi yozuvlarni o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Registon ansamblini tashkil qilgan har bir binoga maydon ichidan turib qarar ekanmiz, ularda yashiringan sir - asrorlarni ilg‘aymiz. Binolar peshtoqi va “qanot”laridagi qismlar, burchlardagi adlqomat minoralar, ritm bilan joylashgan ravoqlar, tarzlardagi go‘zal naqshu – nigorlar, bularning barchasi o‘zaro bir-biriga va ayni paytda yaxlit imorat tarziga shaklan mutanosib (proporsional) hajmiy va mazmunan simmetrik, meʼmoriy hamohang va uyg‘undir. Mazkur ansamblni tashkil qiluvchi har bir imoratning go‘zallik siri ham aynan ana shundadir87.
Samarqandda ashtarxoniylar davrida Yalangtush Bahodir taʼsiri sababli qurilish ishlari yanada jonlanadi. Mamlakatda tinchlikni o‘rnatishga bo‘lgan ehtiyoj hamda tashqi dushmanlardan mamlakat sarhadlarini himoya qilish masalasi botir sarkarda Yalangto‘shbiyni avvaliga bahodur sifatida tanilishiga, ajdodlaridan meros bo‘lib kelayotgan bunyodkorlik ishlari o‘z zamonasining yetuk kishilari singari ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy sohalarning barcha jabhalarida amaldor sifatida faoliyat olib borishiga zamin yaratdi88.
Buyuk shaxslarning tarixda tutgan o‘rnini anglash zarurati, avvalo, ushbu shaxslarni personografik jihatdan har tomonlama o‘rganishni talab qiladi. Albatta, arboblar tarixini personografik jihatidan o‘rganish, shaxs faoliyati haqida qimmatli maʼlumotlarga ega bo‘lish, tariximizning yangi sahifalarini ochib berishga xizmat qiladi.
Yalangto‘sh Bahodur keyingi faoliyatida sarkardalikka chek qo‘yib, Alloh roziligi uchun bunyodkorlik ishlariga kirishadi. Musulmon olamiga xos bo‘lgan amal-sadaqai joriya yo‘lini tutib, ko‘pchilikka xizmat qiluvchi masjid, madrasalar qurdiradi.
Yalangto‘sh Bahodir davri arxitekturasi keladigan bo‘lsak, bu davr Amir Temur va Mirzo Ulug‘beklar davridan keyingi, O‘rta Osiyodagi xonliklar davriga to‘g‘ri kelib, o‘shanda Samarqand Buxoro xonligiga qarar edi. Biroq, Yalangto‘sh Bahodir Samarqandni mustaqil tarzda boshqarish sharafiga ega bo‘lgan va hokim sifatida erkin harakat qilgan89.
Uning bunyodkorlik ishlari xususida personografik jihatdan “Tavorixi al kibor” asarida quyidagi fikrlar keltirilgan: “Imomquli Bahodurxonning podshohlig‘i zamonida bo‘lib erdikim, sana 1027 ming yigirma yettida imorat qilinib erdi. Mavlono Yalangto‘sh Bahodur alchin amirlaridan erdi, yigitlik zamonida ulug‘ podshohlarning xizmatlarida bo‘lib, ovozasi yetti iqlimg‘a tushub erdi har yerda yog‘iy u, sarkash bor ersa oning qilich haybatidan qo‘rqub, oning tig‘i zarbidin qochmay turolmas erdi va qirg‘iz, qozoq va qalmoq, iroq odamlari unga tobeliq qilurg‘a ittifoq ilinjida erdilar. Oxir podshohlar xizmatin tark etib madrasa va xonoqoh misllik imoratig‘a xolis Alloh uchun mashg‘ul bo‘ldi. Andoqkim taʼrix sana 1028 ming yigirma sakkiz erdikim Samarqand viloyatida Ulug‘bek mirzoning madrasasi baroborida bir madrasa bino qildikim katta va qolinliq jihatidan taʼrifi bayon maydonig‘a sig‘mas” (Tavorix al kibor, № S 464 185 –186 vv)90.
Yalangto‘sh Bahodurning bunyodkorlik ishlari xususidagi maʼlumotni Abu Tohirxo‘janing “Samariya” asarida ham ko‘rish mumkin: “Samarqandagi madrasalardan (o‘n ikkinchisi) Sherdor madrasasi. Bu madrasa (Samarqand Registonida) Ulug‘bek qarshisida, uning kunchiqar tomonidan solingandir. Ushbu madrasa 1028 (1618) yilda solindi. (U) shunday madrasakim, buyuklikdan xayol idishiga sig‘mas, kattalikda tavsif aytishiga to‘g‘ri kelmas, baland toqi falak ravoqidek, chunonchi oftob shaklini asad burjiga yaqin qilib, peshtoqiga surat solib, har ikki sherni ohu oladigan tarzda ko‘rsatilgan. Oftob panjarasini dalir sherlar peshonasiga qo‘yib turgan va ikki ravoq biqiniga ranglik ziynatlangan, naqshi nigorlik ikki gumbaz tepasiga guldasta bino qilinganki, barchani hayratga qoldiradi. Qiziqi shundakim, madrasaning solinishi taʼrixi “Yalangto‘sh bahodur” topilibdir”. “Samariya” asarining izohiga ko‘ra, klassik musulmon astronomiyasida quyoshning Asad burjida, yaʼni sher ro‘parasida bo‘lishi saʼd zamon, yaʼni baxtiyor zamonga ishora ekanligi” (Abu Tohirxo‘ja, 1991.B.27)ni va bu madrasaning 1618 yilning iyul oyida bitkazilganligini bilish mumkin bo‘ladi91.
Yalangto‘sh davrida Samarqandning avvalgi jomeʼ masjidi va madrasasi, yaʼni Amir Temurning jome masjidi va Bibixonim madrasasi buzilgan bo‘lib, shahar aholisi shunday masjid va madrasalarga muhtoj edi. Buning ustiga o‘sha davrda Registon maydonida Mirzo Ulug‘bek qurdirgan madrasa taʼmir talab bo‘lib qolgan, Ulug‘bekning Mirzoi karvon-saroyi haroba holida, Muqatta masjidi va Ulug‘bek xonaqosi esa butkul yo‘q bo‘lib ketib, ularning o‘rnida va hozirgi Registon maydonida shahar bozori joylashgan edi. Yalangto‘sh ushbu maydonni obod holga keltirish va shahar aholisining extiyojlaridan kelib chiqib, Ulug‘bek karvon-saroyining saqlanib qolgan qismi va poydevorlariga o‘zgartirishlar kiritadi.
Ushbu maʼrifatparvar va saxovatpesha hokimning bevosita tashabbusi va farmoni bilan Registon maydonidagi vayronalikka yuz tutgan hashamatli Mirzo Ulug‘bek madrasasida taʼmirlash ishlarini olib borish hamda batamom buzilib ketgan Mirzo Ulug‘bek qurdirgan xonaqoh, Mirzoyi hammomi va karvon saroylari o‘rnida ikkita hashamatli inshoot - Sherdor madrasasi (1619-1636) va Tillakori madrasa-masjidi (1646-1660) bunyod etilgan92.
Yirik rus sharqshunosi P.P.Ivanov quyidagilarni yozgan: “Buxoroda ashtarxoniylarning siyosiy nufuzi tushib ketishi o‘zbek zodagonlaridan bo‘lgan alohida buxoro feodallarining harbiy-siyosiy qudrati oshishiga olib keldi, masalan Abdulaziz xonning mashhur amaldori (otalig‘i) Yalangto‘sh biy, Samarqanddagi mashhur Sherdor va Tillakori madrasalarining quruvchisi”.
D.I.Evarnitskiyning quyidagilarni yozgan: “Sherdor madrasasi bizning eramizning 1618 yilida o‘zbeklarning Olchin urug‘idan bo‘lgan Yalangto‘sh Baxodir tomonidan qurilgan. Sherdor masjidi esa Abu Toxirxo‘janing guvohlik berishicha 1616 yilda yuqorida tilga olingan o‘zbeklarning Olchin urug‘idan bo‘lgan Yalangto‘sh Baxodir tomonidan qurilgan va Registonda turgan uch ajoyib binolarning eng ajoyibidir”.
V.I.Masalskiy qayd etishicha “Tillakori masjidi va madrasasi 1647 yilda o‘zbeklarning “olchin” urug‘idan bo‘lgan Yalangto‘sh Baxodir (Imomqulixonning sarkardasi) tomonidan qurilgan”93.
Registonning kelajagini belgilab bergan Ulug‘bek g‘oyasi va mehnati mevasi bo‘lmish madrasa qarshisida 1619-1636 yillarda qad ko‘targan Sherdor madrasasini Yalangto‘sh Bahodir Xoja Hoshimga bag‘ishlagan.
Buzib yuborilgan diametri 15 metr bo‘lgan katta gumbazli xonaqoh o‘rnida Mirzo Ulug‘bek madrasasining nusxasi sifatida unga qarama-qarshi turgan Sherdor madrasasi bunyod etilgan. Sherdor madrasasining peshtoqi Mirzo Ulug‘bek madrasasi peshtoqi bilan asosan bir xil, binolar bir-biriga o‘xshash bo‘lsa ham, lekin sifat va meʼmorchilik jihatidan farq qiladi. Madrasa o‘zining bosh tarzi bilan Ulug‘bek madrasasi tarziga muqobil, yaʼni uning qarama – qarshisida, o‘rtada maydon qoldirilib, bir umumiy bo‘ylama o‘qda joylashtiriladi94.
Imoratning tashqi o‘lchovi 70 metrga 57 metr, ichki hovlisining kattaligi 30 metrga 30 metr. Tarhi to‘rtburchak, ikki qavatli binoning bosh tarzi ikki qanotining har birida qovurg‘ali gumbaz va minorasi bor.Hovlisi ikki qavatli hujralar bilan o‘rab olingan, ularning soni 52 ta, hovlining burchaklarida darsxonalar joylashgan. Minora tepasiga ellik olti zina bilan chiqiladi. Peshtoq ravog‘i ichkarisidagi koshinkori bezak orasida qora asosli koshinga oq harflar bilan meʼmor Abdujab bor nomi yozilgan95.
Ammo bu obidada masjid yo‘q, janubi-g‘arbiy darsxona esa ziyoratxona hisoblangan, chunki unga tashqi tomondan bevosita Imom Muhammad ibn Jaʼfari Sodiq mozori maqbarasi tutashgan.
Sherdor madrasasi fasadidagi minora va gumbazlari Ulug‘bek madrasasiga o‘xshash, ammo orqa tomondagi fasadlar burchagi guldasta minoralar bilan o‘ralgan. XVII asrga kelib yer sathi madaniy qatlamlarining ko‘tarilishi tufayli XV asrdagi dastlabki yer sathidan ikki metrga yaqin baland ko‘tarilgan. Ana shuning uchun bir muncha past ko‘ringan Ulug‘bek madrasasining qisqargan shaklidek barpo etilgan. Sherdor madrasasi qurilganda XVII asr meʼmorchiligiga xos ancha yangiliklar qo‘llanilgan, qurilish jarayonini tezlashtiruvchi va arzonlashtiruvchi ilg‘or usullardan foydalanilgan. Ammo badiiy bezaklarning taʼsir kuchi bir muncha pasayib ketganligi sezilib turibdi. Lekin ranglarning o‘z o‘rnida ishlatilganligi va ayrim pannolarning g‘oyat nafis bajarilganligi bu yodgorlikni yaratgan meʼmor va naqqoshlarning yuksak mahoratidan dalolat beradi.
Naqshlar butun obida yuzini qoplagan. Ularda chok, yirik xandasaviy suls, kufiy yozuv naqshlari va gul bandlari tasvirlarda uyg‘unlashgan bo‘lib, faqatgina Samarqand obidalariga xos tarzda ishlangan. Aynan shu usul Samarqand meʼmoriy bezaklar maktabini tashkil qiladi.
Sherdor madrasasi peshtoqiga arabcha matn bitilgan. Bu Qurʼoni Karimning “Anʼom” surasidagi 115-117 oyatlardir. Uning tepasida esa kufiy xatida, yaʼni to‘rt burchak shaklda “Mulk Allohnikidir, buyuklik Allohga xos. Kuch-qudrat Allohnikidir. Quvvat Allohnikidir. Allohga shukr” kalimalari bitilgan96.
Madrasa peshtoqida esa Bahodir Yalangto‘shning nomi va abjad hisobida katta qasida bitilgan:"Dushman saflarini buzuvchi odil Yalangto‘sh keldi; Uning kamoloti madhiga zo‘r til durlarga to‘ldi; U yer yuzidan shunday bir madrasa qurdiki, bu bilan faxrlanishni falakka qadar yetkazdi. Dono xarifning tafakkur kamondi necha qari (1 qari-35 yil)lar harakat qilsada madrasa minorining maʼnosiga yetolmas; Meʼmor uning toqlari egilishini shunday quribdirkim, falak bu yangi oyni ko‘rib ko‘kdagi Oyga nisbatan xushro‘ylikdan barmoq tishlab qoladi. Uni bino etgan Yalangto‘sh Bahodur bo‘lgani uchun ham qurilgan yilini abjad hisobida "Yalangto‘sh Bahodur" deb bilingiz". "Yalangto‘sh Bahodur" so‘zini abjad hisobi bilan sonlarga aylantirsak. Yalangto‘sh – 816, Bahodir – 212, jami 1028 hijriy hisobi, melodiy hisobda 1619 raqamining kelib chiqishi Sherdor madrasasining qurilishi 1619 yilda boshlanganligiga ishoradir. (Abu Toxir,1904.qayta nashr 1969. 27-bet.). Sherdor madrasasi qurilgan paytda xalq orasida va hujjatlarda "Yalangto‘shbiyning katta madrasasi" deb atalgan97.
Ammo keyinchalik Sherdor nomi bilan atala boshlangan. Ulkan peshtoq ravog‘i tepasidagi timpon diqqatga sazovordir: Maydondagi Sherdor madrasasi peshtoqida oppoq ohuni quvlab borayotgan kuch-qudrat timsoli sher, tabiat inʼomlariga nur sochib turgan Yaratguvchining oppoq ramziy siymosi fonda aks etgan. Sher tomon boshini qayirib olg‘a intilayotgan ohular oralig‘ida esa qizg‘ish zarxal tusda hokimiyatning komillik, mustahkamlik ramzi tasvirlangan. Bu kompozitsion syujet zardushtiylik va islomiy maʼnaviy qadriyatlar ifodasi sanaladi. Chuqur tarixiy va falsafiy mazmunga ega tasvirda Yalangto‘sh Bahodirning etnik kelib chiqishiga ishora bor. Yalangto‘sh Bahodir ilohiy quyosh va sher, ohu va komillik timsollarini madrasa peshtoqiga muhrlatib, go‘yoki bu orqali o‘z hokimiyatining qudratini namoyon etgan. Quyosh bodomqovoq, kiyik ko‘zli doira shaklida tasvirlangan. Uning yuzi esa zarhal yog‘du bilan hoshiyalangan. Sher, quyosh va ohu tasvirlari qanday falsafiy g‘oyani anglatishini ko‘plab olimlar turlicha izohlaydi. Xususan, olim Komilxon Kattayev bu borada sher va kiyik 12 burjlik hijriy yil hisobiga shama qilinayapti degan fikrni bildiradi. Yaʼni, quyosh hijriy-shamsiy yili; Sher (Asad) yilning beshinchi oyi; Kiyik (Jaddiy) esa-o‘ninchi oyi; Madrasa qurilishining boshlanishi va tugallanishi ham shu oylarda bo‘lgan bo‘lishi mumkin98.
Bundan tashqari, musulmon astronomiyasida Quyoshning Asad burjida bo‘lishi "Saʼdi zamon", yaʼni baxtli zamonga ishoradir. Bu tasvirlar Saljuqiylar, elxoniylar sulolalari hukmdorlari davrida hamda XVI-XVII asrlarda Eronda ham keng qo‘llanilgan bo‘lib, tangalarda zarb etilgan va bayroqlarda aks ettirilgan. Imoratlarni yasatishda quyosh va sher suratlaridan foydalanish yangilik bo‘lmay, Amir Temur Keshda qurdirgan, salobati bo‘yicha tengsiz Oqsaroyning 70 metrlik peshtoqida, aniqrog‘i, baland darvoza tepasi hamda ikki chetida quyosh manzarasidagi sher tasvirlangani maʼlum. Mazkur inshootda sher tasviri uchta bo‘lgan va ispaniyalik elchi Rui Gonsales de Klavixo ularni 1404 yili o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan99.
Shunday qilib, Yalangto‘sh Bahodirning Sherdor madrasasini barpo etish va bezash bilan bog‘liq rejasi, yuqorida aytilganidek, Ulug‘bek madrasasi hamda Oqsaroydan olingan taassurot bilan bog‘liq bo‘lgan, deyish mumkin. Negaki, Sherdorning serhashamligi aynan uning peshtoqi bilan belgilanadi.
Ko‘rib turganimizdek, baʼzi rus va mahalliy tarixchilarning «Sherdordagi sher va kiyik tasvirlari hukmron sinf va oddiy xalqning ramziy ifodasidir”, - degan to‘qimalari bekor gap ekan.
Aslida esa, Quyosh (murabbiy), sher (talaba)ni ohu (ilm) saydiga undamoqda!
Butun kompozitsiyasi zangori asosda bo‘lib, firuza va zarhal bo‘yoqlar bilan tasvirlangan hamda bir biriga chirmashib ketgan novdalar, ochilib yotgan oq gullardan iborat. Ana shu ajoyib tasvir tufayli u «Sherdor” nomini olgan, yaʼni «Sherlarga ega бўлган» mumtoz musulmon astronomiyasida quyoshning Asad burjida, yaʼni Sher ustida bo‘lishi saʼd, yaʼni baxtiyor zamonga ishoradir100.
Dunyoni qaysi davlatiga borib Samarqand haqida so‘rasangiz, ular birinchi navbatda Sherdor madrasasini tilga olishadi. Shul jihatdan ham 2007 yilda Samarqandning 2750 yillik Xalqaro anjumani arafasida Sherdor madrasadagi sher tasvirini shaharning ramzi sifatida hokimiyatga tavsiya qilingan. Natijada, Sherdordagi sher tasviri Samarqand ramzi sifatida qabul qilindi.
Mustaqillik yillarida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning 660-yillik yubilelari munosabati bilan madrasaning janubiy va sharqiy fasadlari,ikki minora,bosh fasadini taʼmirlash, peshtoq arki tiklash hamda ichki hovlisida konservatsiya borasida juda katta ishlar amalga oshirildi.
Madrasa hovlisining dekorativ bezalishi ham uning tashqi devorlari singari boy va xilma-xildir. Madrasa devorlariga bitilgan yozuvlarga uni yaratgan mashhur meʼmorlar - usta Abdu Jabbor va o‘ymakor naqqosh Avaz Samarqandiy nomlari ham yozib qoldirilgan.Madrasa binosi uchun xonaqohdan chiqqan qurilish materiallaridan ham foydalanilgan.
Aytish joizki, mazkur bitikning o‘rta qismi tarix silsilasida turli omillar sabab o‘chib ketgan edi. Uni mahoratli usta-hunarmand Davlat Hakimov 2000 yilda qayta tiklashga muvaffaq bo‘lgan. Bugungi kunda ham obidalardagi yozuvlarni o‘rganish ishlari olib borilmoqda.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling