AMALIY MASHG’ULOT № 7
Mavzu: KOMPLEKS BIRIKMALARGA OID MASALALAR.
Nazariy qism:
1. Koordinatsion va molekulyar kompleks birikmalar
Kompleks (koordinatsion) birikmalar tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, sanoatda, qishloq xo‘jayligi, tibbiyotda ko‘p qo‘llanadi. Masalan xlorofill – magniyni, gemoglobin esa temirni porfirin xolqasi bilan xosil qilgan kompleksidir.
Ko‘pchilik dorilarning farmakologik fa’ol qismi metal komplekslaridan iboratdair. Masalan: Insulin-ruxning kompleksi, V12-vitamini kobalьtning kompleksidir.
Askariyat xollarda, farmakologik fa’ol komplekslar asosida olingan dorilarda, ligand (kompleks xosil qiluvchi markaziy ionga bog‘langan molekula yoki ionlar) va metal ionini zaxarli xususiyatlari kamayishi kuzatiladi. Masalan o‘ta zaxarlissianid ionii ferrotsianid [Fe(CN)6]4- ionida zaxarli xususiyatini yo‘qatadi.
Koordinatsion va molekulyar kompleks birikmalarni farqlay bilish lozim.
Tarkibida metal ioni bo‘lmagan neytral molekulalarni o‘zaro birikuvidan xosil bo‘lgan murakkab birikmalar molekulyar komplekslar deb ataladi. Yodni kraxmal, xinonni gidroxinon bilan xosil qilgan komplekslari molekulyar kompleksga misol bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |