Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Dissertetsiyaning asosiy masalasi XVII asrda Buxoro xonligida ro'y bergan siyosiy o'zgarishlar, shu jumladan ashtarxoniylar hukmronligi davridagi taxt uchun kurashlar, qo'shni davlatlar bilan amalga oshirilgan turli diplomatik aloqalar masalalari ochib berilgan. Bundan tashqari dissertatsiya ishida yer yuzining sayqali sanalmish Samarqand shahrining XVII asrdagi qiyofasi aks etilgan. Keyingi asosiy masala bu Yalangtush Bahodirning qozoq botiri Jalangtosdan bir nechta farqli jihatlari bir qator tarixchilarning fikrlari bilan farqlangan.
Tadqiqot mavzusi bo'yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Dissertatsiya mavzusi bo'yicha foydalanilgan adabiyotlarda B.B Ahmedovning Balx tarixiga bag'ishlangan "История Балха" asari, Н.Н. Туманович Герат в XVI-XVIII веках,Muhammad Tohiri Voxidning "Tarixi olamaroyi Abbosi" asari, Abu Tohirxo'janing "Samariya" asari, Mahmud ibn Valining “”Bahr ul-asror fi manoqibi ul-ahror” (“Olijanob kishilarning shon-shavkati haqida sirlar dengizi”) asari, chet el tadqiqotchilaridan M.M. Abramov, Gribov, Ivanov, Evarnetiskiy, Masalskiy, Massonlarning maqolalari, mustaqillikdan so'ng B. Ahmedovning "Tarixdan saboqlar", Azamat Ziyo. O'zbek davlatchiligi tarixi. Eng qadimdan Rossiya bosqini davriga qadar asari, Malikovning maqolalari, G. Taniyevaning maqolalari, T. Jo'rayevning fikrlariva boshqa tarixiy asarlar hamda internet ma'lumotlari asos qilib olindi. Bu asarlar chuqur tahlil qilinib o'rganib chiqildi va bir qator qo'shimcha fikrlar berildi. Bu asarlarda Yalangtushbiy Bahodirning nafaqat O'zbekiston balki, butun Markaziy Osiyo xalqlari tarixida chuqur iz qoldirganini bilib olamiz. Yalangtush Bahodir mohir sarkarda, siyosatshunos, diplomat bo'lishi bilan bir qatorda yurt obodonchiligi yo'lida ham bir qator ishlarni amalga oshirdi. Yalangtush Bahodirni biz tarixda Samarqand shahridagi Registon maydonida Sherdor va Tillakori madrasalarini qurib, Registonni hozirgi qiyofaga keltirgan tarixiy shaxs sifatida bu o'lka tarixida iz qoldirdi. Biz Yalangtushbiy Bahodirni yurt tinchligi uchun olib borgan urushlari va mohir diplomatiyasi bilangina emas, balki u ilm-fanga homiylik qilgani va yurt obodonchiligiga katta hissa qo'shgani, ayniqsa, Samarqanddagi Registon maydonini hozirgi qiyofaga keltirgan tarixiy, buyuk shaxs sifatida eslaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |