Amir yalangtush bahodir davrida samarqandning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti
Yalangtush Bahodirning ashtarxoniy hukmdorlar bilan aloqasi
Download 0.61 Mb.
|
Yalangtush Bahodirbiy Mamasoliyev Xurshid
2.2 Yalangtush Bahodirning ashtarxoniy hukmdorlar bilan aloqasi.
Yalangtush Bahodirning siyosiy faoliyati o'z navbatida ashtarxoniy hukmdorlar bilan bog'liq. Imomqulixon davrida otaliq mansabida bo‘lgan Yalangto‘sh Bahodir yirik amirlarga ulus mulki taqsim qilinganda saroyining yaqin kishisi sifatida bir qancha mulklari qator G‘archiston viloyati mulki ham qo‘shib berilgan edi54. Xonlikda vujudga kelgan muammoli vaziyatlarni hal qilishda xon doimo o‘zi bilan Yalangto‘shbiy bahodurni olib yurgan. “Tarixiy Muqimxoniy” asarida Balx mustaqilligini saqlab qolish uchun Imomqulixon o‘z yaqinlari bilan ukasi Nodir Muhammadxonga yordam berish uchun qo‘shin bilan otlangani haqida maʼlumot keltirilar ekan, birinchilardan bo‘lib, uning nomi zikr etilgan: “amirlardan: Yalangto‘shbiy otaliq, O‘rozbiy, Abdurahmon devonbegi, Soqi parvonachi va Mansur hoji dodhohlar bor edi. Shuningdek, barcha buyuk oliy nasab, mashhur olimu fuzalolar, yuqori martabali harbiylar va boshqa turli toifadagi yuz mingga yaqin kishi ishtirok etdi”55. Shuningdek, Yalangtush bahodur Buxoroning ikkinchi poytaxti bo‘lgan Balx viloyati himoyasini mustahkamlashda Nodir Muhammadxonni qo‘llab turgan56. Nodir Muhammadxon davrida ham Yalangtushbiy otaliq lavozimida faoliyat olib borib, unga hozirgi Afg‘oniston hududidagi qator yer-suvlar tortiq qilingan57. Bu xususida, Maxmud ibn Valining «Bahrul-asror” asarida “Nodir Muhammadxon davrida martabasi yuqorilashib, uning otalig‘i etib tayinlandi. Darayi Suf, Mulgon, Kohmard viloyatlari; Tulkichi, Sayqonchi, Zerangi, Kilagi, Hazorai Nekudari qabilalarining yurtlari, G‘azna, Qandahor, Zamindovar, G‘ur, Xuroson hududlarigacha bo‘lgan qabilalar yerlari unga iqtoʼ tariqasida inʼom etilgan edi. Qandahor, Seiston va boshqa viloyatlar hokimlari uning qarshisida zir-zir titrar edilar. Ko‘rgan-bilganlar uning boyligi davlat xazinasiga teng ekanligi, nufuzi podshohlarnikidan qolishmasligini aytganlar», deyiladi58. Xususan, G‘azna va Qandahorgacha bo‘lgan hududni o‘z ichiga olgan Garchiston iqtoʼ tarzida Yalangtush Bahodirning yer-mulki bo‘lganligi to‘g‘risida, o‘sha davrlarda yurtimizga kelgan rus elchisi Anisim Gribov (1641) ham maʼlumot beradi: «Balxdan soliq yig‘ish uchun Hindiston davlati sarhadlarida joylashgan Hindikush qishloqlarigacha boriladi. Balxdan to Hindikush bag‘ridagi hind qishloqlariga olib boruvchi yo‘l otliq uchun 7 kun, tuyada esa 14 kunlik yo‘ldir. Balx va Hind sarhadlari oralig‘idagi qishloqlar, shaharlar Buxoro va Balx xonlarining yaqin kishilaridan bo‘lmish Amir Yalangtushning mulki hisoblanadi»59. Otaliq lavozimida bo‘lgan Yalangtush bahodur mavqei va martabasidan kelib chiqib, ko‘plab muhim tadbirlarni amalga oshirgan. Yalangtushbiy bahodurxon tomonidan berilgan ishonch qog‘ozi yoki tilxat davlat xazinasi tomonidan beriladigan ishonchnomaga teng kuchga ega bo‘lgan60. Numizmatika tarixidan maʼlumki, barcha zamonlarda bunday tadbir albatta, naqd pul ayirboshlash jarayonlari maʼlum bir shaxslarning boshqa bir shaxsga nisbatan hisob kitoblarida o‘zaro ishonchga asoslangan holda amalga oshirilgan. Tadqiqotchilar, Rossiyaning Qadimgi aktlar markaziy davlat arxiviga tegishli tarixiy hujjatlarda Yalangtush Bahodir nomi bilan bog‘liq voqeiliklar tilga olinganligini, qayd etadilar. Jumladan, 1640 yilga doir tarixiy hujjatlar Balx elchisi Xoja Ibrohim tomonidan Moskvaga podsho Mixail Fedorovich huzuriga olib kelinayotgan rasmiy yorliqlar bo‘lib, ularning mazmunidan ayon bo‘ladiki, 1638 yilda Balxdan Rossiyaga kelayotgan avvalgi elchilik karvoni Mang‘ishloq atrofida Daychin boshchiligida qalmoqlar tomonidan talangan. Balxdan jo‘natilgan mazkur yorliqlarning ikkinchisida Rossiya hukumatiga ana shu qaroqchi qalmoqlarga qarshi birgalikda kurashish taklifi bildirilgan edi61. Unda agar bu taklifga Moskva hukumati rozilik bildirsa, Imomqulixon Emba atrofiga Yalangto‘sh Bahodir (hujjatda uning ismidan keyin “otaliq” atamasi yozilgan) boshchiligidagi o‘n ikki nafar amirlar va katta qo‘shin yuborishga tayyor ekanligi haqida maʼlum qilingan62. Demak, Yalangtush Bahodir nafaqat Buxoro xonlariga, balki qaysidir maʼnoda xonlikka tobe bo‘lsa-da, aslida mustaqil idora etiladigan Balx hukmdorlariga ham xizmat qilgan. Ulardagi mazmun Yalangtush Bahodirning hatto Balx hukmdorlarining ham boshqa amirlarga bosh bo‘lgan eng tajribali sarkardasi sanalganidan dalolat beradi O‘ttiz yildan ko‘proq muddat Imomqulixon va Yalangto‘shbiy o‘rtasidagi hamkorlik faoliyati 1642 yilda Imomqulixonning ko‘zi xastalanib qolishi bilan maʼlum bir chegaraga yetib keladi. Xonning haj ziyoratiga ketishi munosabati bilan,Yalangtush Bahodir boshchiligidagi ko‘pchilik amirlar Balh viloyatida hukmronlik qilayotgan Nodir Muhammadni Buxoroga chaqirib oladi va uni oliy hokimiyat taxtiga o‘tqazishadi63. Bundan ko‘rinadiki, Yalangtush Bahodir o‘z faoliyatida davlat boshqaruvidagi siyosiy barqarorlikni saqlashga alohida eʼtibor qaratgan. Boshqaruvchilik layoqatini yo‘qotib borayotgan hukmdor o‘rniga boshqa bir teran fikrlovchi, sog‘lom shaxsni qo‘yish lozim, deb hisoblagan64. Manbalarda, xususan “Silsilat at salotin” asarida yana bir maʼlumotlar borki, Nodir Muhammadxon dastlab Balxdagi valiahd sifatida ko‘p yillik boshqaruvi davrida o‘ziga sadoqatli, ishonchli kishilarni saroy xizmatiga chaqirishi yirik zodagonlar o‘rtasida nizolarni kuchaytirgan. Xususan, hukmdor o‘z davrining qudratli amiri bo‘lgan Yalangtushbiyni Kohmard hokimligidan bekor qilib, o‘rniga boshqasini qo‘ygan, o‘ziga yaqin bo‘lgan Abdurahmon devonbegini otaliq mansabiga ko‘targan65. Natijada, xon hazratlari va Yalangto‘shbiy bahodur o‘rtasida munosabatlar keskinlashadi. Shu kabi maʼlumotni akad.B.A.Axmedov “Tarix-i salatin-i mang‘itiya” asari asosida yoritib, 1645 yilda Buxoro amirlari Xo‘jandda Nodir Muhammadxonga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi. Unga Yalangto‘sh Bahodir boshchilik qilgan. Qo‘zg‘olonchilar yoniga bitim tuzishga jo‘natilgan Abdulaziz sultonni Yalanto‘sh Bahodir boshchiligidagi amirlar tutqin qilib, Buxoro tomonga yurish boshlaydi va Oqtepa degan joyda Abdulazizni xon deb eʼlon qilishadi. Shunday tarzda Buxoro shahri uch oy qamal qilinadi va Nodir Muhammadxon shahardan chiqib ketishga majbur bo‘ladi66. Demak, bu misollar Yalangto‘sh Bahodirning o‘z davrida xonlar o‘rtasidagi taxt talashish jarayonida va hukmdorlar almashinuvida ham hal qiluvchi siyosiy taʼsirga ega bo‘lganligi ko‘rsatadi. Boshqa tomondan, boshqaruvdagi o‘zgarishlar, asriy saqlanib kelinayotgan anʼanalarning buzilishi tufayli umrining sal kam ellik yilida ashtarxoniy hukmdorlar vakillariga sadoqat bilan xizmat qilgan sarkarda va davlat arbobini Nodir Muhammadxon boshqaruviga qarshi harakatlar qilishiga sabab bo‘lgan. Nodir Muhammadxonning taxtda ko‘p vaqt o‘tirmadi. Fitnachi amirlar Qarshi atrofida shikorda yurgan Nodir Muhammadxonning o‘rniga uning o‘g‘li Abdulazizni taxtga o‘tqizishadi, bu vaqtda Hindiston hukmdori Shohjahon Balhni bosib oladi. Bu viloyatni Buxoro xonligiga qaytarish jarayoni bilan bog‘liq siyosiy harakatlarda Yalangto‘sh Bahodirning asosiy siyosiy maydondagi faoliyati namoyon bo‘ladi. Shu o‘rinda yana, Rossiyaning Qadimgi aktlar markaziy davlat arxiviga tegishli tarixiy bir hujjatida bu haqda batafsil maʼlumotlar qayd etilgan. Xususan, Balx, Xiva va Buxoroga jo‘natilgan rus elchisi Anisim Gribovning hisobotiga ko‘ra, Hindiston shohi Shohjahon bilan Buxoro xoni Abdulazizxon o‘rtasida Balx viloyatining talash hududga aylangani va bu talash Yalangto‘sh Bahodir amalga oshirgan tadbirlar tufayli barham topgani hikoya qilinadi. A.Gribov 1646 yilning noyabrida Rossiyadan Isfahonga kelganida u yerda Mashhaddan Eron shohi huzuriga jo‘natilgan Alloquli ismli chopar bilan ko‘rishadi va quyidagi maʼlumotlarni aynan shu chopardan eshitib o‘z hisobotiga yozib qo‘yadi67. Unda qayd etilishicha, Hindiston hukmdori Shohjahon Nodir Muhammadxondan Balxni tortib olib, u yerga o‘z qo‘shinini joylashtiradi. Bundan xabar topgan Abdulazizxon va uning “yaqin kishisi” (hujjatdan aynan shunday yozilgan va uning ismi “Yalantesh knyaz” shaklida berilgan) Yalangto‘sh Bahodir Buxorodan Balxga keladi va shaharni qamal qiladi. Shu vaqtda, Shohjahon Balxdagi o‘z odamlariga 30 ming ho‘kizga ortilgan oziq-ovqat va mablag‘ jo‘natgan edi. YAlangto‘sh Bahodir bu karvonni Balxga o‘tkazmay ushlab qoladi va odamlarini qirib tashlaydi. Bu vaqtda Eron shohi huzuriga qochib ketgan Nodir Muhammadxon Eron qo‘shini bilan Mashhad yaqinida vaziyatni kuzatib turgan edi. Balxda qamalda oziq-ovqatsiz qolgan Hindiston qo‘shini Nodir Muhammadxonga yashirin elchi jo‘natib, Balxga kelsa shaharni unga jangsiz topshirishi haqida xabar beradi68. Bundan xabar topgan Yalangto‘sh Bahodir Nodir Muhammadxonga Balxga kelmasligini va Mashhad yaqinida turishini “buyuradi”. Shu vaqtda Balhdagi hindlardan Yalangto‘sh Bahodir huzuriga ham elchi kelib, unga Balx atrofidan tezroq ketishi, Abdulazizxonni ham o‘zi bilan olib ketishi, bu ishi uchun unga 30 ming ho‘kizga ortilgan mol-mulk taqdim qilinishi taklifini bayon qiladi. Yalangto‘sh Bahodir hindlarning bu taklifiga rozi bo‘lmaydi va Balh atrofidan ketmasligini, qachonki Balxni qayta qo‘lga kiritsa, u yerdagi mol-mulk bilan birga hindlarning boshi ham uning qo‘lida bo‘lajagi haqida javob yuboradi69. Ahmedovning yozishicha, bu vaktda Samarkandda Yalangto‘sh Bahodir vaziyatni o‘z nazoratiga oladi. U Shukurbiy saroy bilan birga barcha amir va ruhoniylarni Eronga karshi kurashda Imomqulixonni kud- lab-quvvatlashga chakiradi. Yalangto‘sh Bahodir Karshidan Imomkuli- xonni Samarkandga olib keladi. Ular umumiy dushman xujumini bar- taraf etish uchun birgalikda harakatni boshlaydi. Bu o‘rnida guvoxi bo‘lamizki, Yalangto‘sh Bahodir nafakat barcha amirlaru din ahlini va xatto xukmdorii xam umumiy dushmanga qarshi kurashda "boshini. biriktira olgan" mohir siyosatchi sifatida namoyen buladi. Bundan tashkari, bu dalillar uning yurt tinchligi xavf solgan dushmanlarni tor-mor etgan. Imomqulixon bilan Yalangto‘sh Baxodir birini birga- boshlagan vaktda Eron kushini Samarkand shaxri yaqinidagi Zarman mavzusiga kelib to‘xtagan edi. Kuchlar teng bulmagani sababli Imomqulixon. Yalangto‘sh Baxodir va boshka nufuzli amirlar krok xonlari Abuday sulton va Ishim sultonlardan yordam so‘raydi. Yerdamga kelgan xar ikki kozok sultonlari uzlarining kam sonli askarlarini Samarkandga yordamga jo‘natib, asosiy askarlari bilan Movarounnahr shaxar, kishloklarini talashga kirishadi. Kizigi shundaki, Vali Muxammadxoi xam kozok sultonlaridan yordam sӯraydi. davomidan ayon bo‘ladiki. Imomqulixon Yalangto‘sh Baho- dir va boshka amirlar yordamida xar ikki dushman xam kozoklar, xam eron kizi boshlari ustidan galaba kozonadi: Abulay sulton Samarkand atrofidagi kishlok va mavzelarni talab, Turkistonga kaytib ketadi. Lekin Imomqulixon hanuz Miyonkolda turgan Ishim sulton xavfini bartaraf etish masalasida yana Yalangto‘sh Bahodir na Shukurbiy saroy bilan maslaxatlashishga majbur bo‘ladi. Ularning maslaxati bilan Ishim sultonga Toshkent, Turkiston va uning atrofi dagi yerlarni berib, qozoqlar xavfini xam bartaraf etishga muvaffak buladi. Demak, davlatda tashki dushmanlar bilan bulgan kurashla yuzaga kelgan tang holatlarda xukmdorlar tez-tezurushlar olib borishga majbur bӯladilar70. Hujjatda bayon qilingan voqealarning keyingi rivojida Yalangto‘sh Bahodir shaxsining boshqa qirralari ham ochilib boradi. Yalanto‘sh Bahodir va Abdulazizxon Balx qamalidan voz kechmay turgan bir vaqtda ularning huzuriga Buxorodan chopar kelib, qozoq xoni Yangir sultonning Toshkentdan Buxoro hududiga tomon kirib kelayotgani haqida xabar beradi. Shunda Balx qamalida bo‘lgan Buxoro qo‘shini ikkiga ajratiladi. Yalangto‘sh Bahodir boshchiligidagi birinchi qism Balh qamalini davom ettirib, hind qo‘shiniga qarshi turish uchun qoladi. Ikkinchi qismi esa, Abdulazizxon boshchiligida qozoqlarga qarshi turish uchun Buxoroga jo‘nab ketadi. Shu vaqtda Yalangto‘sh Bahodir bilan hind qo‘shinlari o‘rtasida Balx uchun jang boshlanadi. Kuchlar teng emasligini anglagan Yalangtush Bahodir Buxoroga Abdulazizxonga chopar jo‘natib, qozoqlar bilan jang qilmasdan bitimga kelishishni va u bilan yarash bitimi tuzishni va tezda Balxga yordamga kelishini maslaxat beradi. Abdulazizxon Yalangto‘sh Bahodir ko‘rsatmasiga binoan, qozoq sultonlari bilan bitimga kelishib, o‘zaro ittifoqchilikda Balxga qozoq qo‘shinlarini ham safarbar etilishiga erishadi va Yalanto‘sh Bahodirga yordamga yetib keladi71. Shunday qilib, Yalangtush Bahodir Balx uchun Hindistonga qarshi kurash maqsadida, Buxoro-Qozoq ulusi va yana Eron o‘rtasidagi harbiy ittifoqni tashkil etishga muvaffaq bo‘ladi. Va nihoyat kuchlarning birlashuvi natijasida, Balhdan Hindiston qo‘shini haydab yuborishga erishiladi va Mashhad yaqinida turgan Nodir Muhammadga yana Balh viloyati topshiriladi. Abdulazizxon va uning sodiq tarafdori Yalangto‘sh Bahodir esa yana Buxoroga, qozoq sultoni Yangir sulton Toshkentga qaytib ketadi72. Nodir Muhammadxonning o‘g‘li Abdulazizxon (1645-1681)ning xon ko‘tarilishi bilan Yalangto‘shbiy xonni qo‘llab quvvatlab, qo‘shni sarhadlarga urush olib borgan. Jumladan, Boburiylar imperiyasiga qarashli bo‘lgan Qobulga va Eronga ham yurishlarni amalga oshirgan. Chunonchi, 1648 yilda Abdulazizxonning 200 minglik qo‘shini tarkibida Balxni Boburiylardan qaytarib olish jangida qatnashib g‘alaba qozongan. Bundan tashqari, Ashtarxoniylar davri uzluksiz isyonkor qabilalar va ularning boshliqlarining o‘zaro kurash va isyonlari bilan xarakterlanadi. Bu isyonlarni bostirishda ham u faol qatnashgan. Bu yurishlar oqibatida ko‘plab qullar asir olinib (ular soni 3000 gacha bo‘lgan), ular mehnatidan foydalanib o‘lka obodonlashtirilgan73. Boshqa tadqiqotlar ham, yurishlar natijasida 3000 dan ortiq qo‘llarga ega bo‘lgan Yalangtush Bahodir, ularning yordami bilan keng ko‘lamda bunyodkorlik ishlarini amalga oshirganligini tasdiqlaydi. Tarixiy voqeiliklarda, Yalangto‘shbiy Bahodir boshqa nufuzli amirlar qatorida xonlarni biror manzilda tantanali kutib olish yoki kuzatib borish jarayonida ham faol qatnashganligini ko‘rish mumkin. Masalan, “Bahr al-asror” asarida yozishicha, 1639 yilda Imomqulixonning farmoniga ko‘ra, Qarshi yaqinidagi Fayzobod qishlog‘i yonida Nodir Muhammadxonni tantanali kutib olish uchun Nodir devonbegi, Muhammadyorbek chuhraog‘asi kabi nufuzli amirlar qatorida Yalangto‘shbiy Bahodir ham jo‘natilgan edi74. Yalangtush Bahodir 1656 yili 80 yoshida bu yorug‘ olamni tark etgan. Vasiyatiga ko‘ra, uni Dahbeddagi Maxdumi Aʼzam xonaqohiga, piri Xoja Hoshim qabrining oyoq tomoniga ko‘mganlar. Uning qizlari ham shu yerda dafn etilgan. Bu tarixiy hujjatlar B.A. Axmedov tomonidan 1982 yilda Balk tarixiga bag‘ishlab nashr ettirilgan tadkikotda xam taxlil kilingan. Unda agar bu taklifga "Moskva Hukumati rozilik bildirsa, Imomqulixon Emba atrofiga YAgangto‘sh Baxodir (hujjatda uning ismidan keyin "otalik" atamasi yozilgan, chunki u muayyan vakt otalik vazifasini xam bajargan) boshchiligidagi o‘n ikki nafar amirlarni 50 ming xarbiylari bilan birga jo‘natishga tayyor yedi. Yalangto‘sh Bahodirning tarixiy hujjatlarda Boybek ismli o‘g‘li eslatib o‘tiladi. Xususan, 1642 yilda tuzilgan vasiqada Mulla Badi degan shaxs Yalangto‘shbiy otaliq o‘g‘li Boybekning qonuniy ishonchli vakili sifatida maʼlum bir garov evaziga mullo Nodir Samarqandiyga chorbog‘dan qonuniy foydalanish huquqini beradi75. (Kazakov, 1987. 32-b). U otasidan yetti yil oldin 1650 yilda vafot etadi. Yalangtush Bahodirning o‘g‘lidan tashqari Iqlimbonu (vafoti 1657) va Oybiy (vafoti 1666) ismli ikkita qizi bo‘lib, Oybiy otasi vafotidan keyin uni qurilishlarini davom ettirgan bo‘lsa kerak, degan taxmin bor. Chunki, M.E. Masson o‘z tadqiqotida xojagon Kosoniy (Mahdumi Aʼzam) qabri ustiga qurdirgan maqbara va tillakoriy madrasalari qurilishi uning avlodlari tomonidan davom ettirilganligiga ishora qiladi76. Shunday qilib xulosa qilib aytish mumkinki, Yalangto‘sh Bahodir Buxoro xonligida Ashtarxoniylar sulolasining eng ziddiyatli tarixiy jarayonlari kechgan davrda mohir sarkarda va davlat arbobi sifatida tarix sahnasiga chiqdi. Uning butun hayoti va faoliyati Movarounnahr va Xurosonda kechgan ijtimoiy-siyosiy voqeiliklar bilan bog‘lanib, Buxoro xonligida mamlakat daxlsizligini saqlash va hokimiyatni markazlashtirishda katta rol o‘ynadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling