Analitik geometrya
Download 286.07 Kb.
|
Muntazam ko’pyoqlarning hajmlari”
Ta‘rif : E3 ga nisbatan ichki nuqtalarga ega bo‘lgan yopiq qavariq to‘plam qavariq jism deb ataladi.
Shar, shar segmenti, prizma va h.k qavariq jismga misol bo‘ladi. M qavariq jism quyidagi xossalarga ega. A intM, B intM⇒ [AB]⊂intM (AB- kesma) B intM⇒AB kesmaning A dan farqli barcha nuqtalari M ning ichki nuqtalari bo‘ladi. , ⇒[AB]⊂ yoki AB kesmaning A, B dan boshqa barcha nuqtalari M ning ichki nuqtalari bo‘ladi. Agar u to‘g‘ri chiziq M ning birorta ichki nuqtasidan o‘tsa u M ning ko‘pi bilan ikkita chegara nuqtasidan o‘tadi. Agar P tekislikda M ning ichki nuqtasi bo‘lmasa M ning barcha nuqtasi P bilan aniqlanadigan ikkita yopiq yarim fazodan biriga to‘la tegishli bo‘ladi. Ta‘rif: Agar M qavariq jismning chegarasi (ya‘ni ) chekli sondagi qavariq ko‘pburchaklar birlashmasidan iborat bo‘lsa, u qavariq ko‘pyoq deb ataladi. Agar ning tarkibida kamida bitta nur bo‘lsa bunday ko‘pyoq cheksiz qavariq ko‘pyoq deyiladi. Agar faqat chegaralangan ko‘pburchaklardan iborat bo‘lsa bunday ko‘pyoq chegaralangan qavariq ko‘pyoq deb ataladi. ni tashkil qiluvchi qavariq ko‘pburchaklarning har biri M ning yog‘i deb ataladi. Yoqlarning umumiy tomonlari qavariq ko‘pyoqning qirralari, qirralarining umumiy uchlari ko‘pyoqning uchi deb ataladi. Barcha qavariq ko‘pyoqlar quyidagi ikki xossaga ega. M qavariq ko‘pyoqning har bir yog‘i bilan aniqlanadigan P tekislikda M ning ichki nuqtasi bo‘lmaydi. Isbot: Teskarisini faraz qilaylik, ya‘ni M0 intM bo‘lib M0 P bo‘lsin. P tekislikda yotgan va M0 nuqtadan o‘tuvchi u to‘g‘ri chiziqni olaylik , ravshanki, bu u to‘g‘ri chiziq P tekislikda yotgan yoq bilan ikkitadan ko‘p umumiy nuqtaga ega bo‘ladi. Bu esa yuqoridagi 4-xossaga ziddir. Bu xossadan va yuqoridagi 5-xossadan quyidagi ikkinchi xossa kelib chiqadi. M qavariq ko‘pyoqning barcha nuqtalari uning biror yog‘i yotgan tekislik bilan aniqlanadigan yopiq yarim fazolardan biriga to‘la tegishlidir. M ning barcha nuqtalari Rk yog‘i yotgan P tekislik bilan aniqlanadigan yopiq yarim fazolardan biriga tegishli bo‘lsa bu yarim fazo M ning Rk bilan aniqlangan yarim fazosi deyiladi. Download 286.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling