Amir yalangtush bahodir davrida samarqandning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti
Download 0.61 Mb.
|
Yalangtush Bahodirbiy Mamasoliyev Xurshid
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bob. Yalangtush Bahodir mohir sarkarda va davlat arbobi.
- 2.1 Yalangtush Bahodirning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi.
I bob bo'yicha xulosa.
Yuqorida tahlil qilingan tarixiy dalillar orqali biz Yalangtush Bahodir xonlik siyosiy barqarorligi yo'lida qat'iy va to'g'ri qarorlar qabul qilgan siyosiy arbob, bu borada hukmdorlarga to'g'ri yo'lni ko'rsata olgan maslahatchi, qo'shni davlat siyosiy doiralari bilan manfaatli kelishuvlar va muzokaralar olib bora olgan mohir diplomat bo'lgan. Yalangtush Bahodir katta nufuzga ega bo'lgan adolatli, vatanparvar siyosatchi sifatida bir emas, uchta ashtarxoniy hukmdor- Imomqulixon, Nodir Muhammadxon va Abdulazizxon hukmronligi davrida davlat boshqaruvi, uning xavfsizligi va siyosiy barqarorligini saqlash yo'lida fidokorona xizmat qilgan tarixiy shaxsdir. XVII asrda yashagan Yalangtush Bahodir O'zbekiston va butun Markaziy Osiyo xalqlarining tarixida harbiy bilimni puxta egallagan sarkarda, davlat boshqaruvida faol ishtirok etgan siyosatchi, madrasa ta'limini olgan ziyoli, hashamatli inshootlar qurdirgan homiykabi sifatlarni o'zida namoyon etgan murakkab tarixiy shaxs sifatida iz qoldirdi. Yalangtush Bahodir kabi tarixiy shaxslarning faoliyatini ilmiy jihatdan o'rganish masalasiga alohida e'tibor qaratilsa, Respublikaning barcha ta'lim muassasalarida Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Yalangtush Bahodir singari sarkardalarni harbiy faoliyati o'rganish uchun alohida dars soatlari ajratilsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi. II bob. Yalangtush Bahodir mohir sarkarda va davlat arbobi. Amir Yalangtush Bahodir harbiy bilimni puxta egallagan mohir sarkarda va davlat arbobi edi. Yalangtush Bahodir Buxoro xonligida amalga oshirilgan deyarli barcha harbiy yurishlarda ishtirok etgan mohir sarkarda hisoblanadi.Yalangtush Bahodir Buxoro xonligida kuchli siyosiy nufuzga ega edi. Yalangtush Bahodir hattoki xonlarni almashtirishda muhim rol o’ynagan. 2.1 Yalangtush Bahodirning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi. Amir Yalangtushbiy Bahodir dastlab Buxoro xoni Abdullaxon II ning saroyida harbiy san'atni o'rganadi1-rasm. Yalangtush Bahodir Ashtarxoniylar hokimiyat tepasiga kelishi bilan siyosiy maydonda ancha tasirga ega bo'lib oldi. U xattoki xonlarni taxtdan almashishida ham muhim rol o'ynagan. Taxt uchun kurashda Yalangtush Bahodir o'z tarafdolari bilan Imomqulixon tomoniga o'tib ketadi. Katta harbiy kuchga ega amirlarning bunday qarori siyosiy kurashda Imomqulixon uchun g‘alaba keltirgan edi. Xullas, qo‘li kalta kelgan Vali Muhammadxonning esa o‘z oilasi va bir qancha amirlar bilan Chorjo‘y orqali Eronga qochib ketishdan boshqa chorasi qolmaydi. 1611 yilning fevral oyi oxirlarida bir qancha amirlar va din rahnamolari Imomqulixonni oq namatga o‘tqizishib xon qilib ko‘tarishadi. Bu nufuzli amirlar orasida bo‘lgan Yalangto‘sh Bahodirning taʼsiri juda katta edi. O‘sha yilda Nodir Muhammadxon Balx viloyatiga hukmronlik qilishga tayin etiladi. Demak, katta harbiy kuchga ega Yalangto‘sh Bahodirning Vali Muhammadxon xizmatidan ketishi uning muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, Imomqulixon tomonida turib kurashishi esa uning taxtga o‘tirishi uchun xizmat qilgan35. Keyingi siyosiy jarayonlar Yalangtush Bahodirning faol ishtiroki bilan kechgani maʼlum bo‘ladi.Masalan, Eronga shoh Abbos huzuriga qochib borgan Buxoroning sobiq hukmdor Vali Muhammad shohdan Buxoro taxtini qaytarib olish uchun yordam so‘raydi. Bunga javoban shoh Abbos o‘zining 80 ming harbiy qismlarini Vali Muhammadxonning Imomqulixonga qarshi kurash uchun safarbar etadi36. Eron qo‘shinining Buxoroga kelayotganidan xabar topib, cho‘chib ketgan yosh va tajribasiz Imomqulixon muvaffaqiyatsizlikka uchrasa Balxga qochishni mo‘ljallab, Qarshiga borib o‘rnashadi. Mana shu vaziyatda Yalangtush Bahodir yana asosiy siyosat sahnasiga chiqib, Samarqandda vaziyatni o‘z nazoratiga oladi. U Shukurbiy saroy bilan birga, barcha amir va ulamolarni Eronga qarshi kurashda Imomqulixonni qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi. Yalangto‘sh Bahodir Qarshidan Imomqulixonni Samarqandga olib keladi. Ular umumiy dushman hujumini bartaraf etish uchun birgalikda harakatni boshlaydi37. SHu o‘rinda, Yalangtush Bahodir nafaqat barcha amirlaru din ahlini va hatto hukmdorni ham umumiy dushmanga qarshi kurashda “boshini biriktira olgan” mohir siyosatchi sifatida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, bu dalillar uning yurt tinchligi xavf ostida qolgan vaqtda tez va to‘g‘ri qaror chiqara olish qobiliyatiga ham ega bo‘lganidan dalolat beradi. Shunday qilib, Imomqulixon bilan Yalangtush Bahodir mudofaa ishini birgalikda boshlagan vaqtda Eron qo‘shini Samarqand shahri yaqinidagi Zarman mavzesiga kelib to‘xtagan edi. Kuchlar teng bo‘lmagani sababli, Imomqulixon, Yalangtush Bahodir va boshqa nufuzli amirlar qozoq xonlari Abulay sulton va Ishim sultonlardan yordam so‘raydi. Yordamga kelgan har ikki qozoq sultonlari o‘zlarining kam sonli askarlarini Samarqandga yordamga jo‘natib, asosiy askarlari bilan Movarounnahr shahar qishloqlarini talashga kirishadi. Qizig‘i shundaki, Vali Muhammadxon ham qozoq sultonlaridan harbiy yordam so‘ragan edi. Voqealar davomidan ayon bo‘ladiki, Imomqulixon Yalangto‘sh Bahodir va boshqa amirlar yordamida har ikki dushman - ham qozoqlar, ham eron qizilboshlari ustidan g‘alaba qozonadi: Abulay sulton Samarqand atrofidagi qishloq va mavzelarni talab, Turkistonga qaytib ketadi. Lekin Imomqulixon hanuz Miyonqolda turgan Ishim sulton havfini bartaraf etish masalasida yana Yalangto‘sh Bahodir va Shukurbiy saroy bilan maslahatlashishga majbur bo‘ladi. Ularning maslahati bilan Ishim sultonga Toshkent, Turkiston va uning atrofidagi yerlarni berib, qozoqlar xavfini ham bartaraf etishga muvaffaq bo‘ladi. Bu voqealardan shu anglash mumkinki, demak davlatda tashqi dushmanlar bilan bo‘lgan kurashda yuzaga kelgan tang holatlarda hukmdorlar tez-tez Yalangto‘sh Bahodirning fikri bilan hisoblashib turgan.Bu barcha omillar. Yalangto‘sh Baxodir mavkeining nafakat mam- lakat ichkarisida, balki xalkaro doirada ham o‘sishiga sabab bo‘lgan. Unga hadya va sovg‘a-salomlar jo‘natish xuddi davlat xazinasiga mablag ajratish bilan teng, deb karalgan. Masalan, Hindiston, Kandaxor, Xuroson viloyatlaridan, kirgizlar, kalmiklar va qozoq yo‘lboshchilari tomonidan, kashtar xonlari va xatto Tibetdan har yili unga kimmat sovgalar kelib turgan38. Markazlashtirish siyosatini olib borgan Imomqulixon davri Buxoro xonligida ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davridagi eng rivojlangan va kuchaygan bosqich sanaladi. Davlat boshqaruvini qo‘lga olishiga hissa qo‘shgani, sadoqatli va namunali xizmatlarini eʼtiborga olgan Imomqulixon 1612 yili Yalangtush Bahodirni Samarqand viloyati hokimi etib tayinlaydi. Hokimlik mansabini olishida uning piri Xoja Hoshimning ham qo‘llab-quvvatlashi muhim sanaladi39. Yalangtush Bahodir keyinroq otaliq vazifasiga tayinlanadi. O‘rta asrlarda otaliq eng yuqori mansablardan biri bo‘lib, u hukmdorning otasiga tenglashtirilgan va Buxoro xonligida suvlar taqsimotini nazorat qilgan. Ushbu taqsimot chegarasi Samarqanddan Qorako‘lgacha bo‘lib, asosan Samarqand va uning tumanlariga yuqori lavozimli shaxsdan tortib oddiy xalq vakillarigacha suvni adolatli taqsimlashi shart edi. Shuningdek, ushbu lavozim bosh vazir maqomiga to‘g‘ri kelgan va unga asosan o‘zbeklar urug‘idan bo‘lgan shaxslar tayinlangan40. O‘ttiz yildan ortiq hukmronlik qilgan Imomqulixon bilan bir davrda xonlik hududlari uchun bo‘lib turgan janglarda ishtirok etgan Yalangtush Bahodurning davlat boshqaruvida siyosiy nufuzi ortib boradi. Bu borada Ashtarxoniylarning janubiy hududlarini mustahkamlash uchun Xurosonga uyushtirilgan yurishlarda salmoqli hissa qo‘shdi. Bu vaqtda Movarounnahr va Balhda Ashtarxoniylar davlatining siyosiy barqarorligiga to‘siq bo‘lgan yana bir tarixiy shaxs - Vali Muhammadxonning o‘g‘li Rustam sulton masalasi ham Yalangtush Bahodir ishtirokisiz hal bo‘lmaydi. Akad. B.Ahmedov “Bahr al-asror” asari asosida yana quyidagi maʼlumotlarni keltiradi. Sobiq hukmdor Vali Muhammadxon Eron tomonga qochayotib o‘g‘li Rustam sultonni Marvda qoldirib ketadi41. U ham Eron qullab-quvvatlab turishi evaziga Ubeh va Shafelon viloyatlarida joylashib olib, 1612-1622 va 1631 yillar oralig‘ida Balx, Seyston, Farah, Shibirg‘on, Andxuy, Chechektu hududlariga tez-tez hujum qilib, mamlakat tinchligini buzib turgan edi. Nodir Muhammadxon Rustam sulton muammosini hal qilish uchun Eron bilan bir necha bor o‘rnatgan elchilik aloqalari ham hech qanday foyda bermagach, 1623 yilda Yalantush Bahodir boshchiligidagi ko‘p sonli qo‘shinni unga qarshi jo‘natadi. Rustam sulton yana Eronga qochib ketadi va natijada 1631 yilgacha Ashtarxoniy xonlari u bilan bog‘liq muammodan holi bo‘ladi42. Lekin 1631 yilda Rustam sulton yana Balxning janubi-g‘arbiy hududlariga hujum qiladi. Bu safar ham unga qarshi jo‘natilgan hal qiluvchi harbiy kuchlarga Yalangto‘sh Bahodir boshchilik qiladi. Bu safar u Meruchak qalʼasida Rustam sulton kuchlarini qamal qiladi va shu yo‘l bilan muammoni hal qilishga erishadi. Xullas, Rustam sultonning Balxga xiroj to‘lash sharti bilan ikki o‘rtada tinchlik bitimi tuzilib, qamal bekor qilinadi43. Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki, Ashtarxoniylar davlatidagi Valimuhammadxon va uning o‘g‘li Rustam sulton bilan bog‘liq ichki siyosiy muammolar hamda Eron davlati bilan aynan shu shaxslar aloqador bo‘lgan tashqi siyosat masalalari Yalangtush Bahodirningfaol harakati bilan hal qilinadi. Yalangtush Bahodurxon Buxoro xonlarining Toshkent va Turkistonni egallashdagi harbiy yurishlarida ham faol qatnashgan. Jumladan, Suhaylning “Imomqulinoma” asarida Yalangto‘shbiyning qo‘shni hududlar uchun bo‘lib turgan doimiy janglarda qozoq sultonlari Tursun sulton va Abulay sultonlarga qarshi kurashib, qo‘lga kiritgan hududlarni saqlab qolish uchun harakat qilganligi to‘g‘risida maʼlumot keltirilgan44. Yalangtush Bahodir Buxoro xonligining barcha harbiy amaliyotlarida faol ishtirok etgan. Xususan, Buxoro xonligida mamlakat daxlsizligini taʼminlash yo‘lida shimolda dashtiqipchoqlik kuchlar - Yesimxon, Tursun sulton va Abulay sultonlarga qarshi kurashlarda ham jonbozlik va botirlik ko‘rsatgan. Jumladan, xonlikni qozoq ko‘chmanchilaridan himoya qilishga katta xissa qo‘shgan quyidagi ishlarni amalga oshirgan: 1609 yilda Yalangto‘sh Baxodir qozoq hukmdori Abuli sultonning Samarqandga qilgan xujumini qaytardi. - 1612 yilda Yalangtushbiy Bahodir Buxoro xoni Imomqulixon qo‘shinlariga bosh bo‘lib, Toshkent va Turkistonni egalladi. Qozoq qabilalari ustidan qozonilgan g‘alaba natijasida u Balxga amir lavozimiga loyiq ko‘rildi. - 1612 yilda Imomqulixon Yalangtush Bahodirni qozoq hukmdori Yesimxon boshliq qo‘shinga qarshi yubordi. - 1621 yilda Yalangtush Bahodir Tursun Sulton boshchiligidagi qozoq qo‘shinlarini xujumini qaytargan ashtarxoniylar qo‘shinini bosh qo‘mondoni edi. - 1628 yilda Imomqulixon farmoni bilan Yalangto‘shbiy Toshkent yaqinida qozoq Abduli Sultonni yengdi va uni Qoshg‘arga qochishiga majbur qildi. - 1636 yilda Imomqulixon qo‘shinlari Yalangto‘shbiy boshchiligida Sayramga yurish qildi va shu atrofda ular qozoq qabilalariga xujum qildi. Bu yurish Dashti-Qipchoqqacha davom etdi.45 - 1643 yili Yalangto‘sh Bahodir va Abdurahmon devonbegi boshchiligidagi qo‘shin hozirgi Qozog‘istonning janubi-sharqidagi O‘rbuloqda yuz bergan hal qiluvchi urushda qalmoqlarning ellik minglik lashkarini yenggan46. Yalangto‘sh Bahodir umumiy hisobda qirq yil - 1612-1632, 1633-1642 va 1645-1656 yillarda, yaʼni uch nafar ashtarxoniy podshohlar: Imomqulixon, Nodir Muhammadxon va Abdulazizxon davrida Samarqandni boshqargan edi. Shuningdek, orada hozirgi Afg‘oniston markaziy hududiga to‘g‘ri keladigan tarixiy Kohmard viloyati hokimi ham bo‘lgan. Serg‘ayrat sarkarda Yalangtush Bahodir o‘z siyosiy faoliyatida mustaqil hukmronlik qilib Buxorodagi markaziy hokimiyatga deyarli bo‘ysunmagan. Uning so‘zi ashtarxoniy hukmdorlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan, u bir necha marotiba mustaqil ravishda xorijiy davlatlarga, jumladan Eronning Xuroson viloyatiga, Afg‘onistonga yurishlar uyushtirgan edi. Bundan tashqari, Toshkent va Turkiston yerlariga ham safar qilib, u yerdagi mahalliy nizolarni tinchitgan. Shu tufayli, ko‘pgina qo‘shni podshohliklar Yalangtushga sovg‘a-salom yuborib turishgan. Xorijdagi yurishlardan u ko‘pgina asir va xazinalar bilan qaytar edi47. Yalangto‘sh Bahodir o‘z davrining eng badavlat kishilaridan biri edi. Xususan, Maxmud ibn Vali Yalangto‘shni xondan keyin ikkinchi eng badavlat shaxs deb taʼriflaydi, uning mol-mulki miqdorini esa davlat xazinasi bilan qiyoslaydi48. Uning Samarqand, Kesh viloyatlari, hozirgi Afg‘onistonda ko‘pdan-ko‘p ekin maydonlari, chorva yaylovlari bo‘lgan. Yalangtush Bahodirning siyosiy, harbiy, iqtisodiy qudrati, homiyligi ko‘lamining ovozasi yurt tashqarisida ham tarqalgan edi. Shu bois, har yili Hindiston sarkorlari, Qandahor, Xuroson viloyatlari hokimlari, qirg‘iz,qalmiq va qozoq yo‘lbosh chilari, Koshg‘ar xonlari, hatto Tibetdan unga qimmatbaho sovg‘a-salomlar jo‘natib turilgan49. Yalangtush Bahodir yirik mulkdor shaxs sifatida, u egalik qilgan mulklarga oid tarixiy hujjatlar O.D. Chexovich tomonidan o‘rganilib, ularning ayrimlari ilmiy muomlaga kiritilgan. Xususan, ushbu olima mazkur hujjatlarni: 1) sotib olingan mulklarga oid vasiqalar; 2) vaqf mulklari; 3) soliqlardan ozod qilinganligi to‘g‘risidagi farmon (hukmnoma)larga ajratadi. Tarixiy manbalar orasida Yalangtushbiyning yirik yer egasi bo‘lganligini tasdiqlovchi bir hujjatdan ko‘rinadiki, 1606 yilda u Xoja Ahror avlodlarining Ofarinkentdagi Yarimtugdagi yerlarini sotib olgan. Hujjatda bu mulki xolis yer bo‘lganligi va uning qiymati 4300 tanga ekanligi keltirilgan50. Bunga o‘xshash hujjatlarda Yalangto‘shbiyning mulklari haqida yana bir qancha maʼlumotlar keltirilgan bo‘lib (Shahrisabzda 52500 tangaga sotib olingan 1100 tanob yer, Samarqandning Shavdor tumanida Ashur qushbegi o‘g‘illarining bir qism bog‘i va yerining sotib olinganligi, shu tumanning Hinduvon degan joyidan olingan yer), ular ushbu shaxsning iqtisodiy masalalarda ham nechog‘liq omilkor bo‘lganligidan dalolat beradi. Bunday yerlar hisobidan madrasalar uchun juda katta miqdorda vaqf tayin qilingan51. Shuningdek, tarixiy dalillar, anikrogi 1932 yil tarixiy xujjatlar to‘plamiga 40, 41, 42-rakamlar bilan kiritilga Rossiyaning Kadimgi aktlar markaziy davlat arxivining 1640 yilg doir uchta tarixiy xujjatlarida. Yalangto‘sh Bahodirning ismi tilg olingan. Bu xujjatlar Balx elchisi Xoja Ibrohim tomonidan Mos- kvaga podsho Mixail Fedorovich huzuriga olib kelinayotgan rasmiy yorliqlar bo‘lib, ularning mazmunidan ayon bo‘ladiki, 1638 yilda Balxdan Rossiyaga kelayotgan avvalgi elchilik karvoni Mangi atrofida Daychin boshchiligida kalmoklar tomonidan talangan. Balx- dan junatilgan mazkur yorliklarning ikkinchisida Rossiya hukumatiga topshirilgan. Yalangtush Bahodir faoliyati davomida bunyodkorlik ishlariga ham katta eʼtibor qaratdi. Musulmon olamiga xos bo‘lgan amal-sadaqai joriya yo‘lini tutib, ko‘pchilikka xizmat qiluvchi masjid, madrasalar qurdiradi. Uning bunyodkorlik ishlari xususida “Tavorixi al kibor” asarida quyidagi fikrlar keltirilgan: “Imomquli bahodurxonning podshohlig‘i zamonida bo‘lib erdikim, sana 1027 ming yigirma yettida imorat qilinib erdi. Mavlono Yalangto‘sh bahodur alchin amirlaridan erdi, yigitlik zamonida ulug‘ podshohlarning xizmatlarida bo‘lib, ovozasi yetti iqlimg‘a tushub erdi har yerda yog‘iy u, sarkash bor ersa oning qilich haybatidan qo‘rqub, oning tig‘i zarbidin qochmay turolmas erdi va qirg‘iz, qozoq va qalmoq, iroq odamlari unga tobeliq qilurg‘a ittifoq ilinjida erdilar. Oxir podshohlar xizmatin tark etib madrasa va xonoqoh misllik imoratig‘a xolis Alloh uchun mashg‘ul bo‘ldi. Andoqkim taʼrix sana 1028 ming yigirma sakkiz erdikim Samarqand viloyatida Ulug‘bek mirzoning madrasasi baroborida bir madrasa bino qildikim katta va qolinliq jihatidan taʼrifi bayon maydonig‘a sig‘mas”52. Ayrim tarixchilar Yalangtush Baxodirning qozoqlarga daxl qilmasligi, xususan uning qozoq botiri Jalantosga xech qanday aloqasi yo‘qligini qayd etgan holda, quyidagilarni asos qilib ko‘rsatishadi53: - Samarqand viloyati xokimi sifatida Yalangtush nomi barcha turk, fors, arab va rus manbalarida uchraydi; - Tillakori va Sherdor madrasalari devorlarida Yalangtush nomi qayd etilgan; - Yalangtushning o‘ziga tegishli bo‘lgan yuridik xujjatlarda ham Yalangtush nomi mavjud; - Shuningdek, otalar ismida ham farq bo‘lib, Yalangtush Boyxojining o‘g‘li, Jalantos esa Seyitkulining o‘g‘li edi; - Yalangtush Baxodirdan erkak avlod qolmagan, shuning uchun ham Registondagi qurilishlarni uning qizi davom ettirgan. Jalantosdan esa ko‘p sonli avlodlar qolgan; - Yalangtush Baxodir faoliyatida aynan qozoqlarga qarshi bir necha muvaffaqqiyatli yurishlar amalga oshirilgan. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling