Amir yalangtush bahodir davrida samarqandning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti


Download 0.61 Mb.
bet5/13
Sana17.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1533051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Yalangtush Bahodirbiy Mamasoliyev Xurshid

Ish tuzilmasining tavsifi. Dissertatsiya kirish, 3 ta bob, xulosa, ilova va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
I bob. Yalangtush Bahodir faoliyati tarixshunoslikda o'rganilishi.


1.1 Yalangtush Bahodir faoliyati yurtimiz tadqiqotchilari asarlarida aks etishi.

Yuz yillardan buyon dunyo xalqlari qatorida O'rta Osiyo xalqlari orasidan yetishib chiqqan sarkardalar, yo‘lboshchilar haqida ma'lumotlar yozma manbalarda o‘z aksini topib keladi. Ulardan deyarli ba'zilarining nomlari asrlar osha avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. O‘z faoliyati bilan zamonasida tub burilishlar yasab, buyuk ishlarni amalga oshirib, ovozasi uzoqlarga yoyilgan o‘nlab ajdodlarimiz — davlat boshliqlari-yu, harbiy sarkardalar ham borki, ularning faoliyatini manbalar asosida chuqur o‘rganish tarixdagi bo‘shliqni to‘ldirib, voqealar zanjirida o‘z o‘rnini topadi.


O‘tmish tariximizda Samarqandda ulkan me'morchilik ishlarini amalga oshirgan, o‘z hukmronligi davrida shahar ravnaqini ta'minlagan hukmdorlardan biri Bahodir Yalangto‘sh (1576 – 1656) bo‘lib, uning shaxsiyati, tarixda tutgan o‘rnini o‘rganish va jamoatchilikka yetkazish bugungi fan oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi1.
Yalangtush Bahodir 1576-yil 15-sentyabrda Nurota hokimi oilasida tug‘ilgan. Yalangto‘sh Bahodir Buxoro xoni Abdullaxon II nazariga tushgan va uning homiyligida maxsus harbiy maktabda o‘qib, harbiy san'atni o'rgangan (1590–93). O‘zining davlat oldidagi munosib xizmatlari evaziga dastlab Bulung‘ur, Loyish, Kattaqo‘rg‘onda tumanboshi lavozimida ishlagan (1593–95) Yalangto‘sh Bahodir, 1611 yil Ashtarxoniy Imomqulixonni taxtga o‘tqazishda faol ishtirok etgan2.
Shundan so‘ng uning mavqeyi ortgan, u Samarqandni 1626 yildan amalda mustaqil boshqargan va unga otaliq unvoni berilgan. Yalangtush Bahodir Buxoro xonligining barcha harbiy yurishlarida faol ishtirok etgan. Chunonchi, 1623 yil va 1631 yil Eron qo‘shinlari Balx viloyatiga kelganda Balx hokimi Nadr Muhammadxonga Yalangtush Bahodir boshchiligida katta qo‘shin yordam bergan.
1640 yil Imomqulixon Moskvaga elchilar orqali noma yo‘llab, unda Rus davlatining qalmiqlarga qarshi kurashida Yalangto‘sh Bahodir boshchiligida 12 amir va katta qo‘shin yuborishga tayyorligini bildirgan. 1642 yil Imomqulixonning ko‘zi ko‘r bo‘lib qolganda Yalangtush Bahodir va amirlar Balxdan Nadr Muhammadni chaqirib taxtga o‘tqazishgan. Nadr Muhammad Yalangtush Bahodirga Kobul atrofidagi Darai-Suf viloyati, Mo‘lg‘on, Kahmerdni hamda tulkichi, sayqanchi, zirangi, kilachi, hazora-nikudariy qabilalarini o‘tovlari bilan qo‘shib iqto tarzida in'om etgan edi3.
Yalangtush Bahodir mamlakatda xondan keyin eng badavlat shaxs bo‘lgan. 1645 yilda u Buxoroda Nadr Muhammadxon bilan janjallashib qolib, Xo‘jandda xonga qarshi ko‘tarilgan amirlar qo'zg'oloniga boshchilik qilgan. Buxorodan isyonni bostirish uchun yuborilgan Abdulaziz Sulton asir olingan, isyonchilar Buxoro shahriga yurish qilishgan. Ular Buxoro g‘arbidagi Oqtepa mavzesida Abdulazizni xon deb e'lon qilib, keyinroq poytaxtni qamal qilishgan. Nadr Muhammadxon 3 oylik qamaldan keyin shaharni tark etishga majbur bo‘lgan. Nodir Muhammadxon boburiylar sulolasi vakili Shoh Jahondan yordam so‘ragan. 1646 yil Shoh Jahon Balxga kenja o‘g‘li Murodbaxshni katta qo‘shin bilan yuboradi. Bu qo‘shin Balx viloyatini himoya qilish o‘rniga Balxni bosib olgan. Boburiylar Balxda 2 yildan ko'proq hukmronlik qilishgan, biroq u yerda mustahkam o‘rnasha olishmagan. 1648 yil yozida Abdulazizxon 200 ming kishilik qo‘shin bilan Balxga hujum qilib, boburiylardan bu viloyatni qaytarib olgan, bu qo‘shin tarkibida Yalangtush Bahodir boshchiligidagi qo‘shin ham bo‘lgan4.
Abu Tohirxojaning «Samariya»da yozishicha, «Yalangtush Bahodirning qabri Samarqand shahri yaqinidagi Dahbedda, Mahdumi A'zamning oyog‘i ostida, sufa ustida, mozor devorining» ichidadur». Keyinchalik Yalangto‘sh Bahodir haqida xalq orasida ko‘plab rivoyatlar, afsonalar (masalan, «Yalangto‘sh botir» hikoyasi) to‘qilgan.
Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida muhim o'rin egallagan mashhur sarkardalar, yo'lboshchilar hayoti va faoliyati ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan turli yozma manbalarda saqlanib qolgan. Ana shunday yirik shaxslardan biri Amir Temur vafotidan so'ng Zarafshon vohasida yetishib chiqqan, XVII asrda Samarqand shahri hokimi bo'lgan yurtdoshimiz Yalangtush Bahodir sanaladi. Yalangtush Bahodir Mirzo Ulug'bekdan so'ng Samarqandda juda katta memorchilik ishlarini amalga oshiradi. Registon maydonida Sherdor va Tillakori madrasalari, Xo'ja Ahror Valiy qabristoni oldida Nodir devonbegi madrasasi va ko'plab ko'priklar qurdirgan, Siyob bozorini hozirgi joyiga ko'chirgan va uning yonida karvonsaroy, savdo rastalari qurdirgan5.
Yalangtush Bahodir Samarqand viloyatidagi hukmronligi davrida Samarqand vohasida madaniyat, adabiyot va san'at rivojlangan, ulkan obodonchilik ishlari amalga oshirilgan, yurt hududi chegaralari mustahkamlangan. Shu davrda Xitoy davlatiga chegaradosh bo'lgan turkiy xalqlar hayotiga xavf solib turgan jung'orlar hujumi hamda qozoq xonlarining bosqinchilik yurishlari Yalangtush Bahodirning say-harakatlari bilan bartaraf etilgan. Yalangtush Bahodir boshchiligidagi qo'shin qozoq xalqini jung'orlar zulmidan saqlab qolgan, Balx viloyati aholisini boburiylardan ozod qilishda ham qatnashgan6.
Bugungi kunda tarixiy manbalarda, asosan, Yalangtush Bahodirning obodonchilik ishlari to'g'risida ma'lumot berilgan. Yalangtush Bahodirning shaxsiyati, siyosiy faoliyati, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida tutgan o'rnini o'rganish va jamoatchilikka yetkazish dolzarb vazifa bo'lib turibdi. Mazkur asar ana shu ehtiyoj natijasida yaratilgan. Bu asarlar tarixiy manbalar asosida Yalangtush Bahodirning hayoti va hukmronligi davrida ilm-fan, san'at va madaniyatga homiylik qilganligi, oilada ota sifatida farzandlari bilan munosabatiga oid lavhalar qamrab olingan. Asarda tasvirlangan sarkardaning oilasi, faoliyati bilan bog'liq voqealar buyuq ajdodimizning insoniy qiyofasi, yurt ravnaqi yo'lidagi xizmatlarini teran tasavvur qilishimizga yordam beradi.
Yalangtush Bahodir Samarqand shahriga yaqin joylashgan Dahbed qishlog'ida, hazrati Maxdumi A'zam poyiga dafn etilgan7.
Bir qator tadqiqotchilar Yalangtush Bahodir haqida ko'plab asarlar yozib qoldirgan. Bu asarlarda murakkab tarixiy sharoitda faoliyat yuritgan o'zbek o'g'loni, davlat arbobi va sarkardaning faoliyatiga bag'ishlangan bo'lib, undagi voqealarning barchasi tarixiy manbalarga asoslangan. Uning hayot yo'li haqida tarixchilarning bir qancha asarlaridan bilib olamiz. Yalangtush Bahodirning uch nafar farzandi bo'lgan. Uning o'g'li Boybek Yalangtush Bahodir vafotidan olti yil oldin ( 1650-yilda ) vafot etgan. Uning Iqlimabonu ismli qizj ham Yalangtush Bahodirdan oldkn vafot etgan. Yalangtush Bahodir Registondagi Tillakori madrasasi qurilishi yakuniga yetmasdan 1656-yilda vafot etadi. Qurilish ishlarini Yalangtush Bahodirning Oybibi ismli qizi davom ettirad8i.
XVII asrda yashagan Yalangto‘sh Baxodirning nafaqat O'zbekiston, butun O‘rta Osiyo xalklari, balki mintakaning kushni davlatlar bilan bo‘lgan siyosiy munosabatlari tarixida aloxid urni mavjud. U tarixiy manbalarda xarbiy bilimni puxta egallagan sarkarda, davlat boshkaruvida faol ishtirok etgan moxir siyosatchi. madrasa ilmini olgan ziyoli, xashamatli inshootlar qurdirgan xomiy kabi sifatlarni o‘zida namoyon kilgan murakkab tarixiy shaxs sifati qoldirgan9.
M.A. Abduraimov o‘z tadkikotida uning "olchin" urugiga mansub bulgani xakida yozadi va Muhammad Maʼsum va Muhammad Tohiri Voxidning "Tarixi olamaroyi Abbosi" asarida keltirilgan ma'lumot asosida dastlab o‘n tukkiz yoshida Buxoro xoni Dinmuhammadxon kuliga xarbiy xizmatga kirgani haqida bayon kiladi. Demak, uning faoliyati dastlab harbiy yurishlarda qatnashish, isyonlarni bostirish kabi ishlar bilan boshlangan. U Maxdumi Aʼzam silsilasiga doxi bo‘lib, shayx Hoshimning (vafoti 1634 y.) muridi bulgan. Yalangto‘p Baxodirning o‘zi ham Samarkanddagi Dahbedda. Maxdumi Aʼzam kabri ning oyok tomonida dafn etilgan10.
1625 yildan Samarkand shaxrini mustakil idora kila boshlagan Yalangtush Baxodir Nurota hokimi oilasida tugilgan. U Abdullaxon II davrida uning xuzurida maxsus xarbiy mashgulotlardan dars olgan. 1593-1595 yillarda tumanboshi vazifasida faoliyat yuritgan. Yalangtush Baxodir 1576 (boshqa maʼlumotlarda 1578) yilda Nurota hokimi oilasida tug‘ilgan bo‘lib, olchin urug‘i peshvolaridan bo‘lgan.11
Uning zamondoshi Mahmud ibn Valining “Bahr al-asror fi manoqib al-ahyor” asarida yozilishicha, amirning asl oti Xatoy Bahodir bo‘lib, Yalangto‘sh esa uning laqabi bo‘lgan. Tarixda bu zot Yalangto‘sh ibn Boyxojibiy, Yusuf Yalangto‘sh, Abdukarimbiy, Nizomiddin kabi ismlar bilan tilga olingan. “Yalangto‘sh” (yalang ko‘kragli, ochiq ko‘krakli botir maʼnosida) janglarda ko‘kragini qalqon yo qalchug‘o bilan yopmagan bahodir sifatida ushbu nomni o‘z piridan olgan.
O‘sha davrda otasi Boyxojibiy bilan Xoja Hoshimi Dahbediy (Maxdumi Aʼzamning nabiralariga) huzuriga kelib qo‘l berib, murid tushishadi va uning tarbiyasiga kiradi. Keyinchalik, piri Xoja Hoshim uni harbiy mahoratni oshirishi uchun Dinmuhammadxon xizmatiga yo‘llagan.
Boyxojibiy shayboniyxonlar davrida saroy xizmatida bo‘lganligi sababli, uning o‘g‘li Yalangto‘shbiy ham hukmdor xonadon vakillari xizmatida o‘sadi. Yalangto‘sh Bahodir dastlab Buxoro xoni Abdullaxon II nazariga tushgan va uning homiyligida 1590-1593 yillarda maxsus harbiy maktabda o‘qigan. O‘zining davlat oldidagi munosib xizmatlari evaziga 1593-1595 yillarda Bulung‘ur, Loyish va Kattaqo‘rg‘onda tumanboshi lavozimida faoliyat yuritgan.
Yalangto‘shbiy Bahodur yoshligidan dovyurak, g‘ururli, o‘tkir zehn va aql idrok egasi bo‘lib ulg‘aydi, harbiy sanʼatni chuqur egalladi. Hech narsadan hayiqmaydigan, dovyurak, qudratli pahlavonga bahodur sifatida qaralgan va bu barcha sifatlar mohir sarkarda Yalangto‘shga xos edi.Mahmud ibn Valining “”Bahr ul-asror fi manoqibi ul-ahror” (“Olijanob kishilarning shon-shavkati haqida sirlar dengizi”) asarida u “jasur no‘yon, ish bilgan amir” sifatida taʼriflanadi12.
Yoshligi Movarounnahrda o‘tgan Yalangto‘sh Bahodirfikrimizcha dastlab Buxoro madrasasida tahsil olib, arab va fors tillarini yaxshi egallaydi. Keyin 1595-1598 yillarda esa, Bag‘dodda taʼlim oladi13.
Keyinchalik Markaziy Osiyodagi murakkab tarixiy bir sharoit, yaʼni shayboniylar davlatining tanazzulga yuz tutishi, hokimiyatni qo‘lga olish uchun kurashayotgan guruhlar o‘rtasidagi kurashlar natijasi yangi - ashtarxoniylar sulolasining maydonga chiqishiga sabab bo‘ldi. Natijada, yosh Yalangto‘shbiyga shu sulolaning sadoqatli xizmatchisi sifatida o‘zini namoyon etishiga imkoniyat yaratildi. Qisqacha aytganda, tarixiy o‘zgarishlar bunyodkor shaxsni tarix sahnasiga olib chiqdi.
19 yoshidan boshlab Buxoro xoni Dinmuhammad homiyligiga olinadi. Bu haqda Maxmud ibn Valining “Baxr ul-asror” asarida «jasur no‘yon, ish bilgan amir; Olchin qabilasi urug’idan chiqqan; asl ismi Xatoy Bahodir. Dinmuhammadxon zamonida u Sag‘noqning Azoq mavzeidan kelib uning xizmatiga kirdi; saʼy-harakati orqasida uning yaqin kishilaridan biri bo‘lib oldi”14, deb aytiladi. Keyinchalik, o‘zining botirligi va sadoqati tufayli ashtarxoniylar sulolasining ishonchini qozonib borgan. Shu davrda maxsus harbiy maktabda tahsil olishi natijasida, harbiy va boshqaruv ishlarini yaxshio‘rganadiva bu kelajakdagi boshqaruv va harbiy yurishlarni yuritishda katta yordam beradi.
Yalangto‘shbiy Buxoro xoni Boqi Muhammadxon (1601-1605) davrida hukmdorning maslahatchisi sifatida mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solishga o‘z hissasini qo‘shgan.
1605 yilda Boqi Muhammadxon vafot etganidan keyin, uning o‘rniga ukasi Vali Muhammadxon (1605 1609) taxt boshqaruvini qo‘lga oladi. Ichki kurash avj olib olib, xon hokimiyatiga bo‘ysunmay qo‘yish holatlari kuzatilgan. Ayniqsa, harbiy-siyosiy hamda iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Xuroson hududi Buxoro bilan Eron davlatlarining manfaatlari to‘qnash kelgan asosiy hudud sanalganligi bois, ayni shu hududlarda boshboshdoqlik kuchayib borar edi. Xurosonga Yalangto‘shbiy boshchiligidagi qo‘shin yuborilib, bu hudud goh Ashtarxoniylar va goh Savafiylar o‘rtasida qo‘lidan qo‘lga o‘tib turgan15.
1595-1598 yillarda Bag‘dodda taʼlim oladi. U o‘zining shijoatliligi, isteʼdodli xarbiy bo‘lgani sababli Toshkent va Turkistonni 3 marta xarbiy yurish natijasida bo‘ysundiradi. Shuningdek, XVII asrda Boburiylarga tegishli bo‘lgan Kobul viloyatiga, yana Xuroson va boshka viloyatlarga bir necha bor kilgan muvaffakiyatli yurishlari natijasida uning kulida juda katta boylik to‘planadi. Tadkikotlar shuni ko‘rsatadiki, Yalangto‘sh Bahodir ana shu yurishlar natijasida 3000 dan ortik kullarga ega bo‘lgan. Bu kunlar Yalantush Bahodirning keng ko‘lamda amalga oshirgan bunyodkorlik ishlariga jalb qiligan. Uning vakf xujjatida o‘zi 1646-1647 yilda kurdirgan Tilla- kori va 1618-1619 yilda kurdirgan Sherdor madrasalari uchun xam 11 610 tanob sugoriladigan yer. 8 ta do‘kon vakf kilib berilgani kayd etilgan16.
XVII asr boshida Buxoro xonligida Ashtarxoniylar vakillari o‘rtasida o‘zaro taxt talashish avj oladi. Bu kurashning bir tomonida davlat boshqaruvida obo‘sizlanib borayotgan Buxoro xoni Vali Muhammad (1606-1611), ikkinchi tomonida esa Nodir Muhamadxon (1642-1645) va kundan kun siyosiy mavqei oshib borayotgani Imomqulixonga (1611-1642) tarafdor amirlar turar edi. Bu haqida akad. B. Axmedov “Bahr al-asror” asarida keltirilgan tarixiy maʼlumotlarni kengroq tahlil qiladi. Shunga ko‘ra, o‘zaro kurash jarayonida 1611 yilda amirlardan Nodirbek, Bek o‘g‘li, Muhammad Boqi qalmoq hamda Xoja Hoshimlar qatorida Yalangto‘sh Bahodir ham o‘z harbiy qo‘shini bilan Vali Muxammadxon tomonidan Imomqulixon tomonga o‘tib ketadi17.
Bu haqda Mahmud ibn Valining “Bahr ul asror” asarida “Samarqand amirlari Yalangto‘shbiy otaliq olchin, Muhammad Boqi qalmoq, Nodirbek Shukurbiy saroy va boshqalar Imomqulixonni qo‘llab quvvatladi”, - deb yoziladi18.
Yalangto‘sh Bahodurning bunyodkorlik ishlari xususidagi maʼlumotni Abu Tohirxo‘janing “Samariya” asarida ham ko‘rish mumkin: “Samarqandagi madrasalardan (o‘n ikkinchisi) Sherdor madrasasi. Bu madrasa (Samarqand Registonida) Ulug‘bek qarshisida, uning kunchiqar tomonidan solingandir. Ushbu madrasa 1028 (1618) yilda solindi. (U) shunday madrasakim, buyuklikdan xayol idishiga sig‘mas, kattalikda tavsif aytishiga to‘g‘ri kelmas, baland toqi falak ravoqidek, chunonchi oftob shaklini asad burjiga yaqin qilib, peshtoqiga surat solib, har ikki sherni ohu oladigan tarzda ko‘rsatilgan. Oftob panjarasini dalir sherlar peshonasiga qo‘yib turgan va ikki ravoq biqiniga ranglik ziynatlangan, naqshi nigorlik ikki gumbaz tepasiga guldasta bino qilinganki, barchani hayratga qoldiradi. Qiziqi shundakim, madrasaning solinishi taʼrixi “Yalangto‘sh bahodur” topilibdir”. “Samariya” asarining izohiga ko‘ra, klassik musulmon astronomiyasida quyoshning Asad burjida, yaʼni sher ro‘parasida bo‘lishi saʼd zamon, yaʼni baxtiyor zamonga ishora ekanligi” (Abu Tohirxo‘ja, 1991.B.27)ni va bu madrasaning 1618 yilning iyul oyida bitkazilganligini bilish mumkin bo‘ladi.
Uning bunyodkorlik ishlari xususida personografik jihatdan “Tavorixi al kibor” asarida quyidagi fikrlar keltirilgan: “Imomquli Bahodurxonning podshohlig‘i zamonida bo‘lib erdikim, sana 1027 ming yigirma yettida imorat qilinib erdi. Mavlono Yalangto‘sh Bahodur alchin amirlaridan erdi, yigitlik zamonida ulug‘ podshohlarning xizmatlarida bo‘lib, ovozasi yetti iqlimg‘a tushub erdi har yerda yog‘iy u, sarkash bor ersa oning qilich haybatidan qo‘rqub, oning tig‘i zarbidin qochmay turolmas erdi va qirg‘iz, qozoq va qalmoq, iroq odamlari unga tobeliq qilurg‘a ittifoq ilinjida erdilar. Oxir podshohlar xizmatin tark etib madrasa va xonoqoh misllik imoratig‘a xolis Alloh uchun mashg‘ul bo‘ldi. Andoqkim taʼrix sana 1028 ming yigirma sakkiz erdikim Samarqand viloyatida Ulug‘bek mirzoning madrasasi baroborida bir madrasa bino qildikim katta va qolinliq jihatidan taʼrifi bayon maydonig‘a sig‘mas” (Tavorix al kibor, № S 464 185 –186 vv).
Buxoro xonligida Imomqulixondan keyin Buxoro taxtini egallagan Nodir Muhammadxon davrida ham davlatda Yalangtush Bahodirning nufuzi baland bo'lgan. Bu uning o'z hayoti davrida Buxoro xonligida ikkinchi hukmdor bilan xonlikdagi siyosiy barqarorlikni ta'minlash uchun birga harakat qilganini ko'rsatadi. B.A. Ahmedovning so'zlaruga ko'ra, Imomqulixon hukmronligining oxirida keksayib ko'zi ojiz bo'lib qolganida Yalangtush Bahodir boshchiligida ko'pchilik amirlar Balx viloyatida hukmronlik qilayotgan Nodir Muhammadni Buxoroga chaqirib oladi va unj oliy hokkmiyat taxtiga o'tqazishadi. Bundan ko'rknadiki, Yalangtush Bahodir o'z faoliyatida davlat boshqaruvidagi siyosiy barqarorlikni saqlashga alohida etibor qaratgan. Boshqaruvchilik layoqatini yo'qotib borayotgan hukmdor o'rniga boshqa bir teran fikrlovchi, sog'lkm shaxsni qo'yish lozim deb hisoblagan19.
Yalangtush Bahodirning keyingi hukmdor Nodir Muhammadxon qo'l ostida xizmat qilgan davridagi siyosiy harbiy faoliyati xususida B.A. Ahmedov " Tarix-i salatin-i mang'itiya " asarida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra uning faoliyatini yoritib bergan. Xususan, uning qayd etishicha, 1645-yilda Xo'jandda Buxoro amirlari Nodir Muhammadxonga qarshi qo'zg'olan ko'taradi. Bu qo'zg'olonga Yalangtush Bahodir boshchilik qilgan. Qo'zg'olonchilar yoniga bitim tuzish uchun jo'natilgan Abdulaziz sultonni Yalangtush Bahodir boshchiligidagi amirlar tutqin qilib, Buxoro tomonga qarshi boshlaydi va Oqtepa degan joyda Abdulazizni xon deb e'lon qilishadi. Shu tarzda Buxoro shahri uch oy qamal qilinadi va Nodir Muhammadxon shahardan chiqib ketishga majbur bo'ladi. Demak, bu misollardan Yalangtush Bahodirning o'z davrida xonlar o'rtasidagi taxt talashish jarayonida va hukmdorlar almashinuvida ham hal qiluvchi siyosiy ta'sirga ega bo'lganini ko'ramiz.
1993-yilda nashr qilingan " O'zbekiston tarixi " ning 3-tomida Nodir Muhammadning haj safariga jo'nashi va buning ayrim sabablariga oid ma'lumotlar bor. Xususan, unda Nodir Muhammadxonning taxtda ko'p vaqt o'tirmagani, fitnachi amirlar Qarshi atrofida ovda yurgan Nodir Muhammadni o'rniga uning o'g'li Abdulazizni taxtga o'tqizishgani, bu vaqtda Hindiston hukmdori Shohjahon Balxni bosib olgani, lekin 12 nafar o'g'il va yuqori tabaqa vakillari bilan kelisha olmagani va buning natijasida haj safariga jo'nagan hamda yo'lda vafot etishi kabi bir qator ma'lumotlar uchraydi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling