Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash texnikasi
Ho’l va quruq usulda amallarni bajarish texnikasi
Download 384.5 Kb.
|
ANALITIK KIMYO LABORATORIYASIDA ISHLASH TEXNIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alanga rangining bo ‘yalishi
2.2 Ho’l va quruq usulda amallarni bajarish texnikasi
Probirkada o ‘tkaziladigan reaksiyalarni bajarish (hol usul) uchun probirkaga tekshiriladigan eritmadan 2-3 tomchi va 3-4 tomchi reagent, zarur hollarda boshqa modda eritmasidan ham 1-2 tomchi qo‘shiladi. 1-2 daqiqa o‘tgach reaksiya natijasini kuzatish mumkin. Reaksiya cho‘kma hosil bo‘lishi bilan kechsa, unda hosil bo‘lgan cho‘kmaning xossalari o‘rganiladi. Buning uchun esa cho‘kma ustidagi eritmasi bilan bir necha probirkaga bo‘lib solinadi. Cho‘kmaga kuchsiz kislota, kuchli kislota, ishqor, ortiqcha cho‘ktiruvchi va boshqalarning ta’siri o‘rganiladi. Moddalar kukunlarini ishqalash reaksiyalari (quruq usul) tekshiriladigan moddani va reagentni hovonchada ezish orqali amalga oshiriladi. Bunda qattiq kukunlarning o‘zaro ta’sirlashishi natijasida rang paydo bo‘lishi, o‘zgarishi yoki yo‘qolishiga qarab obyektning tarkibi to‘g‘risida taxminiy xulosaga kelinadi. Bu usul geologik qidiruv ishlarida eng qulay bo‘lib, u oz miqdordagi quruq reaktivlarni olib yurish qiyin emasligiga asoslangan. Tekshirilayotgan obyekt to‘g‘risida so‘nggi xulosa geologik qidiruv ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlaming maxsus laboratoriyalarida bajariladi va ana shu natijalarga tayangan holda u yoki bu konni ochish, uni boyitish va boshqa masalalar hal qilinadi. Bu reaksiyalar ko‘pincha atmosferadagi namlik yoki reagentdagi kristallizatsiya suvi ishtirokida o‘tganligi uchun uni faqat shartli ravishdagina quruq usul deb yuritish qabul qilingan. Quruq usullarga alanga rangining bo‘yalishi, rangli marvaridlarning hosil qilinishi singari usullar ham kiradi. Alanga rangining bo ‘yalishi. Namuna tarkibidagi ionlarni topish uchun alanga rangining bo‘yalishi tekshiriladi. Alanga rangining bo‘yashini tekshirish uchun shisha nayga o‘matilgan platina yoki nixrom simidan foydalaniladi. Tegishli sim oldin xlorid kislota eritmasiga botirilib, so‘ngra alangada qizdirib tozalanadi. XULOSA Kurs ishi mavzusi bilan to`liq tanishib chiqildi. Mavzu boyicha tegishli adabiyotlar toplandi, internet malumotlariga alohida e`tabor qaratildi. analitik kimyo laboratoriyasida ishlash va texnika qoidalari tanishildi Analitik kimyo laboratoriyasida birinchi tibbiy yordam ko’rsatish qoidalari bilan tanishildi Analitik kimyolaboratoriyasida ishlarni bajarish texnikasi va unda ishlatiladigan asboblar bilan tanishildi va ma’lmot berildi. Yuqoridagi xulosalardan foydalanib kurs ishi tayyorlandi. Download 384.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling