Analitik kimyo va fizik-kimyoviy taxlil
Download 0.54 Mb.
|
Amaliy-AKvaFKT (Uslub Q)
Javob: 8 kg12-masala. KOH ni 2 l 10% li (=1,0942/ml). eritmasiga 1 l 20 % li (=1,194 g/ml) KOH eritmasi qo‘sxildi.Qanday konsentratsiya eritma hosil bo‘ladi. Yechish: 10.1 formuladan. m=V bo‘lganligidan . yoki V22 (C-C2) V11(C1-C) V22C+V11C=V11C1+V22 C 2 C(V22+V11)=V11C1+V22C2
V1=1000 ml: 1=1,190: V2=2000ml: 2=1,09g/ml C1=20%li: C2=10%li: C=? Javob: 13.68 Mustaqil yechish uchun masalalar 20 % li H2SO4 eritmasi olish uchun uning 350 g 12% li eritmasiga qancha 45% li eritmasidan qo‘shish kerak? 1 l 20 % li (=1,10 g/ml ) HCl eritmasiga 1 l 12.5%li (=1.06 g/ml) HCl eritmasini aralashtirildi hosil bo‘lgan eritma konsentratsiyasi qanday? Bir moddaninig 100 g 20 % li eritmasi bilan 50 g 32% li eritmasi aralashtirildi. Olingan eritmani konsentratsiyasi qanday bo‘ladi? Xlorid kislotaning 10 % li 200 g va 40 % li 300 g eritmasi aralashtirildi. Olingan eritmaning protsent konsentratsyasi qanday bo‘ladi? 26% li ishqor eritmasi hosil qilish uchun uning 30 % li 100 g eritmasiga 10 % li eritmasidan qancha qo‘shish kerak? 100 C da 147,36 g suvda 52,64 g osh tuzi eriydi. Osh tuzini 100C dagi eruvchanligini aniqlang. 200C da qo‘rg‘oshin nitrat tuzining eruvchanligi 56 g ga teng, 250 g suvda 200C da shu tuzdan necha gramm erishi mumkin? Qo‘rg‘oshin nitratning 500C dagi 277 g to‘yingan eritmasida necha gramm Pb(NO3)2 tuzi bo‘ladi? Qo‘rg‘oshin nitratni 500C dagi eruvchanligi 82 g ga teng. 60 g bariy nitratni 500C dagi to‘yingan eritmasini hosil qilish uchun qancha miqdor suv kerak bo‘ladi. Bariy nitratni 500C dagi eruvchanligi 15 g ni tashkil etadi. Natriy nitratni to‘yingan eritmasini to‘yinmagan eritmaga aylantirish uchun qanday ikki usulda foydalanish mumkin? Kaliy nitratni to‘yinmagan eritmasini to‘yingan eritmaga aylantirish uchun ikki xil usulni taklif eting. 10 g osh tuzi 40 g suvda eritildi. Natijada hosil bo‘lgan eritmadagi eruvchini massa ulushini va eritmani foiz konsentratsiyasini aniqlang. Natriy sul’fatning 40 g eritmasi bug‘latilganda 8 g quruq tuz olindi. Bug‘latish uchun olingan natriy sulfat tuzi eritmasining foiz konsentratsiyasini aniqlang. Natriy nitratning 20% li 200 g eritmasiga 200 g suv qo‘sxildi. Hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini aniqlang. Osh tuzining 0,92 % li eritmasidan 500 g tayyorlash uchun necha gramm tuz va qancha hajm suv kerak? Sulfat kislotaning 20% li 200 g eritmasi bilan 32% li 50 g eritmasi aralashtirildi. Natijada hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini aniqlang. Laboratoriyadagi mavjud 25 % li ammiak eritmasidan va toza suvdan foydalanib 500 g 15% li ammiak eritmasi tayyorlash zarur. Buning uchun qancha 25% li ammiak eritmasi va qancha hajm suv kerak? Glauber tuzi Na2SO4 10H2O tarkibida necha foiz quruq tuz bo‘ladi. Bu tuzning 644 g miqdori qattiq qizdirilganda qancha suv ajralib chiqadi va qancha miqdor suvsiz tuz qoladi? 46,78 g suvda 3,22 g glauber tuzini eritish yo‘li bilan hosil qilingan eritmadagi Na2SO4 tuzining massa ulushini hisoblang. Zichligi 1,145 g/ml bo‘lgan 1 l 29,2% li xlorid kislota eritmasida qancha HCl bo‘ladi? 1 l 50% li zichligi 1,31 g/ml nitrat kislota eritmasiga 690 ml suv qo‘shib suyultirildi. Hosil bo‘lgan eritmaning konsentratsiyasini aniqlang. 1 l suvda 112 l vodorod xlorid eritildi, hosil bo‘lgan eritmani foiz konsentratsiyasini aniqlang. 71 g Na2SO4 tuzi olish uchun natriy gidroksidning 20% li eritmasidan va sulfat kislotaning 10% li eritmasidan necha grammdan kerak bo‘ladi? 25% li NaOH ning 120 g eritmasi bilan sulfat kislotaning necha gramm 10% li eritmasi reaksiyaga kirishadi. 400 ml 0,6 M li ortafosfat kislotasi bilan to‘liq reaksiyaga kirisha oladigan kalsiy gidroksidning miqdorini va hosil bo‘lgan tuzning massasini hisoblang. Zichligi 1,395 g/sm3 bo‘lgan 50% li sulfat kislotaning 250 ml bilan to‘liq reaksiyaga kirishadigan ammiakning n.sh.dagi hajmini va hosil bo‘lgan tuzning massasini hisoblang. 300 g CuCl2 eritmasiga rux metali ta’sir ettirilganda 25,6 g mis ajralib chiqdi. Dastlabki va hosil bo‘lgan eritmadagi tuzning foiz konsentratsiyasini hisoblab toping. Zichligi 1,31 g/m3 bo‘lgan 50% li HNO3 kislota eritmasining molar va normal konsentratsiyasini hisoblab toping. Sulfat kislotaning 32% li va 14% li eritmalaridan foydalanib 19% li eritma tayyorlash zarur. Buning uchun mavjud eritmalarni qanday massa nisbatlarda aralashtirish zarur? Bir mol fosfor (V)-oksid 358 g suvda eritildi. Natijada hosil bo‘lgan eritmani foiz konsentratsiyasini va molar konsentratsiyasini aniqlang. ”A” g aluminiy sulfat eritmasiga mol miqdor bariy xlorid eritmasi ta’sir ettirildi. Natijada 116,5 g cho‘kma tushdi. “A” g eritma tarkibidagi aluminiy sulfatning massasini va foiz konsentrasiyasini aniqlang. A g suvda B g tuz eritildi hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini aniqlang. 50 g osh tuzi eritmasi bug‘latildi. Olingan tuz quritildi va torozida tortildi. Quruq tuzning massasi 3,5 g keldi. Osh tuzi eritmasini foiz konsentratsiyasini aniqlang. Noma’lum konsentratsiyali o‘yuvchi natriy eritmasining konsentratsiyasini aniqlash maqsadida quyidagi tajriba bajarildi: Eritmadan 20 g olindi va uni ehtiyotkorlik bilan neytrallandi. Neytrallash uchun sulfat kislotaning 2 n.li 50 ml eritmasi sarflandi. Tajriba uchun olingan o‘yuvchi natriy eritmasini foiz konsentratsiyasini aniqlang. Konsentratsiyasi 0,02 mol/l bo‘lgan natriy sulfatning 0,5 l eritmasini tayyorlash uchun Na2SO410H2O dan necha gramm kerak bo‘ladi? Bariy xloridning 25 % li eritmasini tayyorlash uchun uning 10 % li 500 g eritmasiga qancha bariy xlorid tuzidan qo‘shish kerak? Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling