1. Birinchi analitik guruh kationlariga xlorid kislota(guruh reagenti) ta'sirida kam eriydigan xloridlar holida cho'kadigan Ag+, va Pb2+ ionlari kiradi. Bu guruhga xlorid guruhi ham deyiladi.
2. Ikkinchi analitik guruh kationlariga sulfat kislota {guruh reagenti!) ta'siridan kam eruvchan sulfatlar hosil qilib cho'kadigan Ba2+, Sr2+va Ca2+ ionlari kiradi. Bu guruhni sulfat guruhi deb ham ataladi.
3. Uchinchi analitik guruh kationlariga amfoter xossalarga ega bo'lgan Al3+. Cr3+Zn2+,Sn:2+,Sn4+,As3+,As5+ ionlari kiradi. Bu kationlarning guruh reagenti o'yuvchi ishqorlar bo'lib, ishqor ta'siridan eruvchan anionlar - alyuminat, xromit, sinkat, stannit.stannat.arsenit va arsenat hosil bo'ladi. Bu guruh amoterlik guruhi deb ham yuritiladi.
4. To'rtinchi analitik guruh kationlariga Mg2+Mn2+. Fe2+, Fe3+, Bi3+. SbIIIva SbV ionlari kiradi.Bu kaiionlar ammiak (guruh reagenti) tasiridan giridroksidiar shaklida cho'kadi.Mazkur kationlar gidroksid guruhi nomini olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |