Amir yalangtush bahodir davrida samarqandning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti
Download 0.61 Mb.
|
Yalangtush Bahodirbiy Mamasoliyev Xurshid
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy xulosa.
III bobbo'yicha xulosa.
Yalangtush Bahodirning ko'pqirrali faoliyati tadqiq etish orqali XVI asr oxiri XVII asr boshlarida Buxoro xonligining siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayotini, O'zbekiston arxitekturasining XVI-XVII asrga oid tarixini, Ashtarxoniylar davrida O'rta Osiyoda kechgan geosiyosiy jarayonlar tarixini, k'zbek davlatchiligi tarixining turli masalalarini, o'sha davrlarda Buxoro xonligi yuritgan tashqi siyosat va xalqaro munosabatlarini yanada kengroq o'rganish mumkin bo'ladi. Tarixda uch mashhur hukmdor - Amir Temur, Ulug‘bek Mirzo va Amir Yalangtush Bahodir o‘zlari qurdirgan meʼmorchilik obidalari bilan shahrimiz Samarqandni Yer yuzi sayqaliga aylantirishgan. Amir Temur Samarqandni poytaxtga aylantirib, naqshinkor binolar silsilasini qurishni boshlab bergan bo‘lsa, shaharning yuragi hisoblangan Registon maydoni Ulug‘bek Mirzo davrida vujudga kelgan (u vaqtda bu maydon «Sardavonak” deb atalib, taxminan Sari jo‘yi davonak ( Tez oqar ariq boshi ) maʼnosidadir. Ulug‘bek bu maydonda madrasa, xonaqoh va karvonsaroy kabi uch binodan iborat o‘ziga xos obidalar guldastasini yaratadi. O‘z davrida, Yalangtush Bahodir ham Ulug‘bekning qurdirgan bu binokorlik majmuasi tuzilishini buzmadi. Darhaqiqat, Samarqand shahrini tiklatgan buyuk hukmdorlar ichida Yalangtushbek Bahodir tarixda o‘zining alohida o‘rnini egalladi. Yalangtush Bahodir davrida madaniyat nihoyatda rivojlanib, o‘nlab obidalar qurildi. Uning davrida Samarqandning o‘zida shunchalik ko‘p madrasalar qurildiki, o‘rta asrlarda bunaqa hol kam uchrardi. Yalangto‘sh Bahodirning nomini abadiylashtirgan omil uning siyosiy-harbiy faoliyati, go‘yoki tugamas boyligi emas, balki Yer yuzining sayqali sanalmish Samarqanddagi Registon maydonida qurdirgan ikki bino — Sherdor va Tillakori madrasalari bilan bog‘liq. Umumiy xulosa. Yalangtushbiy Bahodir Markaziy Osiyo xalqlarining tarixida muhim o'rin egallagan tarixiy shaxs sifatida iz qoldirdi. Birinchidan, uning hukmronligi davrida Samarqand hududida ilm-fan, adabiyot va san'at yuksak darajada rivojlandi. Yalangtush Bahodir Samarqandda Amir Temur va Mirzo Ulug'bekdan so'ng ilm-fanga homiylik qildi. Ikkinchidan, Yalangtushbiy Bahodir hukmronligi davrida Samarqand diyori ancha obodonlashtirildi. Juda ko'plab me'moriy inshootlar qurib bitkazildi. Shu jumladan yer yuzining sayqali sanalmish Samarqand hududi Registon maydonidagi Sherdor va Tillakori madrasalari qurib bitkazilib, Registon maydoni hozirgi qiyofaga keltirildi5-rasm. Uning hukmronligi davrida 1619-1635-yillarda Sherdor, 1646-1660-yillarda Tillakori madrasalari qurib bitkazildi. Tillakori madrasasi qurilishi tugallanmay turib 1656-yilda Yalangtushbiy Bahodir vafot etadi6-rasm va qurilish ishlarini uning qizi Oybibi davom ettirib, oxiriga yetkazib qo'yadi. Yalangtush Bahodirni butun dunyodagi ko'plab tarixchilar qozoq botiri Jalangtos sifatida talqin etadi. Lekin bu boradagi ikkalasini farqini Malikovning ma'lumotlariga tayangan holda yuqorida bir qancha ma'lumotlar keltirdim. Amir Temur vafotidan so'ng Zarafshon vohasida yetishib chiqqan, XVII asrda Samarqand shahri hokimi bo'lgan yurtdoshimiz Yalangtush Baahodir hisoblanadi. Yalangtush Bahodir Mirzo Ulug'bekdan so'ng Samarqandda juda katta memorchilik ishlarini amalga oshiradi. Registon maydonida Sherdor va Tillakori madrasalari, Xo'ja Ahror Valiy qabristoni oldida Nodir devonbegi madrasasi va ko'plab ko'priklar qurdirgan, Siyob bozorini hozirgi joyiga ko'chirgan va uning yonida karvonsaroy, savdo rastalari qurdirgan. Yalangtush Bahodir Samarqan viloyatidagi hukmronligi davrida Samarqand vohasida madaniyat, adabiyot va san'at rivojlangan, ulkan obodonchilik ishlari amalga oshirilgan, yurt hududi chegaralari mustahkamlangan. Shu davrda Xitoy davlatiga chegaradosh bo'lgan turkiy xalqlar hayotiga xavf solib turgan jung'orlar hujumi hamda qozoq xonlarining bosqinchilik yurishlari Yalangtush Bahodirning say-harakatlari bilan bartaraf etilgan. Yalangtush Bahodir boshchiligidagi qo'shin qozoq xalqini jung'orlar zulmidan saqlab qolgan, Balx viloyati aholisini boburiylardan ozod qilishda ham qatnashgan. Bugungi kunda tarixiy manbalarda, asosan, Yalangtush Bahodirning obodonchilik ishlari to'g'risida ma'lumot berilgan. Yalangtush Bahodirning shaxsiyati, siyosiy faoliyati, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida tutgan o'rnini o'rganish va jamoatchilikka yetkazish dolzarb vazifa bo'lib turibdi. Mazkur asar ana shu ehtiyoj natijasida yaratilgan. Bu asarlar tarixiy manbalar asosida Yalangtush Bahodirning hayoti va hukmronligi davrida ilm-fan, san'at va madaniyatga homiylik qilganligi, oilada ota sifatida farzandlari bilan munosabatiga oid lavhalar qamrab olingan. Asarda tasvirlangan sarkardaning oilasi, faoliyati bilan bog'liq voqealar buyuq ajdodimizning insoniy qiyofasi, yurt ravnaqi yo'lidagi xizmatlarini teran tasavvur qilishimizga yordam beradi. Yalangtush Bahodirning ko'pqirrali faoliyati tadqiq etish orqali XVI asr oxiri XVII asr boshlarida Buxoro xonligining siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayotini, O'zbekiston arxitekturasining XVI-XVII asrga oid tarixini, Ashtarxoniylar davrida O'rta Osiyoda kechgan geosiyosiy jarayonlar tarixini, o'zbek davlatchiligi tarixining turli masalalarini, o'sha davrlarda Buxoro xonligi yuritgan tashqi siyosat va xalqaro munosabatlarini yanada kengroq o'rganish mumkin bo'ladi. Yuqorida tahlil qilingan tarixiy dalillar shuni tasdiqlaydiki, Yalangtush Bahodir xonlik siyosiy barqarorligi yo'lida qat'iy va to'g'ri qarorlar qabul qilgan siyosiy arbob, bu borada hukmdorlarga to'g'ri yo'lni ko'rsata olgan maslahatchi, qo'shni davlat siyosiy doiralari bilan manfaatli kelishuvlar va muzokaralar olib bora olgan mohir diplomat bo'lgan. Yalangtush Bahodir katta nufuzga ega bo'lgan adolatli, vatanparvar siyosatchi sifatida bir emas, uchta ashtarxoniy hukmdor- Imomqulixon, Nodir Muhammadxon va Abdulazizxon hukmronligi davrida davlat boshqaruvi, uning xavfsizligi va siyosiy barqarorligini saqlash yo'lida fidokorona xizmat qilgan tarixiy shaxsdir. XVII asrda yashagan Yalangtush Bahodir O'zbekiston va butun Markaziy Osiyo xalqlarining tarixida harbiy bilimni puxta egallagan sarkarda, davlat boshqaruvida faol ishtirok etgan siyosatchi, madrasa ta'limini olgan ziyoli, hashamatli inshootlar qurdirgan homiykabi sifatlarni o'zida namoyon etgan murakkab tarixiy shaxs sifatida iz qoldirdi. Yalangtush Bahodir kabi tarixiy shaxslarning faoliyatini ilmiy jihatdan o'rganish masalasiga alohida e'tibor qaratilsa, Respublikaning barcha ta'lim muassasalarida Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Yalangtush Bahodir singari sarkardalarni harbiy faoliyati o'rganish uchun alohida dars soatlari ajratilsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi. Yuqorida tahlil qilingan tarixiy dalillar shuni tasdiqlaydiki, Yalangtush Bahodir xonlik siyosiy barqarorligi yo'lida qat'iy va to'g'ri qarorlar qabul qilgan siyosiy arbob, bu borada hukmdorlarga to'g'ri yo'lni ko'rsata olgan maslahatchi, qo'shni davlat siyosiy doiralari bilan manfaatli kelishuvlar va muzokaralar olib bora olgan mohir diplomat bo'lgan. Yalangtush Bahodir katta nufuzga ega bo'lgan adolatli, vatanparvar siyosatchi sifatida bir emas, uchta ashtarxoniy hukmdor- Imomqulixon, Nodir Muhammadxon va Abdulazizxon hukmronligi davrida davlat boshqaruvi, uning xavfsizligi va siyosiy barqarorligini saqlash yo'lida fidokorona xizmat qilgan tarixiy shaxsdir. XVII asrda yashagan Yalangtush Bahodir O'zbekiston va butun Markaziy Osiyo xalqlarining tarixida harbiy bilimni puxta egallagan sarkarda, davlat boshqaruvida faol ishtirok etgan siyosatchi, madrasa ta'limini olgan ziyoli, hashamatli inshootlar qurdirgan homiykabi sifatlarni o'zida namoyon etgan murakkab tarixiy shaxs sifatida uzidan ajoyib iz qoldirgan. Bundan tashqari Yalangtush Bahodir davri murakkab siyosiy davr bo'lganligi bilan ham ahamiyatlidir. Bu davrda bir tomondan ashtarxoniy hukmdorlar o'zaro taxt talashishar, ikkinchi tomondan esa bundan tashqi dushmanlar foydalanib qolishga urinib, mamalakat hududiga tashqi dushmanlar bostirib kirayotgan edi. Jumladan, bu davrda mamlakat hududiga Hindistkn hukmdori sanalgan boburiy hukmdorlar ( Shohjahon ) va bir necha bor qozoq sultonlari bostirib kirayotgan edi. Yalangtush Bahodir esa yurt tinchligi uchun bor kuch-g'ayrati bilan harakat qilib, diyorimizni ulardan himoya qilayotgan edi. Shunday tarixiy murakkab davr bo'lishiga qaramay, bu davrda Samarqandda ilm-fan yuksak darajada rivojlandi2-rasm. Bundan tashqari, yurt obodonchiligiga ham alohida e'tibor qaratdi. Yalangtush Bahodir o'z mablag'lari hisobidan vayrona holatga tushib qolgan Samarqanddagi Registon maydonida Ulug'bek madrasasi qarshisida Sherdor madrasasini, uning yonida esa Tillakori madrasasini bunyod ettirdi. Yalanto‘sh Bahodirning siyosiy faoliyati bilan bir qatorda uning madaniyatga homiylik qilgani ham hukmdor faoliyatini o‘rganishga muhim omil hisoblanadi. Jumladan, bugungi kun chet elda nafaqat Samarqandning ramzi, balki O‘zbekistonning ramzi sifatida ma'lum bo‘lgan Registon maydonidagi Tillakori (1646–1660) va Sherdor (1619–1636) madrasalari shaxsan Bahodir Yalangto‘sh tomonidan qurilgan. Aytish joizki, O‘zbekiston tarixida muhim o‘rin egallagan shaxslar to‘g‘risida bir qancha, maqola, risola, monografiyalar yaratilgani, ular faoliyatiga oid konferensiyalar uyushtirilgani holda Bahodir Yalangto‘sh faoliyatiga doir tadqiqotlar ancha kamligi ko‘zga tashlanadi. Yalangto‘sh Bahodir faoliyati bilan bog‘liq ba'zi tadqiqotlar qo‘shni Qozog‘istonda ham amalga oshirilgan bo‘lib, ularda aksariyat hollarda mazkur shaxs faoliyatini bir yoqlama talqin qilishgan. Shu munosabat bilan xalqaro tadqiqotchilar bilan hamkorlikda Bahodir Yalangto‘sh faoliyatiga doir «Bahodir Yalangto‘shning Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida tutgan o‘rni» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish, konferensiya materiallari nashr ettirish, mazkur jarayonni OAV orqali keng targ‘ib qilish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov Samarqandda Yalangto‘sh Bahodirga bag‘ishlangan bir nechta xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tishini ma'lum qildi. Shuningdek, Samarqand shahrida, Registon ansambilini yaqinida Yalangto‘sh Bahodir haykali o‘rnatiladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling