Analitik kimyo fani, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari


Analitik kimyoning rivojlanishida vatandoshlarimizning hissasi


Download 267.92 Kb.
bet6/12
Sana07.10.2023
Hajmi267.92 Kb.
#1694640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-2 maruza

Analitik kimyoning rivojlanishida vatandoshlarimizning hissasi

  • Analitik kimyoning rivojlanishida vatandoshlarimizning hissasi
  • A.R.Beruniy va R.A.Xaziniy X-XI asrlarda analitik kimyo rivojiga katta hissa qo‘shgan. A.Beruniy ko‘pgina moddalarning solishtirma og‘irliklarini aniqladi.
  • R.A.Xaziniyo‘sha zamon uchun juda sezgir tarozi yasadi, uning tarozisi uchinchi xonagacha aniqlik bilan tortishga imkon berardi.
  • Abu Ali Ibn Sino eritmalar va ularning xossalarini o‘rganish sohasida ko‘p ishlarni bajargan.
  • Analitik kimyoning rivojida O‘zbekiston olimlarining hissalari.
  • Akademik Sh.T. Tolipov (O‘zMU) shogirdlari bilan analizning optik usullarini xususan, fotometrik va spektrofotometrik usullarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan.
  • Akademik N.A.Parpiyev (O‘zMU) O‘zbekistonda kompleks birikmalar kimyosini xususan kompleks birikmalarning analizda ishlatilishi sohasida katta ishlarni bajarib kelmoqda.
  • Professor R.X.Djyanbayeva fotometrik va spektrofotometrik usullarini atrof-muhit ob’yektlari analizida qo‘llash imkoniyatlarini o‘rgangan.
  • Professor A.M.Gevorgyan og‘ir metallarning mikro miqdorlarini aniqlovchi elektrokimyoviy usullar ishlab chiqqan.
  • Professor T.K.Xamrakulov rahbarligida atrof-muhit ob’yektlari nazoratida qo‘llaniladigan kimyoviy, elektrkimyoviy sensorlar va avtomatik analizatorlar yaritilgan.

Moddalarning analitik belgilari va analitik reaksiyalari.

  • Moddalarning analitik belgilari va analitik reaksiyalari.
  • Analitik kimyo moddalarni ochish va topish (analizni bajarish) ularning analitik belgilaridan foydalanishga asolangan. Tekshiriladigan aralashma tarkibida aniqlanayotgan modda (molekula, element, ion) borligi haqida xulosa chiqarishga imkon beruvchi, aniqlanuvchi modda yoki uning birikmasining tashqi belgisi (oshkor xossalari) analitik belgilar yoki reaksiyaning tashqi samarasi deyiladi. Analitik belgilarga: rang, hid, qutblangan nurning burish burchagi, radioaktivlik, elektromagnit nurlar bilan ta’sirlashuv (masalan, infraqizil (IQ)-spektrlarda o‘ziga xos yutilish bandlari yoki ko‘rinadigan va ultrabinafsha (UB) sohada yutilish spektrlari) va boshqalar kiradi.

Download 267.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling